O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari 
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" 
asarlarida haqli ravishda ta'kidlaganlaridek, ”Agarki dunyo imoratlari ichida eng 
ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va 
murabbiylikdir, desak o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz''
4

Chindanda o‘z ertangi kelajagiga befarq bo‘lmagan millat, yorug‘ va 
farovon kunlarini uning egalari bo‘lmish yosh avlod istiqbolida ko‘rgan millat 
ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi. 
Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari 
bo‘lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo‘lgan ustoz va 
murabbiylar kasbiga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o‘z 
navbatida o‘ta mas'uliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilgan. 
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan islohotlar 
bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof 
etilmoqda. 
Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, 
eng so‘nggi rusumdagi o‘quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni 
haqiqatdir. 
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan 
xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog‘liq. Shaxsning ta'lim-tarbiya 
sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik isloqotlarga 
intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. 
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong 
darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya 
tizimini o‘zgartirmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni 
o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni 
barpo etib bo‘lmaydi". 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling