O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


Download 5.44 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/155
Sana26.10.2023
Hajmi5.44 Mb.
#1723805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155
Bog'liq
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (2)

1.1-chizma: Tabiatdagi energiya turlari 


15 
O’zbekistonda qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan 
foydalanish katta istiqbolga ega va bu borada samarali ishlar amalga 
oshiriladigan hamda ilmiy tajribalar to’plangan. Ayniqsa quyosh 
energiyasidan foydalanish borasida boy tajriba mavjud. Quyosh 
energiyasining yillik salohiyati neft’ ekvivalentida 51 milliard 
tonnadan oshadi. Bu quyosh energiyasidan elektr ishlab chiqarish, 
issiq suv va isitish tizimi bilan ta’minlash, meva-poliz mahsulotlarni 
quritish va saqlash, sho’r va minerallashgan suvlarni chuchitish, yer 
ostidan suv chiqarish va boshqa ko’plab maqsadlarda keng 
foydalanish imkonini beradi.
1.1. Qayta tiklanmaydigan energiya manbalari 
O’zbekistonda 225 ta neft’ va gaz konlari ma’lum. Ulardan: neft’ 
- 51 ta kondan qazib olinadi, gaz - 27 tasidan, 17 ta kondan esa 
kondensat qazib olinadi.
O’zbekiston 
mutaxassislarining bahosiga ko’ra, ko’mir 
resurslarining tahliliy ko’rsatkichi 3 mlrd. tonnadan ortiqni tashkil 
qiladi. Ko’mirning sanoat zahirasi 1,9 mlrd. t.ni tashkil etadi, shu 
jumladan: qo’ng’ir ko’mir - 1853 mln. t, toshko’mir - 47 mln.t. 
Ko’mirning bashorat resurslari 5,76 mlrd. tonnani, shundan, 70 foizini 
qo’ng’ir ko’mir tashkil etadi. Ko’p miqdordagi toshko’mir zahirasi 
respublikaning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
O’zbekiston uran zahirasi bo’yicha dunyoning 10 ta mamlakatlari 
orasida 
birinchilaridan 
hisoblanadi 
zarur 
ishlab 
chiqarish 
texnologiyalari va quvvatlariga ega. Uran ishlab chiqarish 
O’zbekistonda bugun dunyo ishlab chiqarish hajmining 7 foizini 
tashkil qiladi. Shuningdek, mamlakatdagi ma’lum qayta tiklanadigan 
muqobil energiya manbalari: gidroenergiyani qo’shganda, quyosh 
energiyasi, geotermal, shamol va biomassaga ega bo’lsa ham qayta 
tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan hozircha etarlicha 
foydalanilmayapti.
Hozirgi madaniy rivojlanish davrida, istalgan mamlakatda 
iqtisodiy o’sish yoqilg’i-energetika komleksining faoliyati mustahkam 
bog’langan. Bunda energiya resurslarini maksimal hajmda va yuqori 
darajada samaradorlik bilan foydalanayotgan mamlakatlar ko’proq 
raqobatbardosh bo’ladilar. Jumladan, Rossiya, shunga o’xshash yana 
ko’p darajadagi sanoati rivojlangan jahon mamlakatlarining ham 


16 
iqtisodiyoti qayta tiklanmaydigan uglevodorod yoqilg’i energetika 
resurslariga tayanadi.  
Tabiiy gaz. Barcha ishlab chiqarish shakllaridagi boshlang’ich 
energiyaning 85 foizi – tabiiy gazga to’g’ri keladi. Uni ishlab 
chiqarish 1990 yildan 2004 yilgacha 1,45 marta ko’paygan, yiliga 38,1 
dan 55,8 mlrd. m
3
. 2005 yil yakuniga ko’ra, u 60 mlrd. m
3
tashkil 
etgan.
Uncha ko’p bo’lmagan, chiqarib olinadigan siqilgan tabiiy gaz 
(siqilgan gaz, propan-butan) va propilen ishlab chiqarishda 
foydalaniladi.
Rasmiy stastika ma’lumotlariga ko’ra, 2005 yilda uglerodli 
siqilgan gaz ishlab chiqarish 8 foizga ko’paygan va 200 ming tonnage 
yaqinni tashkil etgan.
Tabiiy gaz Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistonga 
eksport qilinadi. O’zbekistonda yillik tabiiy gaz iste’moli ko’zda 
tutilgan 2020 yilga qadar 32 mlrd. m

gacha energiya tejamkorligiga 
erishish dasturi ishlab chiqilgan.

Download 5.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling