1. Atom elektr stansiyasining ishlash prinsipi
Download 0.89 Mb.
|
ATOM ELEKTOR STANSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Rivojlangan mamlakatlarda mavjud atom elektr stansiyalari.
Atom elektro stansiyalar REJA: 1. Atom elektr stansiyasining ishlash prinsipi. 2.Rivojlangan mamlakatlarda mavjud atom elektr stansiyalari. 3.O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi 1. Atom elektr stansiyasining ishlash prinsipi. Reaktor qurilmasi ancha sodda: ichi uran yoki plutoniy kukuni bilan to’ldirilgan metall trubkalar tashqariga neytronlarning uchib chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydigan moddalardan yasalgan korpus ichiga tushiriladi. Neytronlar — hech qanday elektr zaryadiga ega bo’lmagan alohida elementar zarralardir. Neytronlar uran atomiga tushib, ularni parchalab yuboradi, buning natijasida ulkan miqdordagi issiqliq ajralib chiqadi. Uran plutoniyga aylanadi, issiqlikdan esa elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Amalda atomdan energiya olishning ikki usuli mavjud. Birinchisi — sintez reaksiyasi, ikkinchisi — bo’linish reaksiyasidir. Sintez reaksiyasi paytida ikki atom birlashib, yagona atomni vujudga keltiradi. Ikkinchi usul — bo’linish reaksiyasi yokiparchalanishdir. Parchalanish bir atomning ikkiga bo’linishidir. Bu hol atomlarning boshqa atomlar, masalan, neytronlar (u atom tarkibiga kiradi) tomonidan «bombardimon» qilinishi jarayonida ro’y beradi. 2.Rivojlangan mamlakatlarda mavjud atom elektr stansiyalari. Atom energiyasi. 1990 yilga kelib dunyoning 20 ta davlatdagi atom elektr stansiyalarning (AES) umumiy quvvati 140500 MVt ga teng bo’ldi. 2010 yilda ularning quvvati taxminan 900-100 ming Mvtga yetdi. Ilm va muhandislik fikri hozirda yangi energiya turi, boshqariladigan termoyadro sintezi ustida ishlamoqda. Bunda dengiz suvidagi vodorod izotoplaridan foydalaniladi. Sintez reaksiyasi natijasida 1 kg gazsimon deytriydan 10000 tonna ko’mirni yoqgandagi energiyaga teng energiya olinadi. Termoyadro sintezidan radioaktiv chiqindilar chiqmasligi ham hozirda kelajak energiyasini olish yo’lida bir qancha texnik muammolar mavjud. Boshqa energiya zahiralari. Yirik energiya zahiralarining manbalari (quyosh, shamol, geotermal energiyasi kabi) talabsiz qolmoqda. SHamol energiyasi er sharida yiliga 175-220 ming TVt/soatni tashkil etadi, uning quvvati esa (20-25) /109 kVt. Bu taxminan dunyodagi energiya sarfidan 2,5 marotaba ortiq. Lekin bu energiyani 5% dan foydalanish mumkin, hozirgi davrda bundan ham kam ishlatilmoqda. Quyosh nurining energiyasi, insoniyat foydalanishi mumkin bo’lgan eng katta manba. Quyosh energiyasining er yuziga yo’naltirilgan oqimi 1,2/1014 tonna shartli yoqilg’iga teng. Boshqa yulduzlar kabi quyosh ham o’ta qizigan gaz hisoblanadi. Uning tarkibi 82% vodorod, 17% geliy va 1% boshqa unsurlardan tashkil topgan. Quyoshning markazida shunday yuqori bosimli soha mavjudki, u erda harorat 15-20 mln.°S-ni tashkil etadi. Quyosh energiyasidan foydalanishning eng katta muammolaridan biri shundan iboratki, energiyaning eng ko’p qismi yozda tushadi, energiyaga eng katta talab esa qish faslida to’g’ri keladi. Er sharida anchagina geotermal energiya zahiralari mavjud. Bu energiya behisob va undan kelajakda foydalanish ancha samarali. Radioaktiv unsurlarning emirilish natijasida, er koinotga uzluksiz o’z issiqligini etkazib turadi. 3.O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi *2022 yilda Jizzax viloyatida atom elektr stansiyasi uchun ikkita energoblokdan iborat majmua qurilishi boshlanadi. Ushbu loyihani amalga oshirishda “Rosatom” ishtirok etadi. *Yevrosiyo taraqqiyot bankining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlar orasida o‘zining energetika sohasi uchun eng ko‘p sarmoya jalb qilgan mamlakatdir. Ko‘p tomonlama taraqqiyot banklari (KTB) O‘zbekiston energetika sohasiga 4,7 milliard dollar sarmoya kiritgan, bu Markaziy Osiyodagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotiga ko‘ra, mintaqaning suv-energetika kompleksiga (SES) KTB investitsiyalarining 46,3 foizi respublika hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida AES qurish niyatlari bo‘yicha muzokaralar 2018 yil aprelida ma’lum bo‘lgan edi. O‘sha yilning sentyabr oyida tomonlar kelishuvga erishdilar – “Rosatom” har biri 1,2 GVt quvvatga ega ikkita blokni qurish majburiyatini oldi. AES qurilishi uchun Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinida, Qozog‘iston bilan chegaradan unchalik uzoq bo‘lmagan joy tanlandi. Qurilish Rossiya tomonidan moliyalashtiriladi. O‘zbekiston atom elektr stansiyasini ishga tushirish hisobidan energiya taqchilligini qoplash, shuningdek, 3,7 milliard kub metrga yaqin gazni tejashni rejalashtirmoqda. Buning uchun yoqilg‘i, katta ehtimol bilan, mahalliy manbalar hisobidan ta’minlanadi – O‘zbekiston uran qazib oluvchi yetakchi beshtalikka kiradi. Energetika vaziri Alisher Sultonov 2020 yilda atom energetikasining ekologik tozaligi, shuningdek, tanlangan turdagi VVER-1200 reaktorlarining xavfsizligini ta’kidlagan. Ekologiya va energetika sohasidagi boshqa mutaxassislar ham AESlarning O‘zbekiston uchun ahamiyati va foydasi haqida gapirib o‘tgan. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling