O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


Buyuk Britaniya - Afg„oniston urushi


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168
Buyuk Britaniya - Afg„oniston urushi. Inglizlar Hindistonda XVII asr 
boshlarida paydo bo‗lishgan edi. Buyuk Britaniyaning Ost Indiya kampaniyasi 
Hindiston bilan olib boriladigan savdo munosabatlarini o‗z qo‗liga olgan edi. Bu 
savdo tashkiloti vaqt o‗tishi bilan faqatgina savdo tashkiloti bo‗lib qolmasdan
balki Buyuk Britaniyaning markaziy va janubiy osiyodagi olib boradigan siyosiy - 
diplomatik va harbiy harakatlarida muhim, hal qiluvchi instrument vazifasini ham 
o‗tab boshladi. XVIII asr oxiriga kelib Hindistonni egallash deyarlik yakunlandi. 
Bu paytda ruslarning Kavkazda va O‗rta Osiyodagi harakatlari kuchayib bordi.
1717 - yilda Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi rus ekaspeditsiyasi taqdiri 
fojeali tugagan bo‗lsada, rus elchilarining kirib kelishlariga chek qo‗ymadi. 1722-
1723 yillarda rus qo‗shinining Eron qilgan harbiy yurishlarini ba‗zi tadqiqotchilar 
Katta o‗yin siyosatining boshlanishi deb ta‗riflashadi. Negaki bu jangda fors 
qo‗shinlariga ingliz harbiy maslahatchilari yaqindan yordam berishadi.
1837 - yilda Afg‗onistonga rus elchisi poruchik Vitkevich keladi. U afg‗on 
amiri Do‗st Muhammad qabulida bo‗ladi. O‗zaro muzokarolar natijasida Rossiya 
manfaatlariga xizmat qiladigan shartnoma imzolashga erishadi. Lekin Buyuk 
Britaniyaning talabi bilan Rossiya Vitkevichni Afg‗onistondan chaqirib olishga 
majbur bo‗ladi. O‗rtada imzolangan shartnoma o‗z kuchini yo‗qotadi. 
Vitkevichdan bir yil oldin maxsus missiya bilan Afg‗onistonga ingliz elchisi agent 
Byorns kelgan edi. Inglizlar 1838- yilda faol jangovar harbiy harakatlarni boshlab 
yuborishdi. Afg‗onlarning uyushmaganligi, armiyaning harbiy - texnik qoloqligi 
inglizlarga qo‗l keldi. Ingliz qo‗shini tezda mamlakat ichkarisiga chuqur kirib 
bordi. Mamlakat poytaxti bosib olindi. Rossiyaparast amir Do‗st Muhammad 
taxtdan ag‗darib tashlandi. Afg‗on taxtiga inglizlar o‗z odamini qo‗yishdi. Ingliz 
okkupatsiyasi uch yil davom etdi. Lekin 1841- yilda mamlakatda yana taxt 
to‗ntarish amalga oshirildi. Inglizlar mamlakatdan haydab chiqarildi. Agent Byorns 
o‗ldirildi. Bir yil o‗tgach Buxoroda amir Nasrullo tomonidan ingliz agenti Konolli 
o‗ldirildi. Bu ingliz elchiligining yakunidan darak berardi.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling