O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi namangan viloyati o`rta mahsus va kasb-hunar


Download 142 Kb.
Sana01.07.2023
Hajmi142 Kb.
#1657871
Bog'liq
100 саволга 100





O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta mahsus ta’lim vazirligi

NAMANGAN VILOYATI O`RTA MAHSUS VA KASB-HUNAR

TA’LIMI BOSHQARMASI

UCHQO`RG`ON IQTISODIYOT KOLLEJI


«MOLIYA-BANK ISHI» KAFEDRASI

«Iqtisodiy tahlil » fanidan





(Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda


keng kitobxonlar ommasi uchun uslubiy qo`llanma)

Uchqo`rg`on shahar-2005 yil.

ANNOTATSIYA

Mualif: AKROMJON G`ULOMOV


Taqrizchilar: O. SARIMSOQOV
texnika fanlar nomzodi, dotsent.

Ushbu uslubiy qo`llanma kollej uslubiy yig`ilishida ko`rib chiqilgan va o`quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya etilgan.


Ushbu uslubiy qo`lanma akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining «Buxgalteriya», «Moliya» yo`nalishlari bo`yicha tarmoq ta’lim standartlari asosida tuzilgan bo`lib, u sanoat, qishloq xo`jaligi korxonalarining iqtisodiy faoliyatlarini tahlil qilish yuzasidan olgan nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarini yanada mustahkamlashlarining hisobga olgan holda tuzildi.
O`quvchi bu qo`llanma orqali «Iqtisodiy tahlil» fanidan belgilangan dastur asosida oz bo`lsada javob topadi va o`z nazariy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo`ladi.
Uslubiy qo`llanma tayyorlashda belgilangan o`quv rejalariga amal qilgan holda, hamda xalqaro va milliy andozalari, tegishli nizom va yo`riqnomalardan foydalanilgan.

  1. Mavzu: Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.

    1. Iqtisodiy tahlil korxonalarni boshqarish tizimida qanday bosqichni egallaydi?

Boshqarish jarayonida assoiy uch bosqichni ko`rsatish mumkin:


A) Axboratlar (ma’lumotlarni)to`plash va tayyorlash.
B) Ob’ektni holatini iqtisodiy tahlil qilish va uning natijalari asososida takliflar kiritish;
V) Boshqaruv qarorlarini qabo`l qilish;

2. Iqtisodiy tahlil fanining boshqa fanlardan farqi nima?


Iqtisodiy tahlil fanining boshqa fanlardan farqi shundaki, ho`jalik faoliyatini to`g`ri tahlil qilgan holda xo`jalikda qanday ish yuritilayotganligining iqtisodiy darajasi, rivojlanayotganligi va nimalar to`sqinlik qilayotganligi , savdo korxonalarida tovar aylanish rejasining bajarilayotganligi muomala harajatlarini pasaytirish va rentabelligini oshirishda qanday imkoniyatlar borligini ko`rsatib beradi.


3. Iqtisodiy tahlilning asosiy ma’zmuni nimadan iborat?


Iqtisodiy tahlilni assosiy ma’zmunini qonunlardan foydalangan holda xo`jaliklarda, uning tarmoqlari va tarkibiy bo`linmalarida samaradorligini oshirish maqsadida imkoniyatlarni axtarib topish va ulardan samarali foydalanish yo`llarini aniqlashdir.


4. Iqtisodiy tahlilning asosiy maqsadi nima?


Iqtisodiy tahlilni assosiy maqsadiga xo`jalik iqtisodiyotini o`rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan to`liq foydalanish, erishilgan muvoffaqiyatlarni keng yoyish va yo`l qo`yilgan kamchiliklarning sabablarini o`rganish hamda uni tamomila tugatishga yordam berishdan iborat.


5. Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?


Iqtisodiy tahlilning vaziflariga quyidagilar kiradi;



  1. Biznes reja, buxgalteriya va statistika hisoblari asosida erishilgan muvoffaqiyotlar va yo`l qo`yilgan kamchiliklar sabablarini o`rganish;

  2. Korxonaning har tomonlama faoliyatini, umumiy iqtisodiyotini rivojlantirish darajasi va suratini o`rganish;

  3. YUtuqlardan unumli foydalanish, kamchiliklarning o`z vaqtida oldini olish;

  4. Har qaysi yoki olingan xo`jalikning ishini batafsil o`rganish asosida rejaning bajarilishiga baho berish;

  5. Tahlil yakuniga ko`ra ish natijalariga ta’sir qilgan omillar va sabablarini o`rganish;

  6. Imkoniyatlarni qidirib topish va ulardan ish jarayonida to`liq foydalanish;

  7. Past ko`rsatkichli korxonalarni ishlarini ilg`or korxonalarning ko`rsatkichlari bilan taqqoslab ularning tajribasiga suyangan holda xo`jalikni mutaxkamlash va rivojlantirishga yordam beradigan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish

2-Mavzu: Iqtisodiy tahlilni tashkil etishni mohiyati va zarurligi,


6. Iqtisodiy tahlilni tashkil etish nimalarga bog`liq?


Rejali iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy tahlilni tashkil qilish tizimi yaratilgan edi. Tahlil asosiy rejaning bajarilishini va unga tasir etuvchi omillarni davlat nuqtai nazardan ko`rib chiqishga qaratilgan edi. Endilikda esa tahlilni mazmuni, shakli va o`tkazish usullari ham o`zgarib ketgan. Hozir tahlil eng avvolo, mulkdor tomonidan o`tkaziladi va uning manfaatiga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil, eng avvolo, mulkdor uchun kerak ekan.


Mulkdor o`z mulkini ishlatish uchun turli korxonalarga ega bo`lishi mumkin. Bu esa boshqa kishilarni:
Mutaxassislarni, xodimlarni yollashga olib keladi. Ular mehnat malakasini tashkil qiladi. Korxona yaxshi samarali ishlashi mehnat jamoasining farovonligini ta’minlaydi.

7.Iqtisodiy tahlil bilan shug`illanuvchi sub’ektlarga kimlar kiradi?


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi deyarli hamma mutaxassislar shug`ullanadi.


Lekin shunday e’tirof etish kerakki, xo`jalik faoliyati to`g`risida butun faoliyatni o`ziga jamlagan axborotlar buxgalteriyada to`planadi. SHu tufayli korxonaning kompleks iqtisodiy tahlili bilan buxgalteriya xodimlari, bevosita bosh buxgalterlar shug`ullanadi. CHunki unda korxonaning xo`jalik faoliyatining ifodalovchi barcha ko`rsatkichlar mavjud. Ular moliyaviy hisobotlarda o`z aksini topadi.



  1. Iqtisodiy tahlilni amalga oshirish bosqichlari nimadan iborat?

Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish bir qancha blsqichlardan iborat:


-Tahlil o`tkazishning maqsadini aniqlash va dasturni tuzish:
-Ijtimoiy iqtisodiy axborotlarni to`plash:
-Axborotlarni tahlil maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda qayta ishlash, tegishli hisob-kitoblarni amalga oshirish va jadvallar tuzish:
-Jadval ma’lumotlari asosida dastlabki xulosalar chiqarish.
-Xulosani chuqurlashtirish maqsadida lozim bo`lgan holatlarni chuqurroq o`rganish uchun ularni o`zgartirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni ta’sirini hisoblash.
-Xo`jalik faoliyati yoki o`rganilayotgan soha to`g`risida mufassal xulosa qilish
-Korxona xo`jalik faoliyatini yoki o`rganilayotgan ko`rsatkichni yaxshilash yo`llarini ishlab chiqish va shu tadbirlarni amaliyotga tadbiq etish.



  1. Tahlil natijalarni qanday rasmiylashtiriladi?

Korxona xo`jalik faoliyati tugrisida to`liq tushinchaga ega bo`lish uchun barcha ko`rsatgichlar taxmini jamlab ularni umumlashtirish lozim. Buning natijasida korxona xo`jalik faoliyatining qaysi qismida yaxshi natijaga erishganligi, qaysi kismda kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniq bo`ladi.


Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim bosqichi bo`lib hisoblanadi. Bunda barcha hisob-kitoblar asossida tahliliy jadvallar tuziladi.
Hozirgi paytda xisob-kitob ishlari asosan kompyuterlarda amalga oshirilmoqda. SHu tufayli jadvallar bilan bir qatorda tahlilda turli chizmalar va diagrammalardan foydalanishmoqda. Bu esa korxona xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni juda tez ilg`ash imkoniyatini beradi.
Hisobot davri tugagach, tahlil natijasi tezkor tarzda jadvalda, chizmalarda,turli diogrammalarda tuzilib, qog`ozga chiqariladi va mutaxassislar tomonidan yozma ravishda xulosa yoziladi. Xulosada barcha erishilgan yutuqlar bilan birga, yo`l qo`yilgan kamchiliklar, ularni sabablarini va qanday oqibatga olib kelganligi ko`rsatiladi.
Iqtisodiy tahlilning natijalari bo`yicha tuzilgan barcha axborotlar, yozma xulosalar jamlanib, karxona raxbariga tahlil natijasiga assosan boshqaruv qarorlarini qabul qiladi.



  1. Iqtisodiy tahlilda qanday usullardan foydalaniladi?

Iqtisodiy tahlilda qo`llanadigan usullarga quyidagilar kiradi:





    1. An’anaviy:

-Solishtirma, farqlash, muvozanat, zanjirli almashtirish, qayta hisoblash, integrall, indeks, nisbiy ko`rsatgichli.

    1. Iqtisodiy matematik.

CHiziqli, korreptsiya, regresiya, tiplar, additiv, multiplikativ, kasrli va hakozolar.

3-Mavzu: Sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishini tahlili.





  1. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishda tahlilning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

Mahsulot ishlab chiqarish va sotishda tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


-Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha belgilangan reja topshiriklarining tigizligini tekshirish:
-Korxonalarni mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi va o`zgarishining hajmi, tarkibi, nomenklaturasi, assortimenti, sifat va bir tekisda ishlab chiqarishga baho berish:
-O`tgan yil hamda biznes rejaga nisbatan rejaning bajarilishidagi farkni va uning sabablarini aniqlash;
-Tuzilgan shartnoma majburiyatlari asosida mahsulot yetkazib berish bo`yicha sotish rejasining bajarilishiga baho berish;
-Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni amalga oshirish bo`yicha rezervlarni aniqlash va uning tarkibini hamda sifatini yaxshilash kabilar;



  1. Tovar mahsuloti deganda nimani tushunasiz?

Tovar mahsuloti deganda, barcha ishlab chiqarish bosqichlaridan hamda texnika nazorati bo`limidan o`tgan va omborga topshirilgan mahsulotga tushuniladi.





  1. Sotilgan mahsulot deganda qanday mahsulotga aytiladi?

Sotilgan mahsulot deganda esa tovarlarni iste’molchilarga yuborishib, uning puli mol yuboruvchilarning bankidagi hisob-kitob schyotiga o`tkazilishi tushuniladi.





  1. Hajm ko`rsatgichlarga qanday ko`rsatgichlar kiradi?

Sanoat korxonalarining hajm ko`rsatgichlariga sotish, tovar mahsulot va normativ sof mahsulot kiradi.





  1. Sotish hajmining o`sish suratiga qanday ko`rsatkichlar ta’sir qiladi?

Sotish hajmining o`sish sur’atiga ko`pgina ko`rsatgichlar ta’sir ko`rsatadi. Bo`larga mahsulotning sifati uning bir maromda ishlab chiqarish hamda mahsulotni o`z vaqtida iste’molchiga jo`natish va uni xaqini to`lash, sotilgan mahsulotlarning yil boshiga va yil oxiriga bo`lgan qoldig`i kabi omillar kiradi.





  1. Assortiment nima?

Assortiment deganda shartnoma naryad-buyurtmalariga muvofiq har bir nomenklatura pazitsiyasi (o`rin) ichida, belgilangan mahsulotlar tushuniladi.


4-Mavzu: Sanoat korxonasida mahsulotning tannarx ko`rsatgichlarini tahlil qilish.





  1. Mahsulot tannarxini arzonlashtirish yo`llari nimadan iborat?

Mahsulot tannarxini arzonlashtirishning asosiy yo`llari quyidagilardan iborat: boshqaruv ussullarini, ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilish, xo`jalik hisobini takomillashtirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash, moddiy ressurslardan tejab-tergab foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko`rsatish harajatlariin kamaytirish, xo`jasizlikka qarshi ko`rashish kabilar.





  1. Mahsulot tannarxini tahlil qilishning assoiy vazifalariga nimalar kiradi?

Mahsulot tannarxini tahlil qilishning assoiy vazifalariga quyidagilar kiradi: Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq bo`lgan haqiqiy harajatlarni rejaga nisbatan bo`lgan iqtisod yoki ortiqcha harajatlarisiz ta’sir etuvchi omillarni aniqlash mahsulot ishlab chiqarish jarayonida materiallar va mehnat ressurslaridan to`g`ri foydalanishni ustidan nazorat olib borish, mahsulot ayrim turlarining haqiqiy tannarxini reja tannarxi bilan solishtirish va farqlarini belgilash, ularning sabablari va tannarxni arzonlashtirishning aniqlash, tannarx bo`yicha rejaning bajarilishini nazorat qilish.





  1. Bir so`mlik tovar mahsuloti qanday aniqlanadi?

Bir so`mlik tovar mahsulotini aniqlash uchun tovar mahsuloti tannarxini shu mahsulot ulgurji narxlari qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi.


20. Bir so`mlik tovar mahsulotiga qilingan harajatlarga qanday omillar ta’sir qiladi?


Bir so`mlik tovar mahsulotiga qilingan harajatlar miqdoriga quyidagi omillar ta’sir qiladi.

  1. Mahsulot assortimenti va strukturasining o`zgarishi.

  2. Mahsulot tannarxi darajasining o`zgarishi;

  3. Ulgurji bahoning o`zgarish;

5-Mavzu: Sanoat koxonalarida foyda va rentabellik ko`rsatgichlari tahlili.


21. Foyda rejasining bajarilishini asosiy vazifalariga nimalar kiradi?


Foyda rejasining bajarilishini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: balans foydasi rejasining bajarilishi, foyda rejasining tig`izligini tekshirish, uning tashkil qiluvchi qismlarini aniqlash, tovar mahsulotini sotishdan kelgan foyda rejasining bajarilishi va unga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillarni aniqlash kabilar kiradi.


22. Balans foydani tarkibi qanday aniqlanadi?


Balans foyda tarkibiga quyidagilar kiradi:


-Tovar mahsulotini sotishdan kelgan foyda (tovar mahsulotini sotishdan tushgan tushum bilan uning to`la tannarxi o`rtasidagi farqi);
-Boshqa xizmat va yumushlardan olinadigan foyda va zararlar;
-Sotishga aloqasi bo`lmagan natijalardan kelgan foyda va zararlar.

23. Sotishga aloqasi bo`lmagan natijalardan kelgan foyda va zararlarga nimalar kiradi?


Sotishga aloqasi bo`lmagan natijalardan kelgan foyda va zararlar quyidagilardan tashkil topadi: Idishlarni o`z vaqtida qaytarmaganlik uchun jarima, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi uchun jarima, o`tgan yildagi foydaning hisobot davrida aniqlangan miqdori davo qilish muddatining o`tishi bilan hisobdan chiqarilgan qarzlardan hosil bo`lgan zararlar, qo`shma korxonalarda ulush qo`shish ishtirok etishdan olinadigan daromadlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, korxonaga qarashli bo`lgan aktsiyalar va ablegatsiyalar hamda boshqa qimatli qog`ozlar bo`yicha dvidentlar va boshqalar.


24. Tovar mahsulotini sotishdan kelgan foydaga qanday omillar ta’sir etadi?


Tovar mahsulotini sotishdan kelgan foydaga quyidagi omillar ta’sir qiladi:


1.Sotilgan mahsulot hajmning o`zgarishi;
2.Ishlab chiqarish tannarxining o`zgarishi:
3.Ishlab chiqarishdan tashqari harajatlar darajasini o`zgarishi;
4.Ulgurji bahoni o`zgarishi;
5.Qo`shilgan qiymat soliq stavkasining o`zgarishi;
6. Mahsulot assortimenti va strukturasining o`zgarishi;

25. Rentabellik darajasining aniqlashni necha hil usuli bor?


Hozir rentabellik darajasining aniqlashni uch hil usuli mavjud.



  1. Umumiy rentabellik-balans foydasining asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtirilgan aylanma mablag`larning yillik o`rtacha qiymatiga nisbati.

  2. Sof rentabellik-sof foydaning asosiy ishlab-chiqarish fondlari va normalashtirilgan aylanma mablag`larning o`rtacha qiymatiga nisbati;

  3. Mahsulot rentabelligi tovar mahsulotni sotishdan olingan foydaning uning to`la tannarxiga nisbati orqali aniqlanadi.

26. Rentabellik darajasini bajarilishiga qanday omillar ta’sir ko`rsatadi?


Rentabellik rejasining bajarilishiga foyda miqdori, asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtirilgan aylanma mablag`lar qiymatining o`zgarishi ta’sir ko`rsatadi.


Foyda miqdorining oshishi o`z navbatida rentabelik darajasini ko`paytiradi. Asosiy fondlar va normativlashtirilgan aylanma mablag`larning qiymatini oshishi, rentabellik darajasini kamaytiradi.

6-Mavzu: Sanoat korxonalaring moliyaviy holati tahlili.


27. Aylanma mablag`lar nima?


Korxona mablag`lari o`z navbatida ikkiga bo`linadi. Aylanma va oborotdan tashqari mablag`larga. Aylanma mablag`lar quyidagicha tashkil topadi.



  1. Korxona davlatdan foydalanish uchun oz miqdorda moliya ressurslarini oladi. Boshqacha qilib aytganda, bu korxonaning o`z aylanma mablag`lari deb ataladi.

  2. Mavsumiy xususiyatga ega bo`lgan aylanma mablag`lar esa asosan bank qarzi hisobiga yoki har hil kriditor qarzlar hisobiga tashkil qilinadi.

Oboratdan tashqari mablag`lar korxonalar o`z aylanma mablag`larining bir qismi bo`lib, ular korxona oborotidan olinadi. Bunga foydadan ajratmalar, mehnat ressurslari uchun to`lovlar kiradi.
28. Moliyaviy holatni tahlil qilishda nimalarga etibor beriladi?
Moliyaviy holatni tahlil qilishda quyidagilarga korxonaning o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar bilan ta’minlanganligi, normalashtirilgan aylanma mablag`larni tashkil qilish va ularni qoplash manbalarini, bank kreditidan foydalanishni korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlarini, aylanma mablag`lar aylanish ko`rsatkichlarini holatiga e’tibor beradi.
29. Korxonaning o`z aylanma mablag`larini tashkil topish manbalari nima?

Korxona o`z aylanma mablag`larini tashkil qilish quyidagilardan iborat:



  1. Dastlab korxonaning tashkil etish vaqtida byudjet mablag`lari bo`lib, ular korxonaning ustav fondida o`z aksini topadi.

  2. Xo`jalik yuritish jarayonida:

A) Korxonaning olgan foydasi hisobiga;
B) agar korxonaning foydasi yetarli bo`lmasa, u holda bank krediti hisobiga.
V) aylanma mablag`larni tashkil qilishni o`ziga xos manbalaridan biri barqarorlik passivlardir.

30. Barqaror passivlarga nimalar kiradi?


Korxonaning oborotida bo`lgan va bir hisobot davridan ikkinchisiga o`tib turadigan qisqa muddatli qarzlarni ba’zi moddalari barqaror passivlar deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi: ishchi va xizmatchilarni doimo o`tib turadigan qarzlar, ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar bo`yicha qarzlar, davr harajatlari va to`lovlarni qoplash rezervlari va xokozo.


31. Korxonaning o`z mavjud mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar qanday aniqlanadi?


Korxonaning o`z mavjud mablag`larini va ularga tenglashtirilgan mablag`larni aniqlash uchun o`z mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`lar (balans passivning birinchi bo`limi) manbalarni umumiy summasiga barqoror passivlarning normativ doirasi bo`yicha bo`lgan summasi qo`shilib asosiy fondlar va oborotdan tashqari aktivlar (balans aktivini birinchi bo`limi) qiymatini chiqarib tashlash orqali aniqlanadi.

32. Korxonaning moliyaviy holati borqarorligi deganda nimani tushuniladi?


Korxonaning moliyaviy holati barqarorligi deganda o`z mavjud mablag`lari va ularga tenglashtirilgan mablag`larning summasi aylanma mablag`larning normativ doirasidagi summasiga taxminan to`g`ri kelishi tushuniladi.


33. Korxonaning o`z aylanma mablag`larini o`z normativiga nisbatan ortiqchaligi, nimalar sabab bo`ladi?


Korxonaning o`z aylanma mablag`larining o`z normativiga nisbatan ortiqchaligi ham yetishmasligi ham babbaravarligi uning moliyaviy holatini barqarorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko`rsatadi.


Bo`larga quyidagilar sabab bo`ladi: rejadan yuqori olingan foydaning korxona ixtiyoriga qolishi; byudjet oldidagi to`lov majburiyatlarining to`la bajarmaslik kabilar.

7-Mavzu: Qishloq xo`jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish va sotish rejasini bajarilashi hamda unga ta’sir etuvchi omillarning tahlili.


34. Qishlok xo`jalikda yer maydoni qancha gektarni tashkil qiladi?


Hozirgi paytda O`zbekistonning yer fondi 44,8 mln ni tashkil etadi va uning 70% dan ko`prog`i qishloq xo`jaligida foydalaniladi.


Qishloq xo`jalik yerlarining katta qismini 80% dan ko`prog`i yaylov va pichanzorlar 15% ni xaydaladigan, 12% dan ko`prog`i sug`oriladigan yerlar tashkil qiladi. Qolgan qismini esa meva bog`lari, uzumzorlar tomorqalar va boshqalarga to`g`ri keladi.

35. YErlar sifati kanday ko`rsatkichlarga qarab aniqlanadi?


Erlar sifatining eng muhim ko`rsatkichi unumdorlik bonitetini baholash hisoblanadi. Namangan, Surxandaryo,Toshkent va Samarqand viloyatlari sug`ariladigan yerlari yuqori unumdorlik bonitetiga ega, ulardagi ko`rsatkich o`rtacha Respublika darajasidan yuqoridir.


36. YErlardan samarali foydalanishni asosiy yo`llari nimadan iborat?


Erlardan oqilona va samarali foydalanishni yaxshilashni asosiy omillaridan biri almashlab ekishni qayta yo`lga qo`yishdan iborat.


Sug`oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishning ikkinchi yo`li bu, har bir viloyat va mintaqaviy mavjud tabiiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni to`g`ri hisobga olgan holda xo`jalik yuritishning ilg`or shakllarining izchillik bilan qo`llashdir.
Erlardan foydalanish samaradorligini oshirishning boshqa bir yo`li bu, takroriy ekinlarning o`z vaqtida ekish, va mahsulot yetishtirishni ko`paytirishdir.
SHuningdek yerdan foydalanish samaradorligini oshirish suvdan foydalanishning tartibga solish bilan uzviy bog`liqdir.

37. Dexqonchilikda mahsulot yetishtirish rejasining bajarilishiga qanday baho beriladi?


Dexqonchilikda yalpi mahsulot yetishtirish yuzasidan reja ko`rsatkichlarini ko`rib olingandan so`ng reja bajarilishini tahlil qilishga o`tiladi.


Rejaning bajarilishiga to`g`ri aniq baho bermoq uchun hamma ekin turini ko`rib chiqish, xaqiyqatda olingan hosildorlikni rejadagi mo`njalgina bilan emas,balki oldingi ikki-uch yil ichida yetishtirilgan hosildorlik darajasi bilan solishtirish kerak bo`ladi. CHunki yalpi muxsulot hajmining o`zgarishiga yil davomida ob-havo sharoitining o`zgarishi ham jiddiy ta’sir ko`rsatishi mumkin.



  1. Dexqonchilik mahsulotlari hajmining o`zgarishiga qanday omillar ta’sir ko`rsatadi?

Dexqonchilik mahsulotlari hajmining o`zgarishi asosan ikki omilga bog`liq bo`lib, unga ekin maydoni bilan hosildorlik bevosita ta’sir ko`rsatadi.


Dexqonchilik mahsulotlarini yetishtirishni ko`paytirishda hosildorlikni o`sishi hal qiluvchi vazifani bajaradi.



  1. CHorvachilikni rivojlantirishning tahlilini asosiy vazifalariga nimalar kiradi?

CHorvachilikni rivojlantirishning tahlilini asosiy vazifalari chorva mollari va parrandalar sonini ko`paytirish, maxsuldorlikni oshirish, rejalarni bajarilishini tekshirishda rejada mo`njallangan ko`rsatkichlardan farq qilishga ijobiy va salbiy ta’sir ko`rsatuvchi omillarni aniqlashdan iborat, chorvachilikni ishlab chiqarish jarayoni dexqonchilikdan farq qilib, uzliksiz davom etadi.





  1. CHorvachilik mahsulotlari hajmining o`zgarishiga qanday omillar ta’sir ko`rsatadi?

CHorvachilik mahsulotlari hajmining o`zgarishiga asosan ikki omilga: maxsuldor mollarni sonini o`zgarishiga va ularning maxsuldorligiga bog`liq bo`ladi.


8-Mavzu: Qishloq xo`jalik korxonalarida davlatga mahsulot sotish, va yalpi daromad olishni tahlili.





  1. Mahsulot sotish rejasini bajarishni qanday tahlil qilinadi?

Har bir qishloq xo`jalik korxonalarning ishlab chiqirish faoliyatini harakterlab beruvchi ko`rsatkichlaridan biri davlatga mahsulot sotish hisoblanadi.


Davlatga mahsulot sotish rejasini bajarish darajasidan qat’iy nazar korxona faoliyatiga baho beradi.SHuning uchun mahsulot sotish rejasini tahlil qilishda eng avvalam bor davlat bilan qishloq xo`jalik korxonalari o`rtasida tuzilgan shartnoma majburiyatlarining mahsulot miqdori, sifati va muddatlari bo`yicha bajarilishi tahlil qilinadi. SHartnomada mahsulot hajmi, yetkazib berish muddati, mahsulot turlari bo`yicha masalan, don, kartoshka,sabzabot, paxta, xomashyosi qand lavlagi va boshqa turdagi qishloq xo`jalik mahsulotlari, shu jumladan, sut, parranda, chorva xayvonlari ko`zda tutilgan bo`ladi.



  1. Mahsulotni sotish rejasini bajarmaslikka qanday omillar ta’sir qiladi?

Mahsulotni sotish rejasini bajarmaslikka ikkita omil ta’sir ko`rsatishi mumkin:

  1. Sotish hajmini o`zgarishi;

  2. Strukturasini (tuzilishi) o`zgarishi;




  1. Qishloq xo`jaligida aylanma mablag`lar deb nimalarga aytiladi?

Kolxoz, shirkat va boshqa qishloq xo`jaliklari mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo`lgan aylanma mablag`lar bilan ta’minlanadilar.


Asosiy fondlardan farqli ravishda aylanma mablag`lar bir ishlab chiqarish tsiklida to`la o`zlashtirilib, o`z qiymatlarini tayyor mahsulotga olib o`tadi va qiymat ifodasida qayta tiklanadi, shu tariqa bevosita harakatda bo`ladi.



  1. Aylanma mablag`lar nechiga bo`linadi?

Aylanma mablag`lar balans aktivining ikkinchi bo`limida aks etib, aylanishdagi (aylanma aktivlardagi) pul mablag`larida ifodalanadi. Aylanma mablag`lari, xususiy, zayom, pul mablag`lariga bo`linadi.



  1. Aylanma mablag`lardan foydalanish samaradorligini qanday aniqlanadi?

Aylanma mablag`larlardan foydalanish samaradorligini topish uchun, ularni tavsiflovchi ko`rsatkichlarni hisoblab chiqish, bu ko`rsatkichlarni o`tgan yil ma’lumotlari bilan qiyoslash kerak.


Aylanma mablag`larni aylanuvchanligi sotuvdan tushumning aylanma mablag`larning shu davrdagi o`rtacha qoldig`iga nisbatidir.

Aylanma mablag` qoldig`i q St


Ay.m.q.
Aylanma mablag`larning aylanuvchanligi shu davrdagi kunlar miqdorining aylanma mablag`larning marotabalaridagi aylanuvchanligiga nisbatidir.



  1. Aylanma mablag`lar rentabelligi qanday topiladi?

Aylanma mablag`lar rentabelligi-sof foydaning aylanma mablag`larning shu davrdagi o`rtacha qoldiqlariga nisbatidir:


Ay.m.r q Sd


Ay.m.o`rt. qol.

9-Mavzu: O`simchilik va chorvachilik mahsulot tannarxining o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.





  1. Dexqonchilik mahsulotini tannarxi deganda nimaga tushunasiz?

Mahsulot tannarxi qishloq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqirish va uni davlatga sotish bilan bog`liq. U mehnat va moddiy mablag`lar summasining puldagi ifodasidir.





  1. Dexqonchilik mahsulotlarini tannarxi darajasiga qanday omillar ta’sir ko`rsatadi?

Dexqonchilik mahsulotlarini tannarxi darajasiga ikkita eng muhim omil ta’sir ko`rsatadi. Birinchidan bir gektarga ketadigan harajatlar miqdorining o`zgarishi, ikkinchidan, bir gektardan olinadigan hosildorlikni o`zgarishi.





  1. CHorvachilik mahsulotlari tannarxini dexqonchilik mahsulotlari tannarxidan farqi nimada?

Dexqonchilik mahsulotlarining tannarxidan chorvachilik mahsulotini tannarxini farqi shundaki, chorvachilik mahsulotlarini tannarxi yil davomida chorak hisobot va balanslar asosida tahlil qilib boriladi.





  1. CHorvachilik mahsulotlari tannarxiga qanday omillar ta’sir etadi?

CHorvachilik mahsulotlari tannarxining o`zgarishiga chorva mol boshiga to`g`ri keladigan harajatlar miqdorining o`zgarishi va bir bosh chorva mol boshidan olinadigan maxsuldorlikni o`zgarishi ta’sir ko`rsatadi.





  1. CHorvachilik mahsulotlarini asosiy harajatlarini qanday xaarjatlar tashkil etadi?

CHorvachilik mahsulotlarini asosiy harajatlarini ko`proq qismini mehnat va ozuqa harajatlariga to`g`ri keladi. Bu harajatlar moddasini 50-70 foizini ozuqa harajatlari tashkil qiladi.


10-Mavzu: Qishloq xujaligi korxonalarida yalpi daromad olish rejasini bajarilishi tahlili.





  1. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishini asosiy yo`nalishlari nimalardan iborat?

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari fan-texnika taraqiyoti erishgan barcha yutuqlardan foydalanish, yangi texnika va texnalogiyani joriy etish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarini industirlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish suratlarini tezlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yer va uning hosildorliklaridan yaxshi foydalanish, jamoa, shirkat va dexqon fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish fondlari va mehnat ressurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdir.





  1. Iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko`rsatgichlariga qanday ko`rsatkichlar kiradi?

Iqtisodiy samaradorlikning asosiy ko`rsatgilaridan biri jamoa, shirkat, dexqon fermer xo`jaliklarining yalpi daromadlaridir.


Qishloq xo`jalik korxonalari shunday ishlashi kerakki, yalpi daromad miqdorini oshirish bir vaqtda sarflanadigan harajatlarni kamaytirib, uning evaziga korxonaning daromadlik darajasini ta’minlash zarur.





  1. YAlpi daromadni tahlil qilishni asosiy vazifalari nimadan iborat?

YAlpi daromadni tahlil etish vazifalari quyidagilardan iborat: yalpi daromad hajmi bo`yicha reja bajarilishini aniqlash, yalpi daromad rejasi bajarilishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, korxonaning daromadlik darajasi va korxonadagi mavjud foydalanmasdan yotgan ichki imkoniyatlarni aniqlab berishdan iboratdir.


11-Mavzu: Savdo korxonalarida tovar aylanishi rejalarini bajarishga va uning o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.





  1. Ulgurji savdo deb nimaga aytiladi?

Ulgurji savdo-tovar va xizmatlarni partiyasi bilan yoki ko`p miqdorda qayta sotish yoki profetsional foydalanish, uchun sotishga tushuniladi.


Ulgurji savdo tashkilotlari (aktsiyadorlik, xissadorlik jamiyatlari) tovar muomalarining boshlang`ich holati bo`lib, o`z ish faoliyatini asosan sanoat korxonalaridan chakana savdo tashkilotlariga (aktsiyadorlik, xissadorlik) tovarlarini yetkazib beruvchi sifatida olib boradi va xalq iste’mol tovarlariga bo`lgan talablarining bajarilishida chakana savdo shaxobchalariga yordam beradi. Sanoat korxonalarida tovar navini to`g`ri tashkil qilishga aktiv ta’sir qiladi.



  1. Ulgurji tovar oboroti nechaga bo`linadi?

Tovar ressurslarini tayinlashidan qat’iy nazar ulgurji tovar obaroti quyidagilarga bo`linadi:


-Belgilangan bozor fondi yoki bozordan tashqari iste’molchilardan tovarlarni sotish bo`yicha ulgurji tovar oborot:
-CHakana savdo korxonalarining fondlarini respublikadan tashqari hamdustlik va boshqa davlatlardan tovarlarni olib kelish va sotish bo`yicha respublikalararo ulgurji tovar oborot:
-Boshqa ulgurji bozorlardan tovarlarni olib kelish va ulgurji tovar oborotini ichki tizimini tashkillash:



  1. Ulgurji savdoda tovar oborot rejasini bajarilishi nimalarga bog`liq bo`ladi?

Ulgurji tovar oborotini rejasi savdo korxonalarining rejalari hamda bozor fondi tovar yetkazib berish rejalarini hisobga olgan holda tuziladi.


Ulgurji savdo tashkilotlarining tovar muomalasi rejasini bajarilishi, tovarlar harakatining bir me’yorda olib borilishi, tovar zaxiralarining belgilangan normativda bo`lishini ta’minlashda mol yetkazib beruvchilar bilan ulgurji savdo tashkilotlari o`rtasida tuzilgan shartnomalarning qonuniyligini o`z vaqtida bajarilishi va ko`rsatilgan shartlarga har ikki tomonlarning rioya qilishi aloxida o`rin egallaydi. CHunki, shartnoma shartlariga rioya qilmaslik mol yetkazib beruvchilar va savdo tashkilotlarining xo`jalik faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.



  1. CHakana savdoda tovar aylanishi deb nimaga aytiladi?

CHakana savdoda tovar aylanishi deb, axoliga, davlat va jamoa xo`jaliklari, tashkilotlar va korxonalarga sotiladigan xalq iste’moli tovarlarining pul shaklida ifodalangan hajmiga aytiladi.





  1. CHakana savdo tovar aylanishining rivojlanishi nimalarga bog`liq bo`ladi?

CHakana savdo tovar aylanishining rivojlanishi shahar bilan qishloq orasidagi, sanoat korxonalari bilan qishloq xo`jaligi korxonalari o`rtasida iqtisodiy aloqalarni o`rnatadi. CHunki sanoat va qishloq xo`jaligi milliy iqtisodiyotning asosiy ishlab chiqarish tarmog`i hisoblanadi. Ular tomonidan yaratilgan mehnat buyumlari ijtimoiy va shaxsiy extiyojlarni qondiradi.





  1. Savdo korxonalarida tahlilning vazifalari nimadan iborat?

Savdo korxonalarida tahlilning vazifalariga quyidagilar kiradi;



    1. Tovar aylanishi dinamikasini o`rganish;

    2. Tovar aylanishi rejasining bajarilishini va haridorlarni tovarlar bilan ta’minlash darajasini tekshirish;

    3. Tovar aylanishi hajmini o`zgarishiga ta’sir ko`rsatuvchi omillarni aniqlash;

    4. Tovar aylanishi hajmining ko`paytirish uchun mavjud imkoniyatlardan tularoq foydalanishi, tovarlarning aylanishini tezlashtirish, tovar buyurtmalarini rejali saqlash va haridorlarga xizmat ko`rsatishni yaxshilash.

    5. Iqtisodiy tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni o`z vaqtida tugatish, foydalanmasdan yotgan ichki imkoniyatlardan unumli foydalanish.




  1. Savdo korxonalarining faoliyati qanday manbalar asosida tahlil qilinadi?

Tovar aylanish hajmining tahlil qilish jarayonida quyidagi manbalardan foydalaniladi: Savdo moliya rejasi, buxgalteriya va statistik hisobot ma’lumotlari, joriy va buxgalteriya, tez muddatda bajariladigan hisob ma’lumotlaridan va hisobotga aloqasi bo`lmagan ma’lumotlardan foydalaniladi.


62. Tovar aylanishi rejasining bajarilishini tahlil qilishning muhim ahamiyati nimada?


Tovar aylanishi rejasining bajarilishini tahlil qilishning muhim ahamiyatga ega bo`lishi shundan iboratki, birinchidan, savdo korxonalari tovar aylanishi rejasini bajarish bilan axolining xilma-xil tovarlarga bo`lgan extiyojini ta’minlab, sanoat va qishloq xo`jalik mahsulotlari chakana savdo korxonalari axoliga sotish bilan bog`liq bo`lgan muhim vazifalarni bajaradi.


Ikkinchidan, savdo korxonalari tovar aylanishi rejasini bajarish bilan bir vaqtnig o`zida boshqa bir qancha muhim iqtisodiy ko`rsatgichlarning reja bajarilishini ham ta’minlaydi. Masalan, korxona yalpi daromadining ko`payishi muomala harajatlarining kamayishiga va rentabellik darajasining oshishiga olib keladi.



  1. CHakana savdo korxonalarida tovar aylanishi rejasining bajarilishiga qanday omillar ta’sir qiladi?

Tovar aylanishi rejasining bajarilishi bir qancha omillarga bog`liq bo`ladi. CHakana tovar aylanishi rejasining bajarilishi quyidagi tovar balansi elementlari bilan uzviy bog`liq. Tovarlarni mol yuboruvchilardan tashib keltirish, tovarlarni qayta hisoblash va inventarizatsiya o`tkazish natijasida ko`p yoki kam chiqishi, iste’molchilarga tovarlarni sotish, tovar zaxiralari ayrim sabablarga ko`ra chetga chiqib ketishi kabilar.


12-Mavzu: Savdo tashkilotlarida muomala harajatlarini o`zgarishining tahlili.





  1. Savdo tashkilotlarining harajatlarini tarkibi qanday xarajatlardan tashkil topgan?

Savdo tashkilotlarining harajatlarini tarkibi quyidagilardir: Savdo xodimlari mehnatiga haq to`lash, asosiy vositalarining amartizatsiyasi, remont fondi uchun ajratmalar, tovarlarni transportga ortish, tushirish, ularni saqlash va sotishdagi nobudgarchiliklar, kreditlar uchun foizlar, kadrlarni tayyorlash, ijtimoiy sugurta, savdo jarayonida foydalanilgan materiallar va elektr quvvati, milliy iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari tomonidan savdoga ko`rsatilgan xizmatlar uchun haq to`lash va boshqalar.





  1. Muomala harajatlari nima?

Barcha harajatlarning qiymat shaklida ifodalanishi muomala harajatlarini tashkil etadi.


CHakana savdo sohasidagi muomala harajatlari axoliga yuqori darajada madaniy xizmat qilgan holda ularning kun sayin o`sib borayotgan extiyojlarini yanada to`laroq qondirish uchun tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berishga oid ijtimoiy zarur harajatlardan tashkil topadi.



  1. Muomala harajatlarining tarkibini izohlab bering?

Muomala jarayonlari iqtisodiy tarkibi, mazmuni va harajatlar yo`nalishiga qarab bir necha belgilar bo`yicha tasnif qilinadi. Muomala harajatlari iqtisodiy harajatlarga bo`linadi.





  1. Qo`shimcha harajatlarga qanday harajatlar kiradi?

Qo`shimcha harajatlar muomala doirasidagi ishlab chiqarishning davom etishi va tugallanish jarayoni bilan bog`liqdir. Bu harajatlarni qoplash muomala darajasida tovarlar qiymatini ortishi hisobiga sodir bo`ladi. Qo`shimcha harajatlar, tovarlarni sotish va tushirish, saqlash, qadaqlash, ishlov berish, navlariga ajratish bilan bog`liq bo`lgan harajatlar kiradi.



  1. Qanday harajatlarga sof harajatlar deyiladi?

Sof harajatlar, bu tovarlarni sotish, ularni hisobga olish, ma’muriy boshqaruv xodimlarini saqlash bilan bog`liq harajatlardir. Bu harajatlar moddiy ishlab chiqarish sohasida yuzaga kelgan qiymati hisobiga qoplanadi. CHakana savdo harajatlarini umumiy summasini ko`proq qismini qo`shimcha harajatlar tashkil etadi.


69.Muomala harajatlarini tahlil qilishni asosiy vazifalariga nimalar kiradi?


Tahlilni vazifalari tekshirish va baholash, tejalgan va ortiqcha sarflangan mablag`lar summasini hisoblab chiqish, harajatlarni bir necha yillar mobaynidagi o`zgarish dinamikasi belgilash, rejadan farq qilish sabablarini o`rganish, muomala harajatlariga ta’sir ko`rsatuvchi barcha omillarni aniqlash, muomala harajatlarini kamaytirish uchun imkoniyatlarni topish, kelgusi yil rejasini ishlab chiqish tahlil materiallaridan foydalanish kabilardan iboratdir.

70.Muomala harajatlari summasining o`zgarishiga qanday omillar ta’sir ko`rsatadi?


Muomala harajatlar summasining o`zgarishiga turli omillar ta’sir etadi. Lekin tahlil jarayonida bu omillarni umumlashtirib yirik ikki omilga bo`lish mumkin: tovar aylanishi hajmining o`zgarishi va muomala harajatlari va muomala harajatlari o`rtacha darajasining o`zgarishi.


Bundan tashkari muomala harajatlari darajasiga quyidagi omillarga ta’sir ko`rsatadi:
A) Tovar ishlab chiqarish bilan bo`lgan omillar;
B) Tovarlarni transportga ortish va tushirish bilan boglik omillar;
V) Savdo jarayoni bilan bog`liq bo`lgan omillar:

13-Mavzu: Savdo korxonasi moliyaviy holatining tahlili.


71. Savdo korxonasining moliya xo`jalik faoliyatini xarakterlovchi ko`rsatgichlarga qanday ko`rsatkichlar kiradi?


Korxonaning moliyaviy holati ularning aylanma mablag`lari bilan ta’minlanganligi, barcha turdagi mablag`larning to`g`ri joylashtirishi va ulardan foydalanishning to`g`riligi, davlat byudjeti, davlat banki, tovar yetkazib beruvchilar, boshqa tashkiliy va korxonalarning ishchilar bilan olib boriladigan hisob-kitob holati bilan harakterlanadi.


72. Xo`jalik moliyaviy holatining tahlili nimalarga etibor beradi?


Xo`jalik moliyaviy holatining tahlili uning moliyaviy faoliyatining yaxshilanishiga, tejamkorlikning kuchayishiga, xo`jalik hisob-kitobining mustahkamlanishiga moliyaviy intizomni buzish hollarini ochib tashlab, ularning yo`qotishga, xo`jalikni ichidagi imkoniyatlarni topish va ulardan foydalanishga imkon beradi.


Savdo korxonalarining moliyaviy holatini tahlil qilishda quyidagilarga etibor qaratiladi:
A) Korxonaning o`z mablag`lari bilan ta’minlanganligi;
B) Rejalashtiirlgan aylanma mablag`lari;
V) Bankdan beriladigan kreditdan foydalanish;
G) Debitor va kreditorlik qarzlari;
D) Doiradagi mablag`larning aylanishini tahlil qilish;

73. Savdo korxonalarning mablag`lari qanday vujudga keladi?


Savdo korxonalarining mablag`lari vujudga kelish manba’lariga ko`ra o`z mablag`lari, qarzga olingan mablag`lar va jalb qilingan mablag`larga bo`linadi. Savdo korxonalarining o`z mablag`lari ularning doimiy ihtiyorida bo`ladi, katta qarzga olingan mablag`lar esa ma’lum maqsadlar uchun olinadi hamda belgilangan muddatlarlarda qaytarib berilishi lozim bo`ladi.
O`z mablag`larining asosiy manbalari bo`lib, ustav fondi, asosiy vositalarning eskirishi, korxona foydasi va balansning passiv qisimdagi birinchi bo`lim ko`rsatgichlardan tashkil topadi.

74. Savdo korxonalarida mablag`lar mavjudligi qanday aniqlanadi?


Savdo korxonalarida balans bo`yicha aylanma mablag`lar mavjudligini aniqlash uchun balansning passiv qismidagi birinchi bo`limining yig`indisidan balansning aktiv qismdagi «Asosiy mablag`larga qo`yilmalar» degan birinchi bo`limning yig`indisini chiqarib tashlash yo`li bilan aniqlanadi. SHunday yo`l bilan topilgan o`z mablag`lari rejalashtirilgan aylanma mablag`lar bilan taqqoslanadi va ularning ortiqchasi va kamomadi aniqlanadi.


14-Mavzu: Korxonaning tashkiliy-texnik holatini ifodalovchi ko`rsatgichlar.


75. Korxona xo`jalik faoliyatni chuqur o`rganish uchun ko`rsatgichlar tizimi qanday ko`rsatgichlarni o`z ichiga oladi?


Korxona xo`jalik faoliyatini o`rganuvchi ko`rsatgichlar tizimiga quyidagilar kiradi:



    • Korxonaning tashkiliy-texnik holatini ifodalovchi ko`rsatgichlar;

    • Ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq ko`rsatgichlar;

    • Moliyaviy natijalar bilan bog`liq natijalar;

    • Korxonaning moliyaviy salohiyati bilan bog`liq ko`rsatgichlar;

    • Korxonaning to`lovga qodirlik darajasini ifodalovchi ko`rsatgichlar;

    • Korxonaning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko`rsatgichlar;

    • Korxonaning mustaqilligini ifodalovchi ko`rsatgichlar;

    • Korxonaning iqtisodiy nochorligini ifodalovchi ko`rsatgichlar;

    • Korxonaning faoliyatini ifodalovchi ko`rsatgichlar;

76. Korxonaning tashkiliy texnik holatini ifodalovchi ko`rsatgichlar qanday ko`rsatgichlar?


Korxonaning tashkiliy-texnik holatini ifodalovchi ko`rsatgichlar quyidagilarga bo`linadi:



  1. Tashkiliy holatini ifodalovchi ko`rsatgich;

  2. Texnik ta’minot darajasini ifodalovchi ko`rsatgich;

  3. Ishlab chiqarish jarayonida texnologik holatlarini ifodalovchi ko`rsatkichlar.

77. Mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish va sotish bilan boglik ko`rsatkichlarga qanday ko`rsatkichlar kiradi?


Korxonaning mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq ko`rsatgichlari ham tahlilda muhim rol o`ynaydi. Bo`larga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish bilan bog`liq ko`rsatgichlarga bo`linadi.



  1. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog`liq ko`rsatkichlar.

  2. Mahsulot sotish bilan bog`liq ko`rsatkichlar.

78. Moliyaviy natijalar bilan bog`liq ko`rsatkichlar tizimiga qanday tushuniladi?


Moliyaviy natijar bilan bog`liq ko`rsatgichlar iqtisodiy tahlilda asosiy ko`rsatgichlardan biri hisoblanadi. Bo`lar tarkibiga daromadlar, harajatlar, foyda va rentabellik bilan bog`liq ko`rsatgichlar kiradi.


Bu ko`rsatkichlarni quyidagicha ifodalash mumkin.

  1. Daromadni ifodalovchi ko`rsatkichlar;

  2. Harajatlarni ifodalovchi ko`rsatkichlar;

  3. Foyda va rentabellikni ifodalovchi ko`rsatkichlar.

79. Daromadlarni ifodalovchi ko`rsatgichlar qanday ko`rsatkichlar?


Daromadlarni ifodalovchi ko`rsatgichlarga yalpi daromad, asosiy faoliyatdan olinadigan daromad, moliyaviy faoliyat daromadi, tasodifiy daromad kabi ko`rsatgichlar kiradi.


80. Korxonaning iqtisodiy salohiyatiga doir ko`rsatgichlarni izohlang?


Korxonaning iqtisodiy salohiyati bilan bog`liq ko`rsatgichlarga asosiy vositalar, aylanma mablag`lar, nomoddiy aktivlar va mehnat potentsiali (saloxiyati) bilan bog`liq ko`rsatkichlar kiradi. Ularni quyidagicha guruhlash mumkin.



  1. Asosiy vositalar bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  2. Aylanma mablag`lar bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  3. Nommodiy aktivlar bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  4. Mehnat salohiyati bilan bog`liq ko`rsatkichlar.

81. Korxonaning moliyaviy salohiyatini ifodalovchi ko`rsatkichlar qanday ko`rsatkichlar?


Mazkur guruh ko`rsatkichlarga korxonaning o`z mablag`lari va unga tenglashtirilgan mablag`lari hamda chetdan jalb qilingan uzoq muddati bilan bog`liq ko`rsatgislar kiradi.


Bu ko`rsatkichlar tizimini quyidagicha ifodalanadi;

  1. O`z mablag`lari bilan bog`liq ko`rsatkichlar.

  2. CHetdan jalb qilingan mablag`lar bilan bog`liq ko`rsatgichlar.

82. Korxonaning to`lovga qodirlik darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlarni qanday ifodalash mumkin?


Korxonaning to`lovga qodirlik darajasini ifodalovchi ko`rsatkichlar erkin raqobat sharoitida o`ta muhim ahamiyatga ega. Ushbu ko`rsatkichlar tizimini tahlil qilish orqali hamisha korxonaning bankrot holatiga tushib qolishining oldini olishga erishish mumkin. Bu guruh ko`rsatkichlariga korxona balansining likvidligi bilan bog`liq ko`rsatkichlar, kreditni to`lashga qodirlik bilan bog`liq ko`rsatkichlar kiradi.


Bu ko`rsatkichlarni quyidagicha guruhlash mumkin:

  1. Korxonaning likvidlik bilan bog`liq ko`rsatkichlari;

  2. To`lov qobiliyati bilan bog`liq ko`rsatkichlar.

  3. Kreditni to`lashga qodirlik darajasi bilan bog`lik ko`rsatkichlar.

83. Korxonaning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko`rsatkichlarga qanday ko`rsatkichlar kiradi?


Korxonaning moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar, korxona faoliyatni qanday rivojlanganligini, bugungi kunda qanday va kelajakda qanday bo`lishi mumkinligini ifodalaydi.


Ular quyidagi besh guruhga bo`linadi:

  1. Korxonaning o`z mablag`lari (xususiy kapital) bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  2. CHetdan jalb qilingan mablag`lar bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  3. Harakatdagi mablag`lar bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  4. Asosiy vositalar bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  5. Aylanma mablag`lar bilan bog`liq ko`rsatkichlar.

84. Korxonaning mustaqilligini ifodalovchi ko`rsatkichlarni izohlab bering?


Korxonaning mustaqillikni ifodalovchi ko`rsatkichlar ham iqtisodiy tarkibiy qismidir.


Ular o`z mazmuni va mohiyati jixatdan ikki guruhga bo`linadi:

  1. Korxonaning iqtisodiy mustaqilligi bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

  2. Korxonaning moliyaviy mustaqililigi bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

85. Korxonaning iqtisodiy nochorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar qanday ko`rsatkichlar?


Korxonaning iqtisodiy nochorligi bilan bog`liq ko`rsatkichlar ham mulkdor, ham korxona menejeri uchun muhim ko`rsatkichdir.


Bu ko`rsatkichlar quyidagilar kiradi:

  1. Iqtisodiy nochorligini ifodalovchi ko`rsatkichlar;

  2. Bankrotlik ehtimolini aniqlaydigan ko`rsatkichlar;

86. Korxonaning faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar ikki yirik guruhga bo`linadi?


1.Korxona ish faoliyatni ifodalovchi ko`rsatkichlar:


2.Korxonaning bozor faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
87. Korxona ish faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar qanday guruhlanadi?

Korxona ish faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham o`z navbatida quyidagicha guruhlanadi:


-Iqtisodiy salohiyatdan foydalanish bilan bog`liq ko`rsatkichlar;
-Moliyaviy salohiyatdan foydalanish bilan bog`liq ko`rsatkichlar;
-Korxona faoliyati samaradorligi bilan bog`liq ko`rsatkichlar;

88. Korxonaning bozor faolligi nimani anglatadi?


Korxonaning bozor faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlarga quyidagilar kiradi:


-Korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ya’ni texnalogiya bozoridagi faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
-Korxonaning xom-ashyo bozoridagi faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
-Korxonaning mehnat bozoridagi faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
-Korxonaning moliya va investitsiya bozoridagi faoligini ifodalovchi ko`rsatkichlar;
-Korxonaning xalq iste’moli va ishlab chiqarish iste’moli bozoridagi faolligini ifodalovchi ko`rsatkichlar.

15-Mavzu: Iqtisodiy tahlilda ko`llaniladigan usullar va iqtisodiy terminlar.


89. Addetiv model nima?


Addetiv model natija bilim omillar o`rtasidagi bog`liqlik qo`shuv bilan ifodalanganda qo`llaniladi.


90. Multiplikativ model deganda nimani tushinasiz?


Multiplikativ model deganda natija bilan omillar o`rtasidagi bog`liqlikni qo`shuv bilan ifodalanganda qo`laaniladigan medeldir.


91. Kasrli modeldan qaysi paytda foydalaniladi?


Kasrli modeldan esa natija bilan omillar o`rtasidagi bog`liqlik bo`limi bilan ifodalanganda qo`llaniladi.


92. An’anaviy usullar qanday usullar?

An’anaviy usullar eng qadimgi usullar bo`lib, ular taxlil vujudga kelgandan keyin qo`llanib kelinayotgan usullardir.


93. Unumdorlik nimani anglatadi?


Unumdorlik ishlab chiqarishning foydaliligi, unumdorligini, mahsuldorlik barakali faoliyatni bildiradi.


94. Mehnat ressurslari nima?
Mehnat ressurslari-mahsulotning ish kuchiga bo`lgan extiyojini qonunga oladigan imkoniyatlari: mehnat sharoitida qatnashish qabo`liyati bo`lgan axolining bir qismidir.
95. Mehnat unumdorligi deb nimaga aytiladi?
Mehnat unumdorligi deb, vaqt birligi (soat, smena, oy, chorak, yil) ichida ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan o`lchanishiga aytiladi.

96. Mehnat unumdorligini hisoblashda qanday usullardan foydalaniladi?


Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagi uchta usulni qo`llash mumkin:


A) natural ko`rsatkichlar;
B)shartli natural ko`rsatkichlar;
V)pul (qiymat) ko`rsatkichlar:
Natural ko`rsatkichlar bir hil mahsulot ishlab chiqaradigan (tonna, metr, dona va xokazo) korxonalarda qo`llaniladi.
SHartli natural ko`rsatkichlar turli xil mahsulotlarni yagona o`lchovga keltirishga asoslangan. Masalan: 15 ot kuchi birligiga keltirilib hisoblangan traktorlar.
Qiymat ko`rsatkichlari har xil mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarda qo`llaniladi.

97. Ish vaqtidan foydalanishga qanday omillar ta’sir ko`rsatadi?


Mehnat unumdorligining o`sishi bevosita ish vaqtidan oqilona foydalanishga bog`liq. Bunga quyidagi omillar ta’sir ko`rsatadi:



  1. Ishchilarning o`rtacha ro`yxatdagi sonining o`zgarishi.

  2. Bir ishchi tomonidan bir yilda o`rtacha ishlangan kishi kunlarining o`zgarishi.

  3. Ish kuni uzunligini o`zgarishi.

98. Material sarfini kamaytirishni asosiy yo`llari nimadan iborat?


Material sarfini kamaytirishning quyidagi yo`llari mavjud:


-mahsulotlarning konstruktsiyasini o`zgartirish va takomillashtirish:
-ishlab chig`arish texnalogiyasini takomillashtirish;
-eng maqbo`l bichish kartalarini qo`llash orqali materiallarga ketadigan harajat normalarini kamaytirish;
-Ishlab chiqarishning ikkilamchi ressurslari va chiqitlaridan foydalanishni yo`lga qo`yish;
-ishlab chiqarishda brakka aslo yo`l qo`ymaslik va xokazo.

99. Asosiy fondlardan samarali foydalanish nimani bildiradi?


Asosiy fondlardan foydalanishning umumlashtiruvchi ko`rsatkichi bo`lib fonddan olinadigan samara hisoblanadi. U asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir so`mi yoki ming sumi hisobiga bir yil ichida qancha mahsulot chiqarilganligini ko`rsatadi.


Fond samarasi ko`rsatkichini aniqlash uchun tovar-mahsulot hajmi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o`rtacha yillik qiymatiga bo`linadi.

100. Balans likvidligi deganda nima va u qanday aniqlanadi?


Balans likvidliligi bozor sharoitlarida moliyaviy cheklovlarning kuchayishi va korxonaning qarzni to`lashga qodirligini baholash zaruriyati munosabati bilan yuzaga keladi.


Balans likvidliligi korxona majburiyatlarining, pul shakliga aylanish muddati majburiyatlarini to`lash muddatiga mos keladigan uning aktivlari bilan qoplanish darajasi sifatida aniqlanadi.
Likvidlik darajasi, ya’ni pul mabalg`lariga aylanish tezligiga qarab, korxona aktivlari quyidagi guruxlarga ajratiladi:
A-1) eng likvidli aktivlar-korxona pul mablag`lari va qisqa muddatli moliya sarflari (qiymatli qog`ozlar)
A-2) tez realizatsiya qilinadigan aktivlar-debitorlik qarz va boshqa aktivlar.
A-3) sekin realizatsiyalanadigan aktivlar («Zaxira va harajatlar» moddasi 2 bo`lim aktivi kelasi davrlar chiqimlari moddasi bundan istesno) shuningdek, «Uzoq muddatli moliya sarflari» moddasi (boshqa korxonalarning nizomiy jamg`armalariga topshiriladigan mablag`lar miqdoriga kamaytiriladigan mablag`lar miqdori kamaytirilgan) balans aktivi 1 bo`limidan « Muassasalar bilan hisob-kitoblar»
A-4) qiyin realizatsiyalanadigan aktivlar-«Aktivlar Asosiy mablag`lar va moliya sarflar» balansi aktivi 1 bo`limining moddalari, avvalgi guruhga kiritilgan shu bo`limining moddalari bundan istesno:
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:



  1. I.A.Karimov «O`zbekiston buyuk kelajak sari» T.O`zbekiston; 1998 y.

  2. M.Pardayev, V.Israilov Iqtisodiy tahlil. Toshkent «Iqtisod va xuquq dunyosi nashriyoti uyi», 2001 y.

  3. A.SHoalimov Sanoat korxonalarida xo`jalik faoliyatning tahlil qilish; Toshkent-2001 y.

  4. E.Ergashev Savdo korxonalarini xo`jalik faoliyatni tahlili Toshkent-1992 y.

  5. «O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi jurnali, 1998-2001 yillar»

  6. «Bozor, pul kredit» jurnali, 1997-2000 y

  7. B.A.Erkayev, G.I.Karimova «Bozor iqtisodiyoti» Toshkent-1997 y

  8. I.O.Voljin, V.V.Ergashboyev «Moliyaviy tahlil» Toshkent-1998 y.

  9. «Iqtisod va hisob» 6-son 1997 y.

  10. O`zbekiston qishloq xo`jaligi 3-son Toshkent-2001 y.

  11. O`zbekiston «Iqtisodiy axborotnomasi» Toshkent 7,8-sonlar.

  12. S.Nazimov, D.Eshonxo`jayev, «Qishloq xo`jaligida menejment» -2001 yil

  13. Audit Toshkent-1998 y.

MUNDARIJA:


1. Mavzu: Iqtisodiy tahlil fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari.
2- Mavzu: Iqtisodiy tahlilni tashkil etishni mohiyati va zarurligi,
3- Mavzu: Sanoat korxonasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishini tahlili.

4-Mavzu: Sanoat korxonasida mahsulotning tannarx ko`rsatkichlarini tahlil qilish.


5-Mavzu:Sanoat koxonalarida foyda va rentabellik ko`rsatkich-lari tahlili.


6-Mavzu: Sanoat korxonalaring moliyaviy holati tahlili.

7-Mavzu: Qishloq xo`jalik korxonalarida mahsulot yetishtirish va sotish rejasini bajarilashi hamda unga ta’sir etuvchi omillarning tahlili.


8-Mavzu: Qishloq xo`jalik korxonalarida davlatga mahsulot sotish, va yalpi daromad olishni tahlili.
9-Mavzu: O`simchilik va chorvachilik mahsulot tannarxining o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
10-Mavzu: Qishloq xujaligi korxonalarida yalpi daromad olish rejasini bajarilishi tahlili.
11-Mavzu: Savdo korxonalarida tovar aylanishi rejalarini bajarishga va uning o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili.
12-Mavzu: Savdo tashkilotlarida muomala harajatlarini o`zgarishining tahlili.
13-Mavzu: Savdo korxonasi moliyaviy holatining tahlili
14-Mavzu: Korxonaning tashkiliy-texnik holatini ifodalovchi ko`rsatkichlar.
15-Mavzu: Iqtisodiy tahlilda qo`llaniladigan usullar va iqtisodiy terminlar.






2

27


3

26


4

25


5

24


6

23


7

22


8

21


9

20


10

19


11

18


12

17


13

16


14

15

Download 142 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling