O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi fаrg‘оnа dаvlат univеrsiтетi


I. O‘quv fani bo‘yicha uslubiy ko’rsatmalar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana27.01.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1129656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 04 Sharq allomalarining ilmiy merosi ishchi dastur 2020 2021

I. O‘quv fani bo‘yicha uslubiy ko’rsatmalar 
O`rta asr Sharq mutafakkirlari ilmiy merosining zamonaviy sivilizatsiya 
uchun naqadar dolzarb va zarur ekanligini ochib berish, ushbu bebaho ilmiy 
merosni yanada teran tadqiq qilish va ommalashtirish jahon sharqshunosligining 
eng asosiy masalalari sifatida eʼtirof etilmoqda. 
IX–XI asrlarda Xorazmda tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va 
«Baytulhikma», ya’ni «Donishmandlik uyi» degan nom bilan shuhrat qozongan 
Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo 
Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun 
dunyoga dong taratdilar. 
Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo 
mintaqasi IX–XII va XIV–XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki 
qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa 
mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish 
davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli 
ravishda tan olingan. 
Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa 
Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura 
durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan 
bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, 
astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy 
fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon 
bo‘ldi. 
Ushbu dasturdan maqsad O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan 
buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va 
anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga ochib 
berishdan iborat. 




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling