O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/155
Sana26.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1723805
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (2)

Suv energiyasi (gidroenergiya) – tog’larda yomg’ir yog’sa yoki 
muz va qor erisa, suvi pastga qarab buloq, jilg’a, suv o’zanlaridan 
oqadi, yuqoridan pastga daryo hosil qilib, dengiz va okeanga qo’shilib 


23 
ketadi yoki sahrolarda singib yo’qoladi. Odamlar oqar suv va tepadan 
tushayotgan suv energiyasini o’zlari uchun mexanik yoki elektr 
energiyasi etib ishlatganlar.
Qadim donni yanchish va un olish yoki sug’orish uchun odamlar 
suv tegirmon toshiga bog’langan yog’och g’ildiraklarni aylantirgan.
Bugun suv energiyasi, katta va kichik gidroelektrosatnsiya 
trubinalarini aylantirib, to’liq elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 
foydalanilmoqda.
Yaqin vaqtning dolzarb masalasi kichik quvvatli GES 
inshootlarini qurishdir. Mamlakatimiz hududida tog’li tumanlarda 
joylashgan aholi punktlarda aholi punktlarida kichik suv oqimlari 
mavjud. Bu kichik suv oqimlariga 10 dan 1000 kW quvvatli kichik 
elektrostansiyalari qurish uzoq tuman va qishloqlar aholisiga zarur 
miqdorda elektr energiyasi bilan ta’minlashga imkon beradi.  
O’zbekistonda o’rnatilgan elektrostansiyalarning quvvati 12,4 
mln. kW, shundan, 12 mln. kWini «O’zbekenergo» kompaniyasining 
39 
ta 
issiqlik 
va 
gidroelektrstansiyalari 
tashkil 
etadi. 
Elektrstansiyalarning 
quvvat 
hosil 
qiluvchi 
tizimida 
boshqa 
idoralarning hissasi 3 foizdan oshmaydi.
Elektrenergiyaning 
asosiy 
90 
foizga 
yaqin 
hissasining 
kompaniyaning 10 ta issiqlik elektrostansiyalari 10,6 mln. kWini 
ishlab chiqaradi. 29 ta gidroelektrostansiyalari 1,4 mln. kW ini 
kaskadlarga birlashgan GESlarda ishlab chiqaradi va suv oqimi bilan 
ishlaydi.
Dengiz suvining ko’tarilish va qaytish energiyasi dengiz 
suvining ko’tarilish va qaytishi oy va quyoshning gravitasiyasi hamda 
Yerning aylanishi tufayli hosil bo’ladi. Qirg’oq atrofida to’lqin 
darajasi 12 metrgacha ko’tarilishi mumkin. Ko’tarilish va qaytish 
energiyasidan, elektr energiyasi ishlab chiqaradigan generator uchun 
foydalanilishi mumkin. Shu bilan birga bu qayta tiklanadigan muqobil 
energiya manbasi o’ziga xos sharoit talab etadi va hozircha keng 
masshtabda ommalashmagan. Bugungi kunda iqtisodiy foydali elektr 
energiya ishlab chiqaradigan 20 ga yaqin joylarda 3 metrdan kam 
bo’lmagan qulay va yaxshi darajadagi to’lqinlar mavjud. Hozir dengiz 
suvining ko’tarilish va qaytishini elektr energiyasiga aylantiruvchi 
texnologiyalar ishlab chiqilgan.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling