O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali
Download 3.33 Mb. Pdf ko'rish
|
fayl 1045 20210522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Statistika malumotlarini analiz va sintez qilish metodi.
- Anketa metodi.
Eksperiment metodi. Bu so‘z lotincha sinab, tekshirib ko‘rish, ilmiy
maqsadga qaratilgan tajriba ma'nosini anglatadi. Ta'lim-tarbiya ishlarida qo‘llaniladigan biror shakl , metod va vositaning foydaliligini aniqlash va tekshirish uchun o‘quv yurtlarida o‘tkaziladi. Eksperiment metodlari sharoitiga qarab turli xil qo‘llaniladi. 1. Tabiiy eksperiment (yaratuvchi, ixtiro qiluvchi eksperimentlar). Ushbu eksperimentning asoschisi rus psixologi A..F.Lazurskiy hisoblanadi. Bu metodda maktab faoliyati, ma'lum ta'lim-tarbiya muammolari asl holda suhbat, kuzatish va anketa asosida o‘quvchining o‘qish jarayonida, o‘z-o‘zini nazorat qilishida aniqlanadi. Masalan, maktab internatining tarbiyachilari o‘quvchilarning o‘zlari haqidagi g‘amxo‘rligini tabiiy tekshirishda pechda yoqadigan ho‘l va quruq o‘tin vositasida aniqlangan. Bolalar yashaydigan binoda yaqin joyda ho‘l o‘tin borligi, uzoqroq joyda quruq o‘tindan foydalanishning samarasini tekshirishni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilinsa, natija haqiqiy bo‘ladi. 2. O‘quvchilarning ongliligini yaratuvchi eksperiment (tadqiqotchi biror ma'no bo‘yicha taxminiy reja asosida o‘quvchi faoliyatining o‘quv jarayonida o‘zini-o‘zi nazorat qilish usullari, yo‘llari tekshirilib, ma'lum bir ilmiy pedagogik xulosa chiqariladigan tajriba deyish mumkin). Bu metoddan chiqarilgan xulosalar boshqa hamma maktablar hayotiga tadbiq qilinishi uchun nazorat eksperimentidan o‘tkazdiriladi. Chiqarilgan pedagogik xulosa esa o‘z navbatida mazkur masalani hal qilishning nazariyasi va metodologiyasi bo‘lib pedagogika yutug‘i hisoblanadi. Eksperiment metodlari o‘z mazmuni, turi va xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linish mumkin: didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik, chog‘ishtirma pedagogika va h. Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi. Pedagogik tadqiqotning kerakli statistika ma'lumotlari ma'lum bir maqsad bilan sismavzuli o‘rganish va umumlashtirishsiz amalga oshmaydi. Chunki bu ma'lumotlar jamiyatimizda madaniyat, fan, tarbiya va ta'limning barq urib taraqqiy etish qonunlarining rivojlanishida muhimdir. Xalq maorifi budjetining oshishi, o‘quv yurtlarida bolalar sonining ko‘payishi, maktabdan tashqari tarmoqlarning kengayishi, darsliklar, ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalarinig ortishi , o‘qituvchi kadrlar tayyorlash kabilar statistika ma'lumotlari bilan isbotlanadi. Anketa metodi. Anketa fransuzcha so‘z bo‘lib, tekshirish degan ma'noni anglatadi. Anketa metodi o‘quvchilardan so‘rash metodi bo‘lib, u o‘quvchilar tarkibining sifati to‘g‘risida kerakli ma'lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun, shuningdek, kasbga yo‘llashni belgilash uchun ma'lum bir shaklda o‘tkaziladi. Bu metodni qo‘llashda quyidagi talablarga amal qilish kerak: 1. Anketalar o‘quvchilarning pedagogik va ruhiy tavsifini tuzishning manbai va universal vositasiga aylantirmasligi kerak. 2. Anketalar juda katta va noaniq bo‘lmasligi kerak. 3. Anketani o‘tkazishda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va unga ajratilgan vaqt normada bo‘lishi kerak va h. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling