O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali
Download 3.33 Mb. Pdf ko'rish
|
fayl 1045 20210522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- 4-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida Xalq talimi tizimi va uning turlari. O‘zbekiston Respublikasining “Talim to‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar
Nazorat uchun savollar: 1. Maktabgacha ta'lim dasturini yaratilishi tarixi haqida nima bildingiz? 2. Uchinchi ming yillikni bolasi dasturini mazmunini asoslab bering. 3. Maktabgacha ta'lim tayanch dasturini asosiy bo‘lim va mazmunini izoxlang. 4. Dasturni takomillashtirishga sizni fikringiz. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 13. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni. 14. “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30- sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni. 15. “2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori. 16. “Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9- sentyabrdagi PQ-3261-sonli Qarori. 17. Rahimov Sh. Asosiy vazifa – bolalarni ta'limga qamrab olish.// “Maktabgacha ta'lim” jurnali, 3-son, 2017. 2-3 bet. 18. Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...: ota-onalar uchun. – T.: Manaviyat, 2013. – 320 b. 4-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta'limi tizimi va uning turlari. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Reja: 1. Xalq ta’limi tizimi va uning turlari 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonuni. 3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari. Aniq maqsadni ko‘zlab mamlakatimiz yoshlariga ta'lim-tarbiya beradigan muassasalar xalq ta'limi tizimidir. Xalq ta'limi tizimining taraqqiyoti shu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarini rivojiga, jamiyat taraqqiyotiga ta'sir etadigan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, milliy xususiyatlarga bog‘liq. Xalq ta'limi tizimi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘grisidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Konstitutsiyamizning 18-, 41- moddasida ko‘rsatilganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy maqyeidan qa'tiy nazar bilim olish huquqiga egadirlar. Fuqarolarning bepul umumiy ta'lim olishlari davlat tomonidan kafolatlangan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustda o‘tkazilgan IX sessiyasida umumxalq muxokamasidan o‘tgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari bosqichma- bosqich amalga oshirilib boriladi. Har bir bosqich muayyan vazifalarni hal etishni nazarda tutadi. I-bosqich (1997-2001) - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoit yaratish. II-bosqich (2001-2005) – milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy, iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda aniqliklar kiritish. III-bosqich (2005 yil va undan keyingi yillar) to‘plangan tajribalarni tahlil etish, umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish. Samarali ta'limni tashkil etish jamiyat taraqqiyotini millatning, xalqning porlok kelajagini ta'minlaydi. Shu bois ta'limni tashkil etish nafaqat davlatning balki umumhalq ishdir. Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan ota – onalar ko‘mitasi o‘kvchilar o‘z - o‘zini boshqarish organlarining kuchi va imkoniyatlaridan shuningdek otalik tashkilotlarning moliyaviy ma'naviy qullab quvvatlashlari evaziga ta'lim samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu prinsip manna shu g‘oyani ochib berishga hizmat qiladi. Ta'lim tizimi deb muayyan jamiyatda ijtimoiy tarixiy jarayonda tarkib topgan ma'lum talablar asosida boshqariladigan xamda bir – biri bilan bog‘langan barcha tipdagi o‘kuv tarbiya muassasalarining yig‘indisiga aytiladi. Ta'lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun va xujjatlarda belgilangan tartibda faoliyat olib boriladi. ta'lim tizimi ijtimoiy – tarixiy xarakterga ega bo‘lib, muayyan jamiyatning ijtimoi- iqtisodiy madaniy taraqqyoti darajasida, hamda siyosati mazmuni bilan bog‘lik xolda tarkib topadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX – sessiyasida (1997-yil 29-avgust) qabul qilingan ta'lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) davlat ta'lim standartlariga muvofiq, ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari; b) ta'lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy – tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar; v) ta'lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta'limni bosqichma – bosqich amalga oshrish uchun xizmat qiladilar. O‘zbekiston Respublikasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi. Ta'lim turlari: Maktabgacha ta'lim Umumiy o‘rta ta'lim O‘rta maxsus kasb - hunar ta'limi Oliy ta'lim Oliy uquv yurtidan keyingi ta'lim Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta'limi Maktabdan tashqari ta'lim. O‘zbekiston Respublikasi «Ta'lim to‘g‘risidagi qonuni», «Ta'lim turlari» xususidagi 10-moddasida shunday deyiladi: - Maktabgacha ta'lim. Uch yoshdan boshlab, olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida va mulkchilik ko‘rinishlaridan qa'tiy nazar, boshqa ta'lim tashkilotlarida olib boriladi. - Boshlang‘ich ta'lim. 1-4 sinflarni o‘z ichiga oladi. O‘qish 6-7 yoshdan boshlanadi. - Umumiy ta'lim. O‘quvchilarga 5-9 sinflar doirasida bilim va tarbiya beralida. - O‘rta maxsus bilim va kasb-hunar bilimi. O‘qish muddati 3 yildan kam bo‘lmagan akademik va kasb-hunar litseylari va kollejlari. - Oliy mutaxassislik ta'limi To‘rt yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi. Oliy mutaxassislik ta'limi: bakalavrlik, magistraturaga bo‘linadi. Bakalavrlik – bazaviy oliy ta'lim berish demakdir. Unda o‘qish kamida 4 yil davom etib, oliy ma'lumot va tayanch mutaxassislik diplomi olish bilan tugaydi. Magistratura – aniq mutaxasislik bo‘yicha oliy kasbiy ta'lim bo‘lib, bakalavrlik negizida kamida 2 yil davom etadi. Unda tahsil yakuniy kvalifikatsion davlat attestatsiyasi va magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish bilan yakunlanadi. - Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim PhD nihoyasiga yetkazilgan magistrlik negizida 3 yil davom etadi. PhD akademiya va kvalifikatsion imtixonlari, nomzodlik dissertatsiyalarini himoyasi bilan yakunlanadi. Doktorantura – fan nomzodi ilmiy darajasi negizida 3 yil davom etadi, dissertatsiya himoyasi bilan yakunlanadi. - Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash. - Maktabdan tashqari ta'lim. Download 3.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling