O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali
bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish”
Download 3.33 Mb. Pdf ko'rish
|
fayl 1045 20210522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integrallashuv
bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish” mavzusidagi beshinchi
yo‘nalishi asosida pedagoglar bolalarga kitobning qadr-qiymati, kitob o‘qish madaniyati tushuntiradilar, bolalar adabiyoti bilan tanishtiradilar. Shuningdek bolalar san'at asarlari bilan tanishtiriladi. Musiqa, badiiy adabiyot, xalq og‘zaki ijodi haqidagi tushunchalarga ega bo‘ladilar. Mazkur yo‘nalish indikatorlari badiiy adabiyot bilan tanishtirish, musiqa, rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlarida va kun davomidadidaktik, barmoq harakatlarini rivojlantiruvchi syujjetli o‘yinlar, musiqiy harakatli o‘yinlar, stol usti teatri, barmoq teatri, qo‘lqopli teatr, bolalar kutubxonasi, to‘garak faoliyatlarida rivojlantiriladi. Yangi tahrirdagimaktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablari mazmunida maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar, maktabgacha ta'lim dasturidagi mashg‘ulotlar hajmi, soha va yo‘nalishlarning mashg‘ulot va faoliyatlardagi(kun davomida barcha faoliyatlarda) integrallashuvi mazmuni yoritib berilgan. Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining 7-ilovasida Davlat talablari soha va yo‘nalishlarning mashg‘ulot va faoliyatlardagi integrallashuvi ko‘rsatilgan. Pedagoglar yo‘nalishlar asosidagi indikatorlarni kun davomida turli faoliyatlarda integrallashuv orqali amalga oshirishlari hamda mashg‘ulotlarni integrallashuv tarzda olib borib, Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining indikatorlarni bolalarda rivojlantirishga erishmog‘i darkor. Integrallashuv – bola rivojlanishining har bir sohasi, uning boshqa sohalari bilan uzviy bog‘liqligi va ularning bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan jarayonidir. Masalan,matematika, qurish-yasash, aplikatsiya yoki nutq o‘stirish, badiiy adabiyot, rasm mashg‘ulotlarini bir-biriga uzviy bog‘lab, o‘zaro uyg‘unlashtirib olib borishni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Buning uchun pedagoglar Davlat talablarining yo‘nalishlari asosida berilgan indikatorlarni mashg‘ulot maqsadiga kiritgan holda mashg‘ulot ishlanmalarini tuza olishlari va mashg‘ulotga olingan maqsadniamalga oshira olish malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Pedagoglar Davlat talablarini bajarish uchun mashg‘ulotdan tashqari bolalarning qiziqishlariga ko‘ra ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar ochishlari, bolalar o‘rtasida qobiliyatli, iqtidorlilarini aniqlab, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan festival, tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishlari kerak. Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining 8-ilovasida maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkaziladiganmashg‘ulotlar davriyligi berilgan. Pedagoglar Davlat talablariga rioya qilingan holda muassasaning ta'lim- tarbiya faoliyati rejalashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jadvalini ijodiy yondoshgan holda tuzadilar. Mazkur malaka ishda namunaviy haftalik mashg‘ulotlar bir-biri bilan uyg‘unlashtirilib – integrallashgan tarzda ilova qilindi. Tarbiyachilar mashg‘ulotlar jadvaliga ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling