O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Geosiyosiy maydon - ushbu atama odatda ma‗lum bir davlat tomonidan
yoki ittifoqchilar tomonidan nazorat qilinayotgan makonni anglatish uchun qo‗llaniladi. Xalqaro munosabatlar tarixidan ma‗lumki, geosiyosiy borliq ustidan nazoratni o‗rnatishning turli shakllari mavjud. Bular harbiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy, kommunikatsion va boshqa turlari bo‗lishi mumkin. Yangi ming yillik boshlariga kelib xalqaro munosabatlarda geosiyosiy borliqni nazorat qilishda yangicha yondashuvlar – rangli inqiloblarni amalga oshirish, informatsion mafkuraviy, texnologik va madaniy - sivilizatsiyaviy nazoratlar yuzaga kelib, ularning amaliyotdagi o‗rni sezilarli bo‗lmoqda. Rangli inqiloblarni muayyan bir davlatdagi ichki ziddiyatlardan, kelishmovchiliklardan foydalanilgan holda amalga oshirilmoqda: Qirg‗iziston, Gruziya, Ukraina, Liviya, Iroq, Suriya, Misr bunga misol bo‗ladi. Geosiyosatda odatda ―rangli inqilob‖ hokimiyatini qon to‗kish evaziga o‗zga hukmronlarga berish deb tushuniladi. Geosiyosat siyosiy institutlar tomonidan, birinchi navbatda davlatlar va davlatlar ittifoqi tomonidan borliqni nazoratga olishining asoslari, imkoniyatlari darajasi, amaliy mexanizm va shakllarini o‗rganadi. Davlat nazoratida turgan yoki nazoratga olishga intilayotgan borliq umumiy maydon markazida bo‗lishi, rivojlanish darajasi, u yerning tashqi dunyo bilan aloqalari ko‗lami, tabiiy imkoniyatlari bilan ahamiyatli bo‗lishi mumkin. Geosiyosatda davlat yoki davlatlar ittifoqi nazoratida bo‗lgan borliq geosiyosiy maydon tushunchasi bilan izohlanadi. Geosiyosiy maydon tushunchasiga nisbatan ko‗plab ta‗riflarni uchratish mumkin. Rus geosiyosatchisi K.V.Pleshakov geosiyosiy maydon tushunchasi keng ma‗noga ega bo‗lganligi bois uni tadqiq etish ko‗lamiga qarab quyidagicha klassifikatsiyalashni taklif qiladi: - endemik maydon – uzoq vaqtlardan beri ma‗lum bir davlat tomonidan, ma‗lum bir milliy guruh tomonidan nazorat qilib kelinayotgan borliq bo‗lib, o‗sha 18 borliqning aynan shu jamoaga tegishli ekanligini boshqa qo‗shnilar tomonidan tan olinishini nazarda tutadi. - chegaraviy maydon - bunday maydonda ma‗lum bir milliy jamoa istiqomat qilsada, davlatning u yerda nazorat qilish funksiyasi rasmiy xarakterda bo‗lib, yashayotgan odamlar turmush tarzi chegaradosh davlatga yaqinroq bo‗ladi. Masalan, Shimoliy Qozog‗istondagi rus millati vakillarining Rossiya davlati turmush tarzi bilan, Shimoliy Tojikistondagi, Qirg‗izistonning O‗sh viloyatidagi yoki Janubiy Qozog‗istondagi o‗zbeklarning O‗zbekistondagi xalqlar turmushi bilan nafaqat tarixan, balki ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar asosida bir - biri bilan uyg‗unlashgan. Ular yashayotgan makonni chegaraviy maydonga aylantirgan omil - ularning turli davlatchilikka oidligi bilan izohlanadi; - Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling