O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


 Фалсафа: қомусий луғат (Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ.Назаров). – Т.: Шарқ, 2004. – Б.166


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

10
 Фалсафа: қомусий луғат (Тузувчи ва масъул муҳаррир Қ.Назаров). – Т.: Шарқ, 2004. – Б.166. 
11
 Педагогика. Большая современная энциклопедия. – Минск: Современное слово, 2005. – С.58. 


o‘zini realizatsiyalash, ma'naviy, ijtimoiy va kasbiy shakllanishida maksimal 
darajada qoniqishga yo‘naltirilgan o‘z noyobligini yo‘qotish, hayot, tabiat dunyosi 
va madaniyatdan begonalashib ketish xavfidan himoyalanishga chaqiradi. 
Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi. Maktabgacha ta'lim 
muassasasi bola uchun boshlang‘ich va asosiy tarbiya maskani hisoblanib, aynan 
tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi tarbiya tizimida katta o‘rin tutadi. U 
tarbiyachidan ikkita asosiy yo‘nalishda faoliyatni amalga oshirishni talab etadi: 1) 
tarbiyalanuvchilarni kishilarning mehnat faoliyati bilan keng tanishtirish; 2) 
tarbiyalanuvchilarni real hayotiy munosabatlarga, ijtimoiy foydali faoliyatning 
xilma-xil turlariga jalb etish. 
Tarbiyaning 
mehnat bilan bog‘liqligini oqilona amalga oshirish 
tarbiyachidan tarbiyalanuvchilarning quyidagi ko‘nikma va malakalarga ega 
bo‘lishlariga erishishni talab etadi: 
1) 
tarbiyalanuvchilarning mehnatning jamiyat va uning har bir a'zosi uchun 
ahamiyatini tushunib yetishlari; 
2) 
moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratuvchilar mehnatini hurmat qilish; 
3) 
tarbiyalanuvchilarni o‘z ustida ishlashlari, muntazam ravishda mehnat 
qilishga odatlanish
4) 
tarbiyalanuvchilarni kasb-hunarga oid tushunchalarni o‘zlashtirib 
borishlari va ular haqida ma'lumotga ega bo‘lishlari; 
5) 
moddiy va ma'naviy boyliklarga mas'uliyatli munosabatda bo‘lish. 
Tarbiyaning hayot va mehnat bilan bog‘liqligi tamoyili mazkur tamoyilning 
alohida tomonlarini ochib beruvchi quyidagi qoidalar asosida amalga oshirishni 
talab etadi: 
1. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy va mehnat tarbiyasida mavhumlik va 
yuzaklikdan voz kechib, ularning aniq va mahsuldor faoliyatga jalb etish. 
Mashg‘ulotlar jarayonida izchillik va ketma-ketlikka rioya etish zarur. 
2. Tarbiyachi oila bilan o‘z faoliyatini muvofiqlashtirgan holda, har bir 
tarbiyalanuvchiga ularning jamiyatga qo‘shadigan munosib hissasi uyda va 
maktabgacha ta'lim muassasasida kattalarga yordam berish ekanligini tushuntirish. 
3. Bolalar odatda doimiy ravishda faoliyatning biror turi bilan 
shug‘ullanishga intiladi, ularning tabiati uchun sustlik, bekor o‘tirish kabilar xos 
emas. 
Agar 
tarbiyachi 
mazkur 
jihatni 
hisobga 
olmasa, 
bolalarning 
ijtimoiylashuviga o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatadi. 
4. Mazkur tamoyilni amalga oshirish tarbiyaviy ishlar jarayonida 
o‘lkashunoslik materiallaridan keng foydalanishni talab etadi. 
5. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda hayotiy masalalarni muhokama qilish, 
ularni o‘z xulosalarini aytishga o‘rgatish ularda insonparvarlik va fuqarolik hissini 
uyg‘otishga xizmat qiladi. 
6. Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi tamoyilini muvafaqqiyatli amalga 
oshirish uchun mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlari bilan 
bog‘liqlikda tarbiya mazmuni va metodikasini qayta ko‘rib chiqish va yangilab 
borish lozim. 


7. Tarbiyaviy jarayon shunday tashkil etilishi lozimki, tarbiyalanuvchilar 
to‘la qoniqish hosil qilishlari uchun ularning mehnati kishilar va jamiyatga zarur 
ekanligini his eta olishlari zarur.
Bugungi kunda tarbiya jarayoniga xilma-xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, 
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda mazkur yondashuvlarni hisobga olish juda 
muhimdir.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Mazkur yondashuvning mohiyati – 
bixevioristik yo‘nalganlik, tarbiyani shaxsning xulq-atvoriga ta'sir ko‘rsatadigan 
ijtimoiy pedagogik ta'sir sifatida qarash; har bir pedagogik ta'sir tarbiyalanuvchida 
uning so‘zlari, xatti-harakati yo amallarida namoyon bo‘ladigan ma'lum javobni 
yuzaga keltiradi. 
Madaniyatshunoslik yondashuvi. Maxsus tashkil qilingan pedagogik jarayon 
sifatida tarbiyadan voz kechish. Madaniyatni, dunyo manzarasini egallash 
jarayonida atrofdagilarning xatti-harakatlari va xulqiga tabiiy tarzda moslashish. 
Aksiologik yondashuv. Mohiyati – insonning jamiyatdagi hayotining o‘zini 
qadriyat sifatida qaraydigan asosiy falsafiy qadriyatlar nazariyasi; tarbiya hayotga 
taryorlashga, shaxsiy qadriyatli yo‘nalganlik va shaxsning munosabatlarini 
shakllantirishga 
qaratilgan. 
Tarbiya 
qadriyatlarni 
o‘zlashtirish 
va 
interiorizatsiyalash jarayoni sifatida tashkil etiladi.
Ijtimoiylashtirishga doir yondashuv: tarbiyaga “hayot maktabi” sifatida 
qarash; ijtimoiy ahamiyatli sifatlarni shakllantirish; hayotiy tajribani 
sotsiumda egallash; sotsiumda ijodiy o‘z-o‘zini rivoojlantirishni qo‘llab-
quvvatlash. 
Germenevtik yondashuv: insonparvarlikka doir hodisalarni tushunish va 
talqin qilishning G-nazariyasi; sub'ektning psixologik tajribasiga, kechinmaga 
murojaat; o‘qituvchi va bola dialogi sifatida tashkil qilinadigan pedagogik o‘zaro 
hamkorlik vaziyatida kechinmalarni yuzaga keltirish; tarbiyalanuvchi hayot 
mazmuni va uning hayot qadriyatlariga munosabatini tushunish. 
Sinergetik yondashuv: shaxsni o‘zgartirish yo‘llarining variativligi;
bifurkatsiya (tanlov) nuqtasidan foydalanish; shaxsning ichki imkoniyatlari. 
Antropologik yondashuv: insonparvarlik pedagogikasi, refleksiv pedagogika; 
individual qobiliyatlarni rivojlantirish; o‘z-o‘ziga tarbiya ehtiyojini rivojlantirish; 
insonparvar maqsadlarni axloqiy fazilatlar sifatida (insoniylik, ishonch, 
minnatdorlik, chidamlilik) qo‘yish; tashhislash; shaxsning o‘z-o‘zini belgilashini 
ta'minlash. 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling