Maktabning yangi o’quv yilidagi maqsad va vazifalari


Download 50.65 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2023
Hajmi50.65 Kb.
#1320828
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MMIBDO\' ish reja


Maktabning yangi o’quv yilidagi maqsad va vazifalari

40-IDUMning 2021-2022-o’quv yiliga mo’ljallangan ish rejasi – maktab boshqaruvining asosiy hujjatlaridan biri hisoblanib, maktab faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olgan.


Mazkur rejada ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladigan barcha tadbirlar, ularni amalga oshirish muddatlari, mas’ullar oyma-oy bajariladigan ishlar belgilangan.
Maktab-murakkab dinamik ijtimoiy tuzilma bo’lib, unda jami 2000 nafar shaxslar o’zaro muloqot qilishadi. Bular o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar, texnik xodimlar va boshqalar. Ularning har birining o’ziga yarasha dunyoqarashi, madaniyati, iqtisodiy darajasi, qiziqishlari, muammolari mavjud. Maktab ish rejasida yuqoridagi jihatlarning barchasini inobatga olishga harakat qildik.
Maktab missiyasi – “Sifatli ta’lim berish orqali, har tomonlama rivojlangan muvaffaqiyatli shaxslarni tarbiyalash”.
Maqsadimiz – har bir bolaning individual qobiliyatlarini aniqlab, uni rivojlantirishga, o’zini har tomonlama ko’rsata olishga qaratilgan ijodiy, qulay ta’lim muhitini yaratish.
Yangi o’qub yilida amalga oshirilishi lozim bo’lgan strategik rejalar:

  1. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, DTS talablaridan kelib chiqib, sifatli ta’lim berishni tashkil etish;

  2. Barcha o’quvchilar tomonidan o’quv dasturlarining o’zlashtirilishiga erishish;

  3. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladigan barcha usullardan unumli foydalanish (mustaqil ta’lim olish, AKT, badiiy-ilmiy adabiyotlar, o’yin, muloqot, diskussiya va h).;

  4. O’quvchilar egallayotgan bilim, ko’nikma, malakalarni hayotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish (nazariya va amaliyotni 50x50);

  5. Bitiruvchilarni OTMga munosib tayyorlash (qo’shimcha darslar, repetititorlik kurslarini tashkil etish);

  6. O’quvchilarni xalqaro olimpiada, tanlovlarga munosib tayyorlash;

  7. Ustoz-shogird tamoyili asosida yosh o’qituvchilarga metodik ko’mak ko’rsatish;

  8. Boshlang’ich sinflardan boshlab ingliz tilini o’rgatish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

  9. O’qituvchilarning o’z ustida ishlashlarini tashkil etish orqali oliy va I toifali o’qituvchilar sonini keskin oshirishga erishish (har bir o’qituvchining faoliyatini yil yakuni bo’yicha reytingini aniqlash);

  10. O’qituvchilarning turli darajadagi tanlov, konferensiyalardagi ishtirokini ta’minlash, natijaviylikga erishish (Grantlar);

  11. Jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari faoliyatini nazoratga olish. O’quvchilarning sport sohasidagi yutuqlarini e’tirof etib oorish;

  12. O’quvchilarning psixologik va jismoniy sog’lom bo’lishlarini mustahkamlash, sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish;

  13. Respublika miqyosidagi loyihalarda faol ishtirok etish;

  14. Iqtidorli o’quvchilar bilan alohida ishlash (Olimpiadalarga olib chiqish, tadqiqot ishlariga jalb qilish, turli mavzulardagi loyihalarga volontyorlik kabi chorlash);

  15. “E’tirof” maktab stendini tashkil etish (O’qituvchi, o’quvchilar, namunali oilalarni, rahbar xodimlarni e’tirof etib oorish);

  16. “Zamonaviy maktab” loyihasida maktabni jihozlab oorish;

  17. 5 muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etish;

  18. Oila va maktab hamkorligini kuchaytirish (Barcha tadbirlarda ota-onalar bilan hamkorlik qilish);

  19. O’quvchilar o’rtasida huquqbuzarlik, o’z joniga qasd qilish kabi salbiy illatlarning oldinin olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni doimiy tashkil etib borish (IIB va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda);

  20. Yoshlar Ittifoqi maktab boshlang’ich tashkilotini qo’llab – quvvatlash (Kelajak liderlarini tayyorlab borish).



Download 50.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling