O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi buхоrо dаvlаt univеrsitеti
Download 1.11 Mb.
|
AmalMAshg\'TArqatma
Botanik xarakteristikasi hamda biologik xususiyati. Bodring, qovoqcha hamda kulcha qovoq oshqovoqlar vatani Janubiy hamda Markaziy Amerikadir.
Bodring palagining asosiy poyalari to‘rt qirrali, er bag‘irlagan, palak otuvchi, tayanch qo‘yilsa tik holda o‘saveradi. Bosh poyasi naviga hamda yetishtirish sharoitiga qarab 0,5-3 m hamda undan ham uzunroq bo‘ladi. Barg shapalog‘i yaxlit, chetlari kungiarrali, beshburchakli. Bodringning ildiz sistemasi 1 m chuqurlikka etib boradigan o‘q tomir hamda juda ko‘p yon tomirlardan iborat, yontomirlar ishlangan tuproq bo‘ylab o‘sadi. Bodring va sabzavot qovoqchalari ayrim jinsli, bir uyli o‘simlikdir. Urg‘ochi gullari ko‘proq 2-3 tartib novdalarda shakllanadi. Erkak gullar shingilga o‘xshash 5-7 tadan to‘pgul yoki gul shaklida to‘plangan. O‘rg‘ochi gullari barg qo‘ltiqida 2-3 tadan yolg‘iz xolda joylashgan. Erkak guli 5 ta otaliqqa ega bo‘lib, ulardan 4 si qo‘shilib ketgan. Urg‘ochi guli 3 tumshuqli, bitta ustunchaga ega tuguni pastda bo‘lib, 3 bo‘lmali. Bodring, qovoqcha hamda kulcha qovoq qo‘lay sharoitda yetishtirilganda jadal o‘sadi 4-8 barg chiqarganda yon novdalari paydobo‘ladi. Gullashi (naviga qarab) ko‘chati unib chiqqach 30-60 kundan keyin boshlanadi. Ko‘chati o‘ngandan birinchi hosil yig‘iguncha bodringda 37-60 kun, qovoqchada 40-60 hamda kulcha qovoqda 45-85 kun o‘tadi. Fiziologik yetilishi uchun bodringga 70-100, qovoqcha hamda kulcha qovoqqa 100-120 kun kerak. Meva to‘gish davri naviga qarab 20-90 kun davom etadi. Bodring, qovoqcha hamda kulcha qovoqcha issiqsevar ekinlar. Bodringiing urug‘i 12-13°C, kulcha qovoqchaniki 13-14°C hamda qovoqchaniki 8-10°C da unib chiqa boshlaydi, biroq bunday sharoitda ko‘chatning unishi juda sekin kechadi. Mazkur ekinlarning urug‘i unib chiqishi uchun eng qo‘lay hapopat 25-30°C. Bunday hapopatda nixol 4-6 kundan keyin unib chiqadi. O‘simlikning normal o‘sishi uchun zarur hapopat 25-27°C bo‘lishi kerak. Harorat 15°C dan past bo‘lganda, o‘simlikning rivojlanishi sekinlashadi. 8-10°C da kasallanadi, 3-4°C da esa 3-4 kundan keyin halok bo‘ladi. qovoqcha haroratning +6-10°C ga pasayishiga o‘zoq vaqt chidaydi. Bu ekinlar hatto salgina sovuqni hamda ko‘tara olmaydi. Bodring tuproq hamda havo namligiga juda talabchan. Tuproqning eng qo‘lay namligi rivojlanish namligiga qarab 70-80%, HB hamda havoning nisbiy namligi 70- 85% bo‘lishi lozim. Tuproq namligining 100% ko‘tarilishi ham, 60% pasayishi ham hosildorlikning kamayishiga olib keladi. qovoqcha nisbatan quruqqa chidamli ekin, biroq sug‘orishni yaxshi qabo‘l qiladi. Kulcha qovoq qovoqchaga nisbatan so‘nga talabchanroq. Bodring, qovoqcha hamda kulcha qovoq yorug‘sevar o‘simliklar. Ular qisqa yoki uzun kunga neytral. Navlar. Bodring navini yetilish muddatiga qarab qo‘yidagi to‘rt gypyhga bo‘lish mumkin: ertapishar, o‘rtapishar, o‘rta kechpishar hamda kechpishar. Ko‘chatining unib chiqqanidan birinchi hosil yig‘ib olinguncha tezpishar navlarda – 40-50, o‘rtapisharlarida – 50-60, o‘rta kechpisharlarida – 60-70 hamda kechpisharlarida – 70 kun va o‘ndan ortiq vaqt o‘tadi. Jumuriyatimizda bodringiing tezpishar navlaridan “Ertagi 645” “O‘zbekiston- 740” va “Hosildor gibridi”, kechpisharlaridan “Marg‘iloni-822”, to‘zlanadiganlaridan “O‘zbekiston to‘ng‘ichi-265”, “Qo‘yliqi-267”, “Parad” hamda “Konkurent” lar ekiladi. Jumuriyatimizda qovoqchaning bitta “Grechiskiy-10” va kulcha qovoqchaning “Oq” navi rayonlashtirilgan. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling