O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


 И.А.Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

4
 И.А.Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. 


Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va 
barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda 
rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir 
ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi. 
O‘tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi va Maktab ta'limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi 
amalda nihoyasiga etkazildi. 9 yillik umumta'lim maktab bosqichini va 3 yillik 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim bosqichini o‘z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta'lim 
tizimi yaratildi va 12 yillik ta'lim tizimiga o‘tish yakunlanmoqda. 
2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan 
chora tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda, ularning avvalo eng muhim 
masalalarga - yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini 
yanada oshirishga yo‘naltirilganish aloxida qayd etish zarur. 
”O‘rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda davlat byudjetining 50 
foizdan ko‘prog‘i mamlakatimizda faqat ta'lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash 
sohalarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so‘z borganda, o‘tgan yillar davomida katta kuch va 
mablag‘ hisobidan ta'lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va 
samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo‘lishi 
kerak, deb o‘ylayman”
i
.
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet 
tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini 
o‘zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg‘or 
yutuqlar nafaqat maktab, lisey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlariga, balki har qaysi 
oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin tug‘dirishning ahamiyatini chuqur 
anglab olishimiz lozim.
Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, 
Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to‘g‘risida"gi 
qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni (1997-yil 29-avgust) ro‘yobga 
chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta'limning yangi 
modeli yaratiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, 
uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga 
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi. 
Prezident tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiya modelini 
amaliyotga tadbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog‘liqdir.
Ushbu dastur mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni 
tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to‘laqonli ochib berilgandir. 
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o‘zida ta'lim jarayonini 
samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko‘tarish, shu bilan birga jahon 
ta'limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan 
iboratdir. 


Shaxs – kadrlar tayyorlash 
tizimining bosh sub'ekti va 
ob'ekti, ta'lim sohasidagi 
xizmatlarning iste'molchisi 
va ularni amalga oshiruvchi 
 
Davlat va jamiyat – ta'lim va 
kadrlar tayyorlash tizimining 
faoliyatini tartibga solish va 
nazorat qilishni amalga 
oshiruvchi kadrlar tayyorlash va 
ularni qabul qilib olishning 
kafillari 
 
Uzluksiz ta'lim – malakali 
raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlashning asosi. 
Ta'limning barcha turlari va 
standartlarini o‘z ichiga oladi. 
Fan – yuqori malakali 
mutaxassislar tayyor-lovchi va 
ulardan foyda-lanuvchi, ilg‘or 
pedagogik axborot 
texnologiyala-rini ishlab 
chiquvchi
 
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo‘lgan 
ehtiyojni, ular sifatiga qo‘yilgan 
talablarni belgilovchi asosiy 
buyurtmachi, tizimni moliya va moddiy 
texnik baza bilan ta'minlash 
qatnashchisi. 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling