O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim
Karkassiz va karkasli bino hamda uning elementlariga qo‘yiladigan
Download 242.69 Kb.
|
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org
2.1.4. Karkassiz va karkasli bino hamda uning elementlariga qo‘yiladigan
asosiy texnik talablar Butun bino va uning kuch ta’sir etadigan ayrim elementlari quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak: - mustahkamlik,-bino elementlari tashqi kuch (yuk) ta’siriga yetarli darajada chidamli bo‘lishi; - turg‘unlik – gorizontal yuk va kuchlar ta’siridan yemirilishiga qarshilik ko‘rsata olishi; - fazoviy bikrlik – bino va uning elementlariga muayyan kuch ta’sir etganda ham dastlabki shaklini saqlab qolishi. Binoning turg‘unligi va fazoviy bikrligi konstruktiv elementlarining o‘zaro puxta biriktirilganligiga, tugunlar birikmalarining mustahkamligiga va hokazolarga bog‘liq. Karkassiz binolarning fazoviy bikrligi quyidagilar: - ko‘ndalang ichki devorlar, shu jumladan, bo‘ylama tashqi devorlarga bog‘langan zina kataklari devorlari: - devorlarni o‘zaro bog‘lovchi hamda binoni balandligi bo‘yicha qavatlarga ajratuvchi qavatlararo ora yopmalar orqali ta’minlanadi. Karkassiz binolarning ichki devorlari va ora yopmalari binoning ichini vertikal va gorizontal nagruzkalarni qabul qila oladigan fazoviy o‘zgarmas yacheykalarga ajratadi. Karkassiz bino yetarli darajada turg‘un va fazoviy bikr bo‘ladi. Karkasli binolarning fazoviy bikrligi quyidagilar orqali ta’minlanadi: - bir qavatli binolarning o‘zgarmaydigan geometrik sistema hosil qiluvchi ko‘ndalang ramalarining birgalikda ishlashi; - ko‘p qavatli binolarda o‘zgarmas geometrik sistema hosil qiladigan o‘zaro biriktirilgan ustunlar, to‘sinlar va ora yopmalarning birgalikda ishlashi; - karkas ustunlari orasiga vertikal kashaklar yoki bikrlik devorlari o‘rnatish; - zina kataklari va lift shaxtalari devorlarini karkas konstruksiyalariga biriktirish; - qavatlararo ora yopmalarga (ustunlar orasiga) bikr plitalar o‘rnatish; - karkas elementlari orasidagi chok va tugunlarni bir-biriga mustahkam biriktirish. Yarim karkasli binolarning fazoviy bikrligini, ustunlarning ichki tomoni bilan devorlarga mahkam biriktirilgan qavatlararo ora yopmalar ta’minlaydi. 22
a – to‘sinlar bo‘ylama yotqizilgan; b – to‘sinlar ko‘ndalang yotqizilgan; v – to‘sinsiz variant; 1 – ustun poydevori; 2 – ustun; 3 – lentasimon poydevor; 4 – qavatlararo ora yopma paneli; 5 – ko‘tarib turuvchi tashqi devor; 6 – to‘sin. Download 242.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling