O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi bеrdаq nоmidаgi qоrаqаlpоq dаvlаt univеrsitеti


 Emotsional-ekspressiv leksikaning uslubiy xususiyatlari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana26.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1126520
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
ozbek tilida faol va nofaol sozlarning uslubiy xususiyatlari (1)

1. Emotsional-ekspressiv leksikaning uslubiy xususiyatlari 
 
Intellektual 
leksika. 
Ma’lum 
tushunchagina 
ifodalab, 
qo‘shimcha 
emotsional-ekspressiv bo‘yoqqa ega bo‘lmagan so‘zlar intellektual leksika 
deyiladi. Masalan: er, suv, non, qalam, daftar, yil, hamma, tarbiya, masala, yuz, 
qora, qizil, ko‘rmoq, bormoq, isbotlamoq va boshqalar. Ilmiy-texnik terminlar, 
kasb-hunarga oid maxsus so‘zlar, ijtimoiy-siyosiy va umumadabiy leksikaga oid 
ba’zi so‘zlar ham emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lmaganligi uchun intellektual 
leksikaga kiradi. 
Intellektual so‘zlar umumiste’moldagi leksikaga xos bo‘lganligi sababli har 
qanday janrda ishlatilaveradi va uslubiy jihatdan chegaralanmagan bo‘ladi. 
SHunga ko‘ra ular uslubiy neytral leksika deb ham yuritiladi. 
So‘z turkumlaridan son, olmosh, ko‘makchilar (bir, ikki, ...o‘n, yuz, ming...; 
men, sen, shu, bu, hamma...; bilan, uchun, kabi, singari, so‘ng, keyin...) 
bog‘lovchilar (va, ham, ammo, agar, chunki, yoki, toki...) deyarli intellektual 
leksikaga kiradi. 


Emotsional-ekspressiv leksika va ularning turlari. O‘zbek tili leksikasida 
ekspressiv va emotsional rangdorlik bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar ko‘p. Masalan, 
quyidagi so‘zlar ta’sirli va ifodali bo‘yog‘iga ko‘ra nutqqa ko‘tarinki, tantanali va 
ulug‘vor 
ruh 
kiritadi: 
navqiron 
(yoshlik), istiqbol 
(egalari), mag‘rur 
(jaranglamoq), muqaddas (burch). 
Tilda o‘z leksik ma’nosi bilan his-tuyg‘u, kechinma va hayajon ifodalovchi 
so‘zlar ham bor: sevinch, quvonch, tabassum, dahshat, hiylagar kabi.
Ba’zi ko‘p ma’noli so‘zlar to‘g‘ri ma’nosida emotsional-ekspressiv 
bo‘yoqqa ega bo‘lmaydi, lekin ko‘chgan ma’nolarida emotsional-ekspressivlik 
yaqqol seziladi. Masalan, gumbaz so‘zining qubba, ravoq ma’nolarida emotsional 
bo‘yoq yo‘q, lekin ko‘chgan ma’noda qo‘pol, beso‘naqay, semiz odamni 
ifodalaydi. Xuddi shuningdek, mag‘zava so‘zi ham ko‘chgan ma’nosida (mag‘zava 
mahsum) mujmal, lanj, sustkash odamni anglatadi. 
Ba’zi holatlarda sinonim so‘zlar bir-biridan emotsional-ekspressiv 
bo‘yog‘ining kamroq yoki yaqqol sezilib turishi bilan farqlanadi: yuz, chehra, 
jamol, oraz, bet, aft, bashara, turq kabi sinonim so‘zlarning keyingi uchtasi 
o‘zining emotsional-ekspressiv rangiga ko‘ra oldingilaridan ajralib turadi. Aft, 
bashara, turq so‘zlarida salbiy ottenka yaqqol seziladi. Xuddi shuningdek
bo‘shang, lapashang, noshud, landovur, so‘tak sinonim so‘zlari chaqqon 
(epchil)ning aksi ma’nosi bilan birlashsa-da, bulardan landovur, so‘tak so‘zlarida 
salbiy ottenka kuchlidir. 
So‘zlarning emotsional-ekspressiv ma’no xususiyati kontekstda reallashadi. 
Masalan, ko‘pik, nok so‘zlari kontekstda salbiy baho ma’nosini olishi mumkin: 
Maqolaning ko‘pigi ko‘p. Bu nok odam (chiniqmagan ma’nosida). 
SHunday qilib, so‘z bir predmet yoki voqeaning nomini atashdan tashqari, 
jirkanish va manmanlik, mensimaslik, masxara, nafrat, g‘azab, kinoya, hurmat, 
erkalash, ko‘tarinkilik, ulug‘vorlik singari emotsional-ekspressiv ma’nolarini ham 
ifodalaydi. SHunga ko‘ra so‘zlar ijobiy ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘zlar va 
salbiy ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘zlar, deb ikkiga ajratiladi. 


Ijobiy ma’no ottenkasiga ega bo‘lgan so‘zlar qatoriga quyidagilar kiradi: 
a) erkalash-suyish va xushmuomalalikni bildiruvchi so‘zlar. Bunday 
so‘zlarning ko‘pchiligi erkalash-kichraytirish affikslari yordamida yasaladi: 
toychoq, qo‘zichoq, bo‘taloq, do‘mboq, kenjatoy, bolatoy, opajon, bolagina, 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling