O`zbekiston respublikasi oliy va o`ra maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti sirtqi bo`limi


Download 348 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi348 Kb.
#1489371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nutq rivojlantirish mustaqil ish

Bola nutqi - bolaga oid bo‘lgan o‘ziga xos submadaniyatning qimmatli 
ovozidir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-olam bilan tanishtirish tomoni, 
balki umumiy psixik rivojlanish ustuni hisoblanadi. Bola nutqining rivojlanishi 
umuman shaxsni va shu bilan birga barcha psixik jarayonlarni shakllantirish bilan 
bog‘liqdir. «…Tilni egallash jarayoni - bu faqat va shunchaki bilimlar, mahorat 
hamda ko‘nikmalarni berish jarayoni emas. Bu eng avvalo tarbiyadir. Qalbni 
tarbiyalash, aqlni tarbiyalash, fikrlar tuzishni shakllantirish, inson ruhiy qiyofasining 
eng nozik qirralariga chidam bilan ishlov berishdir» (K.D.Ushinskiy). 
Bola nutqiy rivojlanishining, bir tomondan, tashqi ta'sirlar bilan belgilanishi, 
ikkinchi tomondan esa uning to‘satdan yuz berishi, «o‘z-o‘zidan harakatga kelishi» 
bilan tavsiflanishini tushunish nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurlarga 
xos holatdir. Nutqni rivojlantirishning ana shu qonuniyatlari va mexanizmlarini 
tushunib yetish ularni batafsil ko‘rib chiqishni talab qiladi. 
Qayd etish lozimki, olimlar fikriga ko‘ra, o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonlari 
nafaqat nutqda, balki mutlaqo bolalar faoliyati bo‘lmish o‘yinlar va bolalar 
qiziquvchanligi jarayonida ham yorqin namoyon bo‘ladi (N.N.Podyakov) hamda u 
kattalar rolini inkor etmaydi: kattalar bolalarning faolligiga javob beradi, bolaga 
e'tiborini qaratgani holda uni faoliyatga, muloqotga chorlaydi. 
So‘nggi yillarda nutq rivojlanishidagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga katta 
e'tibor qaratilmoqda. Ma'lumki, har bir inson butun umri mobaynida til boyliklarini 


egallagani holda o‘z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning 
nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim 
bosqich maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. 
Verbal bosqichgacha bo‘lgan davrni (yoki tayyorgarlik bosqichini) psixologik 
tahlil qilish tadqiqotchilarni nutqning muhim omillari aynan ushbu davrda 
shakllanadi, degan xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj 
shakllanadi, atrofdagi kattalar bilan emotsional aloqa o‘rnatiladi, ovoz 
munosabatlari, nutq-harakat apparati, fonematik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini 
faol qabul qilish va tushunish rivojlanadi. Ushbu omillarning shakllanishi - 
rivojlanishning nutq bosqichiga o‘z vaqtida o‘tishning muhim shartidir.



Xulosa 
Xulosa qilib aytganda bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining 
ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik 
xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga 
ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matreshka kabi 
o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, 
bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda 
qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat 
yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm 
chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va 
ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar. 
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z 
faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy 
vazifasi, ya'ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rin bosuvchi 
narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq 
nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli 
narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o‘yinlarni («ku-ku», «shar 
yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib 
o‘tishga to‘g‘ri keladi. 



Download 348 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling