Davlat talablari sohalari yo‘nalishlari bo‘yicha indikatorlarni bolalar
tomonidan o‘zlashtirganlik darajasini tahlil qilish.
Bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalari, ularning har tomonlama
rivojlanishi hamda maktab ta'limiga tayyorgarlik darajalari mazkur Davlat
talablarining 7-ilovasida nazarda tutilgan mashg‘ulot va faoliyatlarni o‘tkazish
jarayonida
mazkur
Davlat
talablarining
1–6-ilovalarida
ko‘rsatilgan
indikatorlarning bajarilishini kuzatish, o‘rganish, tahlil qilish va baholash orqali
aniqlanadi.
Mazkur Davlat talablarida yo‘nalishlar bir necha sohaga bo‘lingani,
sohadagi indikatorlar soni ko‘pligini inobatga olib, pedagoglar mazkur
indikatorlar yuzasidan tarbiyalanuvchilar egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalarni o‘rganish va tahlil qilishda ma'suliyat bilan yondoshib, kun davomida
har bir bolani kuzatishi, o‘rganishi bilan, indikatorlarni bolalar tomonidan
o‘zlashtirganlik darajasini turli faoliyatlarda (mashg‘ulotlar, o‘yinlar(voqyeaband,
ta'limiy, harakatli),yertalabki badantarbiya, mustaqil faoliyat, ko‘ngil ochar
soatlar, musobaqalar, ko‘rik tanlovlar, to‘garak ishlarida vahokozo)kuzatib,
o‘rganib tahlil qilib boradilar.Bunda bolani kuzatish xaritasida berilgan
indikatorlar, nazorat tekshiruv topshiriqlardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
Nazorat tekshiruv topshiriqlarni baholash mezoni.
3ball–faoliyat me'yorga mos keladi.
(Bola topshiriqni mustaqil bajardi)
2ball–me'yordan biroz pastroq.
(Bola
topshiriqni
bajardi,
lekin
1-2ta
xatoga yo‘l qo‘ydi)
1 ball - me'yordan sezilarli darajada past.
(Bola topshiriqni bajarishga harakat qildi, lekin 3tadan ortiq xatoga yo‘l
qo‘ydi).
Tarbiyachilar bolalarda ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish yo‘nalishdagi
indikatorlarni bolalarda shakllanganini aniqlash uchun mazmunli suratlar, badiiy
asarlar o‘qib berish, oila, odob-axloq haqida suhbatlar tashkil etib bolalarning
voqyeaga nisbatan fikrlari, javoblarini eshitib, voqyeaband o‘yinlarda bolalarning
o‘zlarini ijobiy fazilatlarini namayon etishlari asosida baholash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |