O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


va chet tillarining o‘rgatilishiga tayyorlash”


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

va chet tillarining o‘rgatilishiga tayyorlash”-uchinchi yo‘nalishi asosida 
pedagoglar bolalarda nutqni madaniyat va muloqot ko‘nikmasini hosil qildirib, 
so‘z lug‘atlarini boyib boradilar. Bolalarning dialogik va monologik nutqi, 
nutqning tovush va intonatsiya madaniyati, fonematik eshitish rivojlantiriladi, 
savodga tayyorgarlik, yozish va o‘qish malakalari shakllantiriladi, chet tillarni 
o‘rganishga hohish, istak rivojlantiriladi. 
Mazkur yo‘nalish indikatorlari nutq o‘stirish mashg‘uloti, savodga 
tayyorlash mashg‘uloti, chet tili, atrof olam bilan tanishtirish, tabiat bilan 
tanishtirish, ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg‘uloti, badiiy 
adabiyotmashg‘ulotlarida va kun davomida nutq o‘stirishni rivojlantiruvchi 
o‘yinlar, voqyeaband, roli, sahnalashtiruvchi, didaktik o‘yinlar, barmoq 
harakatlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar,tovush madaniyatini rivojlantiruvchi 
o‘yinlar, logopedik o‘yinlar, bosma harflar to‘plami o‘yinlari, chet tillarini 
o‘rganishga mo‘ljallangan didaktik o‘yinlar, bolalar kutubxonasi faoliyati, o‘yin, 
sayr, yuvinish, ovqatlanish, kiyinish, mustaqil faoliyat, mehnat, sport bayramlari, 
ko‘ngil ochar soatlar, bayram ertaliklari, sog‘lomlashtirish tadbirlari, sport 
musobaqalarida rivojlantiriladi. 
Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining “Bilish jarayonini 
rivojlantirish” mavzusidagi to‘rtinchi yo‘nalishi asosida pedagoglar bolalarni bilish 
jarayoniga qiziqishlari rivojlantiriladi, qiziquvchanlik va bilish istaklari orttiriladi. 
O‘z Vatani, yurti, mahallasi, qishlog‘i va millatining urf-odatlari, qadriyatlari va 
bayramlari haqidagi bilimlari shakllantiriladi.Bolalarda elementar matematik 
tasavvurlar shakllantiriladi:son-sanoq va hisoblashga oid bilimlar, geometrik 
shakllarni bilish, predmetlarni toifalash va tartib bo‘yicha joylashtirish, fazo va 
vaqt haqidagi bilimlar beriladi. Yangi tahrirdagi Davlat talablarining elementar 
matematik tasavvurlarini shakllantirish bo‘limiga 1 dan 100 gacha bo‘lgan 
sonlarni to‘g‘ri va teskari sanash, 20 gacha bo‘lgan sonlar ichida ayrim matematik 
amallarni bajarish (qo‘shish, ayirish, taqqoslash) vazifalar kiritildi. Bunda 
pedagoglarga tarbiyalanuvchilarning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda ularning 
qiziqish, 
ehtiyojlarini 
qondirishda 
ta'lim 
berishning 
differensiallashgan 
yondashuvlarini joriy etish malakalariga ega bo‘lishlik va otaonalarni ta'lim 
jarayoniga jalb etish talab etiladi. 
Mazkur yo‘nalish indikatorlari atrof olam bilan tanishtirish, tabiat bilan 
tanishtirish, nutq o‘stirish mashg‘uloti, sensor tarbiya mashg‘uloti, ilk matematik 
tasavvurlarni shakllantirish mashg‘uloti, badiiy adabiyot mashg‘ulotlaridava kun 
davomidatabiat haqidagi bilimlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar (ta'limiy, didaktik, 
mantiqiy), atrof olam haqidagi bilimlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar (ta'limiy, 


didaktik, mantiqiy), elementar matematik tasavvurlarini shakllantirishga 
mo‘ljallangan o‘yinlar (ta'limiy, didaktik, mantiqiy), yassi geometrik shaklli 
o‘yinlar (ta'limiy, mantiqiy, didaktik ) va kun davomida mustaqil 
faoliyatlarda,sayr, tajriba o‘tkazish jarayonida, mehnat faoliyati, bolalar 
kutubxonasi faoliyati, to‘garaklarda rivojlantiriladi.Pedagog hamda ota-onalar 
bilan uzluksizhamkorlik qilinsagina ta'lim samaradorligiga erishiladi. 
Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining “Badiiy adabiyotlar 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling