O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim


Qurilishni industrllashtirish, qurilish konstruksiyalarini bir xillashtirish


Download 242.69 Kb.
bet3/36
Sana15.11.2023
Hajmi242.69 Kb.
#1775957
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Нинг ўзгаришига олиб келади , ћаво оќими йўналишининг таъсири х-hozir.org

1.3.

Qurilishni industrllashtirish, qurilish konstruksiyalarini bir xillashtirish 
va tiplarga ajratish hamda standartlash. 
Qurilishni
rivojlantirishning
asosiy
yo‘llaridan
biri
qurilishni
industrlashtirish hisoblanadi. Bu degan so‘z qurilish korxonalarini tubdan
o‘zgartirish, maksimal tayyor yirik konstruksiyalar va ularning elementlari hamda
bloklarini mexanizatsiya yordamida uzluksiz jarayonda yig‘ish va montaj qilish
demakdir. Ixtisoslashgan zavodlarda tayyorlangan bunday konstruksiyalar yig‘ma
konstruksiyalar deb ataladi. Bu konstruksiyalarni tayyorlash va montaj ishlarini
mexanizatsiyalash qurilishda, mehnat sarfini kamaytirishga, qurilish muddatlarini
qisqartirishga, sifatini oshirishga, narxini pasaytirishga hamda materiallarni
tejashga olib keladi. Qurilishni industrlashtirishning asosiy belgilaridan biri
qurilish-montaj ishlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ularda
ishlatiladigan konstruksiyalarni esa yirik temir beton buyumlari zavodlarida, uy-
joy qurilish kombinatlarida maksimal yig‘ma holda ko‘plab ishlab chiqarilishidir.
Yig‘ma konstruksiyalarni har xil materiallardan ishlab chiqarish mumkin. Hozir
zavodlarda yig‘ma konstruksiyalar ko‘pincha temir-betondan ishlab chiqariladi.
Qurilish praktikasida katta o‘lchamli po‘lat konstruksiyalar bilan birgalikda
yengil metall qotishma va plastmassadan ishlangan yig‘ma konstruksiyalar tobora
ko‘proq ishlatilmoqda. Yig‘ma elementlarni ishlab chiqarish vaqtida buyumlarning
turlarini kamaytirish texnik va iqtisodiy jihatdan juda muhim hisoblanadi. Bunga
erishish uchun ularni bir xilga keltirish, tiplarga ajratish va standartlash talab
qilinadi. Bir xillash (unifikatsiya) deganda turli xil yig‘ma konstruksiyalardagi
detallarning o‘lchamlarini bir xillashtirish tushuniladi: bunda ularni tayyorlash
texnologiyasi
ancha
soddalashadi,
montaj
ishlari
tezlashadi.
Qurilish
konstruksiyalarini bir xillash binoning hajmiy planlashtirish parametrlari:
qavatlarning balandligi, prolyotlar o‘lchamlarining turli-tumanligini kamaytirishga
hamda
konstruksiyaga
ta’sir
etadigan
hisobiy
yuklar
(nagruzka)ni
unifikatsiyalashga asoslangan. Bir xil shakldagi konstruksiyalarni har xil
maqsadlarga mo‘ljallangan binolarda ishlatilishi mumkin, ya’ni bunday holda
konstruksiyalar
bir-birlarining
o‘rnida ishlatilib, ularning universalligi
ta’minlanadi. O‘rnini almashtirish deganda biror elementni bino parametrlarini
o‘zgartirmasdan boshqa o‘lchamga ega bo‘lagan detall bilan almashtirish
tushuniladi, masalan, kengligi 3000mm bo‘lgan tom yopma plitalari o‘rniga eni
1500mm plitalardan ikkitasini ishlatish va h.k. bitta konstruksiya elementini tipi
va katta-kichikligi bo‘yicha har xil ko‘rinishdagi binolarda ishlatish mumkinligi
elementning universalligi deyiladi. Tiplarga ajratish qurilishda ko‘p marta
foydalanishga yaraydigan ayrim konstruksiyalarning iqtisodiy jihatdan eng
samarali yechimini topish va tanlashdan iborat. Tiplarga ajratish qurilish
konstruksiyalarining
tip-o‘lchamlarini,
hamda
binolarning
tiplari
sonini
kamaytirish imkoniyatini vujudga keltirish bilan birga qurilish ishlarini
osonlashtiradi va arzonlashtiradi. Loyiha tashkilotlari tomonidan taklif etilgan va


10
qurilish amaliyotida tekshirib ko‘rilgan tipovoy detallar va konstruksiyalar


standartlashtiriladi (namuna). Standartlash qurilish konsturksiyalari va buyumlarini
bir xillash hamda tiplarga ajratishning eng so‘nggi bosqichidir. Standartlashtirilgan
qurilish elementlari detallar va konstruksiyalar uchun ma’lum bir shaklga,
o‘lchamlarga, sifatlarga ega bo‘lib, ularni tayyorlashda muayyan texnik talab va
shartlarga qat’iy rioya qilinadi.
Binolar loyihasini yaratishda standartlashtirilgan va kataloglarga kiritilgan,
buyum va detallar qo‘llanadi. Ko‘plab quriladigan binolarda ishlatiladigan yig‘ma
buyumlarning tiplari sonini kamaytirish maqsadida detallarning yagona sortmenti
ishlab chiqarilgan. Qurilish detallarining yagona sortamentni joriy etish
buyumlarni ko‘plab ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshilashga, ularning sifatini
oshirishga va tannarxini pasaytirishga yordam beradi.

Download 242.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling