O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


 Qayta tiklanuvchi energiya manbalari


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/155
Sana26.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1723805
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (2)

1.2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 
O’zbekistonda qayta tiklanadigan energetika sohasidagi davlat 
siyosatida sanoati rivojlanagan, shu bilan birga rivojlanayotgan qator 
mamlakatlarning qayta tiklanadigan energiyadan foydalanishdagi 
rivojlanish tajribasi va ularning miqyosi hisobga olingan. Bu shuni 
ko’rsatdiki, qayta tiklanadigan energetika sohasida aniq maqsad va 
vazifani belgilashi hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi – 
qayta tiklanadigan energiyaning an’anaviy energiya ishlab chiqarish 
texnologiyasiga nisbatan raqobatbardosh bo’lishiga ko’maklashadi.
Qayta 
tiklanuvchi 
energiya 
manbalari 
qurilmalaridan 
foydalanishga bir qadar salmoqli mablag’ sarflansa-da, ular iqtisodiy 
jihatdan o’zini oqlaydi. An’anaviy yoqilg’i bilan ishlaydigan 
energetika tufayli havoga chiqayotgan oltingugurt, azot, uglerod 
oksidlari uzoq masofaga tarqaladi. Bundan tashqari, ular yomg’ir 
suvlari bilan qo’shilib, kislota birikmalariga aylanadi hamda yomg’ir 
tarkibida yerga tushib, o’simliklarga, tuproqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Atrof muhitda bunday kislotalarning ko’payishi oqibatida, og’ir 
metallar oziq-ovqatlarga va pirovardida shu mahsulotlar orqali inson 
organizmiga ta’sir ko’rsatadi. Bunda bir zarar ikkinchi bir zararni ham 
o’zi bilan birga olib keladi.
Qayta tiklanadigan energiya – yer biosferasida to’xtovsiz qayta 
tiklanadigan va insoniyat miqyosida tuganmas hisoblanadi. Ular – 
quyosh energiyasi, shamol, okean, daryo, yer osti konlari, 
bioenergiyadir. Qayta tiklanadigan energiyaning asosiy foydali tomoni 
– tuganmasligi va ekologik sofligidir. Undan foydalanish sayyoraning 
energiya muvozanatini o’zgartirmaydi, ya’ni tabiat jarayonlariga ta’sir 
etmaydi. Bu sifatlari qayta tiklanadigan energetikani chet ellarda
mana endi, Respublikamizda rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Sir emas, O’zbekiston qayta tiklanadigan energiya bo’yicha 
ma’lum imkoniyatlarga ega. Yalpi imkoniyat 51 mlrd. t. n. e. 
(jadvalda ifodalangan) atrofida, lekin hozirgi texnologiya darajasi 
undan 179 mln.t.n.e.dan foydalanishga imkon bermoqda. Hattoki, qidi
ruv orqali topiladigan yoqilg’ilarni ishlab chiqarishning joriy yillik 
hajmidan 3 marotaba ortiq. 

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling