2
UO„K:58.9(75)
KBK: 65.6
Geosiyosat asoslari: tuzuvchi f.f.d. dots. А.R.Sаmаdоv. O„quv
qo„llаnmа. – Sаmаrqаnd: SamDU nashri, 2021. – 344 bet.
Hozirgi globallashuv davrida talabalar tomonidan geosiyosatni o„rganish
juda zarur bo„lib, geosiyosiy bilimlarning asoslarini o„zlashtirish, zamonaviy
geosiyosatdagi mavjud tushunchalar to„g„risida nazariy g„oyalarni, shuningdek
dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalaridagi siyosiy vaziyatni tahlil qilish
bo„yicha amaliy ko„nikmalarni oladilar. Ushbu o„quv qo„lanmaning asosiy
maqsadi geosiyosatning barcha asosiy muammolarini qamrab olish, talabalarda
geosiyosiy voqelikning murakkab masalalarini anglash qobiliyatini shakllantirish,
mustaqil fikrlash va tarixiy davlatlararo jarayonlar va institutlarni baholash
ko„nikmalarini shakllantirishdir.
Ushbu tajribaviy oʼquv qoʼllanma oliy oʼquv yurtlarida 5111600 - Milliy
gʼoya, maʼnaviya asoslari va huquq taʼlimi va 5120500-Falsafa (yo„nalishlar
bo„yicha) yoʼnalishlarida oʼqitiladigan “Geosiyosat asoslari” fani yuzasidan
tayyorlandi. U Samarqand davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan namunaviy
dastur hamda ishchi oʼquv dasturidagi mavzularni qamrab olgan boʼlib,
talabalarga maʼruza va seminar darslariga tayyorgarlik koʼrishda hamda dunyoni
geosiyosiy manzarasini tushunish uchun amaliy yordam beradi.
Shuningdek, mazkur oʼquv qoʼllanma universitetning balakavr bosqichida
taʼlim olayotgan talabalar, magistrantlar, shuningdek, oʼrta maxsus taʼlim
oʼquvchilar hamda geosiyosat bilan qiziquvchi barcha kitobxonlarga
moʼljalangan.