O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali
va chet tillarining o‘rgatilishiga tayyorlash”
Download 3.33 Mb. Pdf ko'rish
|
fayl 1045 20210522
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Badiiy adabiyotlar
va chet tillarining o‘rgatilishiga tayyorlash”-uchinchi yo‘nalishi asosida
pedagoglar bolalarda nutqni madaniyat va muloqot ko‘nikmasini hosil qildirib, so‘z lug‘atlarini boyib boradilar. Bolalarning dialogik va monologik nutqi, nutqning tovush va intonatsiya madaniyati, fonematik eshitish rivojlantiriladi, savodga tayyorgarlik, yozish va o‘qish malakalari shakllantiriladi, chet tillarni o‘rganishga hohish, istak rivojlantiriladi. Mazkur yo‘nalish indikatorlari nutq o‘stirish mashg‘uloti, savodga tayyorlash mashg‘uloti, chet tili, atrof olam bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish, ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘uloti, badiiy adabiyotmashg‘ulotlarida va kun davomida nutq o‘stirishni rivojlantiruvchi o‘yinlar, voqyeaband, roli, sahnalashtiruvchi, didaktik o‘yinlar, barmoq harakatlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar,tovush madaniyatini rivojlantiruvchi o‘yinlar, logopedik o‘yinlar, bosma harflar to‘plami o‘yinlari, chet tillarini o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik o‘yinlar, bolalar kutubxonasi faoliyati, o‘yin, sayr, yuvinish, ovqatlanish, kiyinish, mustaqil faoliyat, mehnat, sport bayramlari, ko‘ngil ochar soatlar, bayram ertaliklari, sog‘lomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalarida rivojlantiriladi. Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining “Bilish jarayonini rivojlantirish” mavzusidagi to‘rtinchi yo‘nalishi asosida pedagoglar bolalarni bilish jarayoniga qiziqishlari rivojlantiriladi, qiziquvchanlik va bilish istaklari orttiriladi. O‘z Vatani, yurti, mahallasi, qishlog‘i va millatining urf-odatlari, qadriyatlari va bayramlari haqidagi bilimlari shakllantiriladi.Bolalarda elementar matematik tasavvurlar shakllantiriladi:son-sanoq va hisoblashga oid bilimlar, geometrik shakllarni bilish, predmetlarni toifalash va tartib bo‘yicha joylashtirish, fazo va vaqt haqidagi bilimlar beriladi. Yangi tahrirdagi Davlat talablarining elementar matematik tasavvurlarini shakllantirish bo‘limiga 1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri va teskari sanash, 20 gacha bo‘lgan sonlar ichida ayrim matematik amallarni bajarish (qo‘shish, ayirish, taqqoslash) vazifalar kiritildi. Bunda pedagoglarga tarbiyalanuvchilarning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularning qiziqish, ehtiyojlarini qondirishda ta'lim berishning differensiallashgan yondashuvlarini joriy etish malakalariga ega bo‘lishlik va otaonalarni ta'lim jarayoniga jalb etish talab etiladi. Mazkur yo‘nalish indikatorlari atrof olam bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish, nutq o‘stirish mashg‘uloti, sensor tarbiya mashg‘uloti, ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘uloti, badiiy adabiyot mashg‘ulotlaridava kun davomidatabiat haqidagi bilimlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar (ta'limiy, didaktik, mantiqiy), atrof olam haqidagi bilimlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar (ta'limiy, didaktik, mantiqiy), elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishga mo‘ljallangan o‘yinlar (ta'limiy, didaktik, mantiqiy), yassi geometrik shaklli o‘yinlar (ta'limiy, mantiqiy, didaktik ) va kun davomida mustaqil faoliyatlarda,sayr, tajriba o‘tkazish jarayonida, mehnat faoliyati, bolalar kutubxonasi faoliyati, to‘garaklarda rivojlantiriladi.Pedagog hamda ota-onalar bilan uzluksizhamkorlik qilinsagina ta'lim samaradorligiga erishiladi. Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining “Badiiy adabiyotlar Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling