O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


-Mavzu: Tarbiya turlari va uning shaxs kamolotiga ta’siri


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

 
16-Mavzu: Tarbiya turlari va uning shaxs kamolotiga ta’siri 
 
Reja: 
1. Tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati 
2. Tarbiya qonuniyatlari. 
3. Tarbiya tamoyillari.
4. Tarbiya jarayonini tashkil etish-ga doir zamonaviy yondashuvlar va ularning 
o‘ziga xosliklari. 
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va 
pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga 
turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, 
keng va tor ma'nodagi tarbiya farqlanadi. Keng ma'noda tarbiya shaxsga 
jamiyatning ta'sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya 
ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik 
jarayon sharoitida ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va 
tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda 
pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi. 
Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi 
hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish. 
Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda 
tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati 
va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. 
Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi: 

tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo‘naltirilgan rivojlanishi hamda 
ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; 

jamiyat rivoji uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha 
hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash; 

madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini 
ta'minlash; 

ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga 
olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga 
solish. 


Tarbiya jarayonitarbiyaviy ishlar, tadbirlarning doimiy harakatdagi 
zanjiridan iborat. Tarbiyaviy tadbirlar – turli xil moddiy va ma'naviy ehtiyojlarga 
javob 
beruvchi, 
tarbiyaviy 
maqsadlarnipg 
yagona 
majmuasiga 
bo‘ysundirilgan, bir-biri bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi, o‘zida bir butun ta'limni 
ko‘zda tutgan tarbiyaviy ta'sir majmuidir. Ta'lim jarayoni alohida mashg‘ulotlardan 
tashkil topgani kabi tarbiyaviy tadbirlardan tarbiya jarayoni vujudga keladi. 
Tadbirlar, tarbiyaviy ishlar – tarbiya jarayonining bir bo‘lagidir. 
Tarbiyaviy ish bu tarbiyaning tizimliligi, to‘laligi, uzviyligi va 
uzluksizligidir. Tarbiyaviy ish tarbiyalanuvchilarning muaiyan faoliyatini tashkil 
etuvchi va amalga oshiruvchi shakldir. Tarbiyaviy ishning asosiy xususiyati – 
zaruriylik, foydalilik va tatbiq etish imkoniyatidan iborat. 
Tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda yorqin namoyon 
bo‘ladi: 

maqsadga yo‘naltirilganlik. Tarbiya jarayoni – bu natijasi jamiyat uchun 
foydali shaxsni shakllantirish qaratilgan maxsus tashkil etiluvchi, boshqariluvchi 
va nazorat qilinuvchi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati. 
Boshqacha aytganda, mazkur jarayon qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan 
tarbiyachi va tarbilanuvchilarning o‘zaro hamkorligidir; 

ko‘p qirrali jarayon. Tarbiya jarayoni ko‘plab ob'ektiv va sub'ektiv 
omillarga bog‘liq. Sub'ektiv omillar bolaning ichki ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lsa, 
ob'ektiv omillar tarbiyaviy vazifalarni muvafaqqiyatli hal etishga yordam 
beradigan bola yashaydigan muhit sharoitlari bilan tavsiflanadi;

uzoq muddat davom etishi. Pedagogikada tarkib topgan qonuniyatga 
ko‘ra tarbiya jarayoni inson tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom 
etadi;

uzluksizligi. Tarbiya – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning izchil, tizimli 
o‘zaro harakati jarayoni. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun tarbiyaviy ishlar 
tizimli yo‘lga qo‘yilishi lozim;

yaxlitligi. Ya'ni tarbiya jarayoni maqsad, vazifa, mazmuni, shakl, metod 
va vositalarining birligi. Bolani tarbiyalash jarayoni yaxlit tavsifga ega bo‘lganligi 
bois tarbiyaviy ta'sirning ham to‘laqonli bo‘lishiga erishish lozim;

variativligi. Tarbiya jarayoni xilma-xil ko‘rinishda amalga oshirilib
mazkur holatda tarbiyalanuvchilarning individual rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar, 
tarbiyaviy jarayonga munosabati, ijtimoiy tajribalari alohida ahamiyat kasb etadi; 

natijalarning oldindan aniqlanmasligi. Tarbiya jarayoning murakkabligi 
shundaki, mazkur jarayon o‘z mahsulini yillar davomida ko‘rsatadi. Kutilgan 
natijaga erishish ham tarbiyachining kasbiy mahoratiga, ham tarbiyalanuvchining 
shaxsiy faolligiga bevosita bog‘liqdir; 

ikki tomonlamalilik. Tarbiya jarayonining borishi ikki yo‘nalishda 
amalga oshadi: tarbiyachi – tarbiyalanuvchi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa) va 
tarbiyalanuvchi – tarbiyachi (qayta aloqa).
Tarbiya qonuniyatlari – bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning 
xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
barqaror aloqalar.
Tarbiya jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlari mavjud: 



ijtimoiy muhitning ob'ektiv va sub'ektiv omillariga bog‘liqligi. Ob'ektiv 
omillar tarbiyani tashkil etish shart-sharoitlari (moddiy-texnik, ijtimoiy, madaniy, 
sanitar-gigienik) orqali yuzaga chiqsa, sub'ektiv omillarga tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchilar, ularning o‘zaro birgalikdagi harakati, murakkab aloqalar, 
psixologik muhit va boshqalarni kiritish mumkin

tarbiyaning shaxsning rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi. 
Tarbiya jarayoni bolalarning yosh davri rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan 
holda tashkil etilishi; qo‘yilgan maqsad vazifalar bolalarning yosh xususiyatlariga 
to‘liq mos kelishi lozim; 

faoliyat va munosabatni e'tirof etish shaxsning ijtimoiy qimmatli 
fazilatlarini shakllantirishning negizi va asosiy manbai. Tarbiyalanuvchilarning 
faoliyatga jalb etish orqali ularda mavjud jarayonga nisbatan munosabatni aniq 
baholay olish mumkin. O‘z navbatida munosabat bildira olish tarbiyalanuvchining 
faoliyatga tayyorligini ko‘rsatadi; 

tarbiyalanuvchilarning o‘zaro tarbiyaviy ta'siri, o‘zaro munosabatlari 
hamda faol faoliyati o‘rtasidagi bog‘lanish. Tarbiyalanuvchilar bir-birlariga o‘zaro 
ta'sir etishlari va mazkur imkoniyatdan oqilona foydalana olish tarbiya 
jarayonining ta'sirini kuchaytiradi. Ularning o‘zaro munosabatlarining barqarorligi, 
shuningdek, birgalikdagi faoliyati ularda jamoaviylik, o‘zaro ishonch, mehribonlik, 
bir-birlari uchun qayg‘ura olish, hamdardlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarning 
qaror topishiga ko‘maklashadi; 

tarbiya va o‘zini-o‘zi tarbiyalashning intensivligi. O‘z-o‘zini tarbiyalash 
– bu shaxsning o‘zini, shaxsiy sifatlarini takomillashtirishidir, zamon talabiga 
javob beradigan darajada ongli intilishidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash yaxshi tarbiya 
natijasida yuzaga kelib, shaxsning o‘z-o‘zini kamolga yetkazishiga olib keladi. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash bevosita tarbiyalanuvchilar hayot mazmuni, ularning 
qiziqishlari, u yoki bu yosh davridagi xarakterga bog‘liqdir. O‘z-o‘zini tarbiyalash 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tarbiyalanuvchiga o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri 
baholay olish, o‘zidagi ijobiy va salbiy jihatlarni aniqlay olish imkonini beradi; 

tarbiyalanuvchining “ichki olami”ga ta'sir etishning intensivligi(G.I. 
Щukina). “Tarbiyalanuvchining ichki olami” deganda motiv, ehtiyoj, emotsiya, 
intellekt kabilarning birligi tushuniladi. Tajriba, bolaning ehtiyojlari orqali 
sinaladigan tashqi muhit ta'siri uning yutug‘i sifatida yuzaga keladi. Aynan 
tarbiyaviy jarayonda tashqi ta'sir bolaning ichki muvafaqqiyatini kuchaytiradi; 

tarbiyalanuvchilarda verbal va sensomotor jarayonlarning rivojlanish 
darajasi va pedagogik ta'sirni hisobga olish (G.I.Shukina). Amaliyot ko‘rsatadiki, 
hamma vaqt ham bolaning aqliy rivojlanishi uning verbal nutqi va harakatga doir 
sensomotor ko‘rsatkichlariga mos kelavermaydi. Nazariy bilimlarga oson va erkin 
tayanuvchi bolalar uchun ba'zan elementar amaliy harakatlar, sohada mehnat 
faoliyatiga doir operatsiyalarni, jismoniy mashqlarni bajarish qiyin va murakkablik 
qiladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarda verbal va senmotor jarayonlarning 
rivojlanish dinamikasi bilan pedagogik ta'sirning uyg‘unligiga erishish lozim. 
Tarbiya tamoyillari – bu tarbiyaviy ishning yo‘nalishiga, mazmuniga, 
metodlari va tashkil etilishiga, tarbiya jarayonining ishtirokchilari orasidagi 
munosabatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar ifodalanadigan dastlabki qoidalardir.


 Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida boshqariladi: 

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling