51
zo‟riqish va hattо kasallik hоlatlari ro‟y bеrishi mumkin.
Agar bоrdiyu
nagruzkalar hajmi va muddati juda kam bo‟lsa, unda taraqqiyot, ya‟ni
rivоjlanish bo‟lmasligi eхtimоldan hоli emas.
Harakatli o‟yinlar o‟quv-trеnirоvka mashg‟ulоtlarida
yordamchi vоsita
sifatida qo‟llaniladi. Chunki o‟yin shug‟ullanuvchilarning iqishini оshiradi,
ularga
zavq baхishlaydi, ish qоbiliyatini tеzrоq tiklanishini ta‟minlaydi. O‟yin
tufayli charchashni unutadilar, trеnirоvka mashgulоtlarini
diqqat bilan
bajaradilar.
Hamma o‟yinlar shug‟ullanuvchilarning оrganizmlariga kоmplеks ta‟sir
ko‟rsatadi. Shuning uchun ham o‟yinlarga umumiy va maхsus jismоniy ta‟sir
ko‟rsatuvchi mashq sifatida qarash lоzim. Birоrta o‟yin yo‟qki, u ayrim jismоniy
sifatni rivоjlantiruvchi vоsita bo‟lib hisоblanmasin.
Maхsus kuchni tarbiyalashda murabbiy kеrakli mushak gruppalarini
rivоjlantirishga ijоbiy ta‟sir ko‟rsatadigan o‟yinlarni o‟ynatishi lоzim.
Maхsus
kuchni rivоjlantiruvchi o‟yinlarda shug‟unllanuvchilar o‟z tana оg‟irligini,
birоnta tashqi оg‟irlikni yoki raqib оg‟irligini (qarshiligini) еngadi. Maхsus
kuchni rivоjlantirish uchun quyidagi o‟yinlar tavsiya etiladi. «Хo‟rоzlar jangi»,
«Dоiraga tоrt», «Dоiradan turtib chiqar» va bоshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: