O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Geosiyosat asoslari fanning ob‟yekti va predmeti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Geosiyosat asoslari fanning ob‟yekti va predmeti ―Siyosiy geografiya‖ va ―geosiyosat‖ fanlari paydo boʼlgan vaqtdan to bugungi kungacha ularning predmeti, funktsiyalari va qonuniyatlari toʼgʼrisidagi uzoq munozaralar davom etmoqda. Аytish mumkinki, geosiyosat bilan shugʼullanadigan har bir tadqiqotchi bu ilmiy sohalarning obʼektlari va predmetlari, umumiy xususiyatlari va tafovutlari toʼgʼrisida oʼz qarashi va oʼz mulohazalarini ilgari surmoqda. Biroq geosiyosatning asosiy vazifasi uni boshqa fanlar bilan taqqoslashda emas, balki uni tushunishning hamma tomonidan qabul qilinadigan shaklini topishda, obʼekti, predmeti va tadqiqot metodolgiyasini aniq taʼriflashdadir. Mana bir asrdirki, siyosatshunoslar ―Geosiyosat nima, u nimani tadqiq etishi kerak?‖ degan asosiy savollarga qaysidir jihati bilan oʼxshash, qaysidir jihati bilan esa tamomila bir-biiriga zid javoblar berishmoqda. Fan obʼekt va predmetini belgilashda geosiyosatchilar aniq ikki guruhga boʼlinadi. Bular – klassik geosiyosatchilar va hozirgi sivilizatsiya geosiyosati tarafdorlaridir. Klassik mualliflar orasida F.Rattsel va R.Chellen geosiyosatning vazifalari, obʼekti va predmetini eng toʼla shaklda bayon etib berishgan. F.Rattselning aytishiga koʼra, geosiyosat siyosiy omillarning makon bilan oʼzaro munosabatlarining mamlakat hududi, aholisi va subʼektlarining madaniy xatti-harakatiga taʼsirini oʼrganadi. R.Chellen boʼlsa, geosiyosatning tadqiqot obʼektlari va tarkibini uch qismga boʼlib, bunday taqdim qilgan: monosiyosat – konkret davlatning siyosiy muhofazasini, tashqi olamning va siyosiy ittifoqchilarining unga koʼrsatadigan taʼsiri va tazyiqini oʼrganadi; morfosiyosat – davlat yerining shakli, oʼlchamlarini oʼrganadi; fiziosiyosat – davlat yerining geostrategik mazmun va xarakteristikasini, fizik-geografik holatlari va hokazolarni oʼrganadi. Shunday qilib, klassik geosiyosatchilarning qarashlarini umumlashtiradigan boʼlsak, geosiyosatning obʼekti va predmeti quyidagilardan iborat: 1) sayyoraviy makon – quruqlik, suv (dengiz va okeanlar, daryolar va koʼllar), Yer kurrasini oʼrab olgan havo qatlami, dengiz va quruqlik, havo va yer oʼrtasida ming yillardan beri mavjud qarama-qarshilik, sivilizatsiyalar va jamiyatlar orasidagi aloqalar, chegaralar, tabiiy zahiralar va boyliklar ustida davlatlar orasida borayotgan kurash; 2) jahon geosiyosiy tuzilmasining shakllanishiga va uni yana oʼzgartirishga sabab boʼladigan geosiyosiy jarayonlar 13 va hodisalar; ) amaliy geosiyosiy faoliyat. davlatlar va xalqlar, ularning sifat xarakteristikalari va oʼzaro munosabatlari bu jarayonga jalb etilgandir; 4) konkret tarixiy sharoitdagi tafakkur (bilish), milliy ruh, ijtimoiy faollik va psixologik muhit. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling