O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim
Konstruktiv yechimlarni texnik-iqtisodiy jihatdan baholash
Download 242.69 Kb.
|
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.7. Loyihalash jarayoni va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
1.6. Konstruktiv yechimlarni texnik-iqtisodiy jihatdan baholash.
Loyihalash jarayonida binoni vazifasiga va texnik talablarga mosligidan tashqari, qurilish materiallarining sarfi bo‘yicha muvofiqligi ham ko‘rsatib beriladi. Binolarning ko‘rinishi va konstruktiv yechimlariga ko‘ra u yoki bu texnik-iqtisodiy mezonlar ishlatiladi. Bunday mezonlardan asosiylari: 1) konstruksiyalarga qo‘yilgan talablarga (texnik, ekspluatatsiya va b.) muvofiqligi; 2) hozirgi zamon talablariga ko‘ra ishlab chiqarish metodlari bo‘yicha industrlashtirishga monandligi, yig‘malik darajasi, transport bilan olib yurishga mosligi; 3) konstruksiyalar narxi (absolut va qurilish narxi); 4) binoni tashkil etuvchi konstruksiyalarni tayyorlashga va o‘rnatishga sarf bo‘ladigan mehnat (odam = soat, odam = kun, mashina = smena); elementlarni o‘rnatish, ya’ni yig‘ish, montaj qilish yoriqlarni to‘ldirish va boshqa ishlarga sarflanadigan mehnat; 6) biror buyum yoki konstruksiyaning o‘lcham birligiga sarf bo‘lgan qurilish materiallari (bitta to‘sin yoki 1m3 to‘sin uchun sarf bo‘lgan armatura). Yuqorida sanab o‘tilgan texnik-iqtisodiy mezonlar qiymatlari har doim absolyut yoki nisbiy sonlarda ko‘rsatilishi kerak. Shunga asosan bino konstruksiyalari va konstruktiv yechimlarini baholash ularning ko‘rsatkichlari bir birlik yoki 100% qilib olinadi. Binolarni loyihalashdan oldin binoning konkret klassi yoki ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olib, qaysi konstuktiv yechim hamma talablarga javob berishi 12
bo‘lgan yechim tanlab olinadi. 1.7. Loyihalash jarayoni va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar Loyiha tashkilotlari loyiha tuzishni topshiradigan – buyurtmachi tashkilotdan topshiriq olib, bino loyihalarini tayyorlaydi. Loyiha ikki bosqichda bajariladi: 1) topshiriq loyihasi; 2) ish chizmasi. Ayrim hollarda texnik loyiha ham chiziladi. Topshiriq loyihasiga (bunda eskiz ko‘rinishda chiziladi) quyidagi materiallar kiradi. - sxema tarzida ko‘rsatilgan bino qavatlari; - binoning sxema tarzida ko‘rsatilgan kesimi; - binoning old tomondan ko‘rinishi (fasadi); - uchastka bosh rejasi (genplani); - tushuntirish xati. Ish chizmasi tarkibiga har bir qavati rejalari, kesimi, tashqi ko‘rinishi, poydevor chizmalari, hamma murakkab tugun chizmalari, qavatlaaro yopmalar rejalari, ichki va tashqi pardozlar, zavodlarda tayyorlangan detallar opetsifikatsiyasi va tushuntirish xati kiradi. Topshiriq loyihasi buyurtmachi topshirig‘iga ko‘ra tuziladi va unda yuqorida aytilganlardan tashqari quyidagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham keltiriladi: turar joy maydoni (Pj); ish maydoni (Pr); yordamchi maydon (Pa); binoning foydali maydoni (Pp=Pj+Pv); bino qurilish maydoni (Pz); qurilish hajmi (0). Asosiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar ham kiradi: a) K1 = Pj _ % (turar joy binolarida) Pp b) K2 = O = O Pj Pr Bu yerda K1 – bir xonali kvartiralar uchun 0,54-0,56; ikki xonali uchun 0,58 – 0,6; uch xonali uchun esa 0,62 – 0,64 ga teng bo‘lishi kerak. K2 – bino hajmidan foydalanish ko‘rsatkichi. Shunday qilib, ish chizmasi qurilayotgan binoning asosiy hujjatlaridan biri hisoblanib, injener – texnik xodimlarning asosiy dasturi bo‘lib xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling