O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti


 Geosiyosat asoslari» fanining kategoriyalari, qonunlari, metodlari va


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/168
Sana20.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1682798
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168
1.2. Geosiyosat asoslari» fanining kategoriyalari, qonunlari, metodlari va 
funksiyalari
 
Geosiyosat asoslarining asosiy tushunchalari. Ijtimoiy - siyosiy fanlarning 
barchasida bo‗lgani singari geosiyosat ham mustaqil fan sifatida o‗zining nazariy 
kategoriyalariga ega. Ushbu fan o‗zining ushbu kategoriyalari orqali o‗z tadqiqot 
ob‗yektini tahlil etadi, xulosalar beradi. Geosiyosatning asosiy kategoriyalari 
sifatida quyidagilarni ko‗rib chiqamiz: geosiyosiy makon, geosiyosiy maydon, 
geostrategik mintaqa, geosiyosiy mintaqa, geosiyosiy liniya, geosiyosiy raqobat
geostrategiya chegara, davlatning milliy xavfsizligi, milliy manfaat, hudud, 
ekaspansiya va sh.k.
Geosiyosiy makon. Siyosat har doim qator geografik makondagi omillarga 
tayangan holda ish yuritishiga hech qanday shubha yo‗q. F.Ratsel tabiiy - fizik, 
geografik makondagi faoliyat yo‗nalishlarini geosfera, gidrosfera, atmossfera 
ketma - ketligida tahlil ostiga olgan edi. Albatta, geosfera, gidrosfera, atmosferalar, 
insoniyat hayotida o‗rni, imkoniyatlari turli darajada siyosatning asosiy 


17 
yo‗nalishlarini belgilab beradi. Geosfera xos omillar: yerning o‗lchamlari; iqlimi, 
dengizga yaqinligi, hosildorligi, tabiiy boyliklari va h.k. Gidrosfera xos 
xususiyatlar: quruqlik ahamiyatiga moliklik, suvosti dunyosi boyliklari, hayvonot 
dunyosi, savdo-sotiq, turizm va h.k. Atmosferaga xos omillar: yer sirtida turli 
to‗siqlarning yo‘qligi, dengiz kengliklaridan o‗tishning qulayligi, yuqori tezlik, 
geosferani tadqiq qilishdagi qulayliklar, harbiy ahamiyatga moliklik, kosmos 
imkoniyatlari. Albatta bugungi kunda kosmosni alohida qayd etib o‗tish lozim. 
Bugungi kunda kosmos yerning sun‗iy yo‗ldoshlari orqali, xalqaro kosmik stansiya 
imkoniyatlari bois quyidagilarga ega bo‗lmoqda: yer sayyorasining barcha 
nuqtalari ustidan sifatli nazorat o‗rnatish; yerning ustki va yerosti qatlamlarini 
samarali o‗rganish va o‗zlashtirish; axborot - kommunikatsiyalari xizmatining 
yangi bosqichga ko‗tarilishi; gallaktika kengliklarini o‗rganish; sohaga doir fan va 
texnik kashfiyotlarning amalga oshirilishi va shu kabilar.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling