O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geosiyosat predmeti
Geosiyosat ob„yekti sifatida jahonning geosiyosiy xaritasi turishi birinchi
navbatda, dunyoning ko‗p qutbli dunyoga aylanishi bilan va xalqaro munosabatlarning yangi bir transformatsiya – davlatlarning o‗z ta‗sir doiralari uchun kurash bosqichiga ko‗tarilishi bilan bog‗liq bo‗lsa, ikkinchidan, xalqaro maydonda ko‗pqirrali global dunyoviy siyosat tushunchasining shakllanishi bilan ham bog‗liqdir. Mazkur masalalar geosiyosat ob‗yektida yaxlit holatda turishi mumkin, biroq geosiyosat ularni tahliliy jihatdan o‗rganishni bir qator bosqichlarda ko‗radi. Geosiyosatning tarixiy - tadrijiy taraqqiyotiga e‗tibor bersak, uning predmeti ham zamonga mos tarzda takomillashib, o‗zgarib borganligiga amin bo‗lamiz. Chunki jamiyatdagi geosiyosiy jarayonlar mavjud davlatlar manfaatlari bilan bog‗liq bo‗lgan real voqelikni o‗zida aks ettiradi. Shu boisdan har bir davrda geosiyosat predmeti sifatida jamiyatdagi ustuvor sohalar va xalqaro siyosatga daxldor bo‗lgan strategik masalalar namoyon bo‗lgan. Geosiyosat predmeti. Xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal etishda geosiyosiy sub‗yektlar va tabiyat o‗rtasida, shuningdek geosiyosiy sub‗yektlarning o‗zaro munosabatlari, jamiyatda kechayotgan har xil darajadagi ijtimoiy - siyosiy jarayonlar, ularning yuzaga kelishi, harakatlanishi va o‗zgarib borishini o‗zida aks ettiruvchi voqealar rivoji geosiyosat predmeti sifatida olindi. Zamonaviy geosiyosatning asosiy muammolari bo‗lib kelayotgan quyidagi masalalarni geosiyosiy tadqiqotlarning predmeti sifatida ko‗rish mumkin: ilmiy - texnika inqilobi rivojining samarasi bo‗lgan harbiy - texnikaviy vositalar va ular turlarining ko‗payib va takomillashib borayotganligi; o‗z navbatida davlatlarning harbiy - texnika vositalaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarish yoki chiqarmaslikka nisbatan munosabatlari; shuningdek, insoniyatning ommaviy qirg‗in qurollarini ishlab chiqarishga kirishishi bilan bog‗liq jarayonlar. XXI asrda harbiy va moliyaviy axborot oqimi, axborot texnologiyalari va yangiliklari, maʼnaviy-madaniy ehtiyojlar va boshqa omillar birinchi qatorga chiqdi. Bularning hammasi davlat, uning harbiy tizimi, iqtisodiy boshqaruv global kompьyuter sistemalarida ishlatiladigan axborot-kompyuter texnologiyalariga yuqori darajada bogʼliq boʼlib qolganini bildiradi. Oʼtmishda ham, hozirgi vaqtda ham, odatda, jahon va mintaqa muammolarini hal etishda geosiyosiy subʼektlarning oʼzaro munosabatlarini ham geosiyosat predmeti sirasiga kiritishadi.Hozirgi bosqichda, shuningdek, axborot urushi, subʼektlararo axborot-psixologik taʼsir, jamoatchilik fikrini shakllantirish va boshqa masalalarni ham geosiyosat predmeti qatoriga kiritish lozim boʼladi. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling