O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


Download 3.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/97
Sana12.10.2023
Hajmi3.33 Mb.
#1699435
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97
Bog'liq
fayl 1045 20210522

 
Gigienik sharoitlar. Bizning jamiyatda jismoniy tarbiya davlatning ona 
va bola to‘g‘risidagi g‘amxo‘rligiga, mehnatkashlar yashash sharoitlarining doimo 
yaxshilanib borishi, moddiy farovonliginingo‘sishiga asoslanadi.
Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigienik sharoit (bino, 
maydoncha, jihozlar, kiyim – bosh, poyafzal) yaratish, bolalar hayotining ilmiy 
asoslangan rejimini (bular oqilona ovqatlanish, harakatlarni rivojlantirish va 
organizmni chiniqtirish tadbirlarini o‘z ichiga oladi) albatta bajarish zarur. Shu 
bilan birga, tibbiyot xodimlarining doimiy nazorati, zaruriy profilaktik va davolash 
ishlarini olib borishi talab etiladi. 
Bog‘chada har bir guruh uchun xonalar ajratiladi. Guruh xonalari 
bolalarning erkin harakat qila olishi va sof havo bilan nafas olish imkonini 
beradigan darajada katta, yorug‘, quruq va issiq, derazalari janubi – sharqqa 
qaragan bo‘lishi kerak.
Guruh xonasining balandligi 3 – 3,5 m bo‘lib, har bir bolaga bino 
sathidan 2,5 kv. m joy, taxminan 8 kub m havo to‘g‘ri kelishi; xona bezagi 
gigienaga xos, tez toza bo‘ladigan, yoqimli, yumshoq rangda bo‘lishi kerak. 
Guruhda tartib bo‘lishiga rioya qilish zarur. Xonada yorug‘likni to‘sadigan og‘ir va 
qalin pardalar, gilamlar, yumshoq mebellar, umuman ortiqcha narsalar bo‘lmasligi 
kerak. Hamma jihozlar ta'lim – tarbiya talabiga, bolalarning bo‘yi va gavda 
tuzilishiga mos bo‘lishi va xalq ta'limi vazirligi tomonidan qo‘yilgan maxsus 
normaga javob berishi lozim. 
Bolalarning stol stullari ancha mustahkam va yengil tuzilishi sodda 
hamda oson yuviladigan bo‘lishi kerak. Stollar yorug‘lik chap tomondan 
tushadigan qilib joylashtirilishi lozim. Uyinchok va ko‘rgazmali qurollar ham 
gigienik talablarga javob beradigan, pishiq, zararsiz rangda, tashqi ko‘rinishi silliq 
bo‘lishi kerak. 
Tarbiyachi o‘z guruhining gigienik sharoiti uchun javobgardir. Xonani 
bolalar sayrga, musiqa mashg‘ulotiga chiqib ketgandan keyin shamollatish, deraza 
fortochkalari esa yil fasllaridan qat'i nazar doimo ochiq bo‘lishi kerak.

Download 3.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling