O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish”


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish” mavzusidagi beshinchi 
yo‘nalishi asosida pedagoglar bolalarga kitobning qadr-qiymati, kitob o‘qish 
madaniyati tushuntiradilar, bolalar adabiyoti bilan tanishtiradilar. Shuningdek 
bolalar san'at asarlari bilan tanishtiriladi. Musiqa, badiiy adabiyot, xalq og‘zaki 
ijodi haqidagi tushunchalarga ega bo‘ladilar. 
Mazkur yo‘nalish indikatorlari badiiy adabiyot bilan tanishtirish, musiqa, 
rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg‘ulotlarida va kun davomidadidaktik, 
barmoq harakatlarini rivojlantiruvchi syujjetli o‘yinlar, musiqiy harakatli o‘yinlar,
stol usti teatri, barmoq teatri, qo‘lqopli teatr, bolalar kutubxonasi, to‘garak 
faoliyatlarida rivojlantiriladi. 
Yangi tahrirdagimaktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablari 
mazmunida maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar
maktabgacha ta'lim dasturidagi mashg‘ulotlar hajmi, soha va yo‘nalishlarning 
mashg‘ulot va faoliyatlardagi(kun davomida barcha faoliyatlarda) integrallashuvi 
mazmuni yoritib berilgan. 
Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining 7-ilovasida Davlat 
talablari soha va yo‘nalishlarning mashg‘ulot va faoliyatlardagi integrallashuvi 
ko‘rsatilgan. Pedagoglar yo‘nalishlar asosidagi indikatorlarni kun davomida turli 
faoliyatlarda integrallashuv orqali amalga oshirishlari hamda mashg‘ulotlarni 
integrallashuv tarzda olib borib, Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat 
talablarining indikatorlarni bolalarda rivojlantirishga erishmog‘i darkor. 
Integrallashuv – bola rivojlanishining har bir sohasi, uning boshqa sohalari 
bilan uzviy bog‘liqligi va ularning bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan 
jarayonidir. Masalan,matematika, qurish-yasash, aplikatsiya yoki nutq o‘stirish, 
badiiy adabiyot, rasm mashg‘ulotlarini bir-biriga uzviy bog‘lab, o‘zaro 
uyg‘unlashtirib olib borishni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. 
Buning uchun pedagoglar Davlat talablarining yo‘nalishlari asosida 
berilgan indikatorlarni mashg‘ulot maqsadiga kiritgan holda mashg‘ulot 
ishlanmalarini tuza olishlari va mashg‘ulotga olingan maqsadniamalga oshira olish 
malakalariga ega bo‘lishlari kerak. Pedagoglar Davlat talablarini bajarish uchun 
mashg‘ulotdan tashqari bolalarning qiziqishlariga ko‘ra ularning ijodiy 
imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan to‘garaklar ochishlari, bolalar o‘rtasida 
qobiliyatli, iqtidorlilarini aniqlab, shaxsni rivojlantirishga qaratilgan festival, 
tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishlari kerak. 
Maktabgacha ta'limga qo‘yilgan davlat talablarining 8-ilovasida 
maktabgacha ta'lim muassasalarida o‘tkaziladiganmashg‘ulotlar davriyligi 
berilgan. Pedagoglar Davlat talablariga rioya qilingan holda muassasaning ta'lim-


tarbiya faoliyati rejalashtirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jadvalini ijodiy 
yondoshgan holda tuzadilar.
Mazkur malaka ishda namunaviy haftalik mashg‘ulotlar bir-biri bilan 
uyg‘unlashtirilib – integrallashgan tarzda ilova qilindi. Tarbiyachilar mashg‘ulotlar 
jadvaliga ijodiy yondashgan holda foydalanishlari mumkin. 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling