O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mаs‟ul muhаrrir: f.f.d., prоf. J.Ya. Yaхshilikоv.
Tаqrizchilаr: O‗zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi prоffessori s.f.d. V.Qo„chqorov SamDU Falsafa va milliy g‗oya kafedrasi dotsenti f.f.d.Sh.Sh.Negmatova Sаmаrqаnd chet tillаr instituti yoshlаr mаsаlаsi bo‗yichа prоrektоr f.f.d., prоf О.G„аybullаyev ISBN 978-9943-7042-1-3 ©Samarqand davlat universiteti, 2021 3 KIRISH ХХI аsrdа kechаyotgаn glоbаl integrаtsiоn jаrаyonlаr dunyoning g‗оyaviy- mаfkurаviy qiyofаsini o‗zgаrtirib, yangichа tаfаkkur uslubini tаqоzа qilmоqdа. Hozirgi kunda biz uchun nisbatan yangi fanga qiziqish ortib bormoqda, u XX asr boshlarida geosiyosat fani nomini oldi. Jahon tarixining zamonaviy bosqichi ko‗plab vaziyatlar, ham jahon siyosiy jarayoni, ham Markaziy Osiyo davlatlari rivojlanishi tufayli jahon arenasidagi kuchlar muvozanatidagi kuchli siljishlar bilan tavsiflanadi. Davrning o‗tishi dunyo voqealari rivojini har tomonlama tushuntirish va uzoqni ko‗ra bilishni talab qiladi. Zamonaviy geosiyosat davlatlarning xalqaro munosabatlardagi xulq-atvorini belgilovchi asosiy omillar to‗plamini kengaytirish orqali analitik fan sifatida geografik, iqtisodiy, mafkuraviy determinizmni yengib o‗tadigani bejiz emas. Hozirgi mamlakatlar uchun geosiyosat dolzarbdir. Chunki u jamoat ongida tashqi va ichki siyosiy jarayonlarini idrok etishning mafkuraviy mohiyatini anglashga yordam beradi. Geosiyosat geografiya, tarix, iqtisod, etnologiya va boshqa fanlar chegaralarida ma‘lum bilimlarni talab qiladi. Bu esa professional tahlilchi uchun nafaqat makon va zamon hodisalarni malakali tahlil qilish uchun, balki bashorat, ssenariylar va rivojlanishning strategiyasini ishlab chiqish uchun ham zarurdir. Shu bilan birga geosiyosat klassikalari guvohlik berganidek, geosiyosatchi yuqori umumiy ta'lim madaniyati va eng muhimi, yangi g‗oyalar generatori bo‗lishi kerak. Geopolitikaning izchil rivojlanishi o‗z sohasiga nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ekologik va boshqa jihatlarni kiritish yo‗lidan boradi. Hozirgi kunda Yangi O‗zbekistonni har tomonlama salohiyatini oshirish, geosiyosiy kelajagini yaratish, tashqi ―katta o‗yinlar‖dan himoyalash asosiy maqsad qilib olingan. Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: ―...dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus‖ 1 olayotganligi, geosiyosiy raqobat, egallab turgan mavqemizni xolisona va tanqidiy tahlil qilishimiz, tobora globallashuv talablariga javob berishimiz dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‗yilmoqda. Bugun butun dunyoda va har bir mamlakatda keng va strategik dunyoqarashga, global tafakkurga, konkret makon va vaziyatlarda operativ qaror qabul qilish qobiliyatiga, toʼgʼri yoʼl tanlash imkoniga ega boʼlgan professional geosiyosatchi va siyosatshunoslarning yetishmasligi his qilinmoqda. Bugungi kungacha jiddiy oʼzgarishlarga uchramagan geosiyosat, davlatlararo aloqalar bo‗lmasa kerak. Bu esa oʼz navbatida, xalqaro munosabatlarga amaliy 1 Мирзиѐев Ш.М.Жисмоний ва маънавий баркамол ѐшлар – бугунги ва эртанги кунимизнинг ҳал қилувчи кучидир.// Миллий тараққиѐт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. 1-жилд. –Т.: «Ўзбекистон» НМИУ, 2017. –Б.505. 4 taʼsir oʼtkazib kelmoqda. Oʼz milliy va ijtimoiy manfaatlarini ilgari surar ekan, har bir davlat bu bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalarda jahon darajasiga koʼtarmoqchi bo‗ladi. Bu uchun ichki va tashqi konfliktlarni, boshqa geosiyosiy vazifalarni hal etish uchun oʼz milliy xavfsizligi doktrinasi negizida ham xalqaro imkoniyatlardan, ham milliy imkoniyatlaridan hamda kuch- qudratidan foydalanishga harakat qilmoqda. Katta imperiyalar, strategik maqsadlar yoʼlida birlashadigan davlatlar ittifoqlari, buyuk derjavalar va boshqa jahoniy kuchlar xalqaro munosabatlar ruhi va dunyo siyosatining asosiy tamoyillarini belgilab bergan va belgilab bermoqda. Haqiqatda ayni shu davlatlar bevosita yoki bilvosita oʼz azmu irodasini boshqa davlatlarga zoʼrlab oʼtkazmoqdalar, jahonning geosiyosiy xaritasini tuzmoqdalar, uning tuzilmasini shakllantirmoqdalar, davlatlararo boshqaruvchi va hakamlik vazifasini bajarmoqdalar, shu tariqa ular yashash, xalqaro yurish-turish qoidalarini belgilab bermoqdalar. Ular mavjud moddiy va maʼnaviy boyliklarni, geoiqtisodiy va strategik xom ashyo resurslarini taqsimlash, geosiyosiy taʼsir oʼtkazish sohalarini, jahon miqyosida tovarlar va xizmatlar narxini belgilashda asosiy vazifani hal etmoqdalar. Boshqa davlatlarga kelsak, ular paydo boʼlgan vaqtidan boshlab bugungi kungacha oʼz milliy manfaatlarini taʼminlash yoʼlida har biri oʼz- oʼzicha yoki boshqa davlatlar bilan birgalikda mustaqillik, hur hayot, buyuk davlatlardan himoyalanish uchun kurash olib bormoqdalar. Mazkur o‗quv qo‗llanmani tarbiyaviy ahamiyati shundaki, dunyodagi geosiyosiy vaziyatga nisbatan mustaqil qaror qabul qilish, tashqi siyosatdagi barqarorlik, ijtimoiy-siyosiy birdamlik, sabr-toqatlilik omilini targ‗ib qilinishida amaliy ahamiyat kasb etadi. Geosiyosat asoslari fanini o‗qitish yoshlar ongida dunyoda qadimgi davrdan buyon bugungi kungacha boʼlgan vaqtlarda geosiyosat asosiy tushunchalarining paydo boʼlishi, shakllanish va rivojlanish tarixini bilib oladi, turli-tuman geosiyosatchi olimlarlarning qarashlarini tahlil qiladi, asosiy manbalar, qonuniyatlar, geosiyosatning obʼekti, predmeti, kategoriyalari, aktorlarini mavjudligini e‘tirof etadi, har xil davr va geosiyosiy maktablarga mansub siyosatshunoslarning fikrlari va nazariyalari koʼrib chiqilib, qiyosan O‗zbekistonning geosiyosiy kelajagi to‗g‗risida fikrlay boshlaydi. Ushbu fan talaba yoshlarning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta xizmat qiladi. O‗quv qo‗llanmani tayyorlashda tadqiqotchi O.Maxammatovning ―Global ijtimoiy-madaniy jarayonlarda yoshlarning maʼnaviy-mafkuraviy xavfsizligi masalalari‖ nomli ilmiy tadqiqot ishi bilan qatnashdi. Unining ilmiy ishidan o‗quv qo‗llanmani milliy manfaatlat va milliy xavfsizlik degan V bobida foydalanildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling