O„zbekistоn respublikаsi оliy vа o„rtа mахsus tа‟lim vаzirligi sаmаrqаnd dаvlаt universiteti
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
I-BO„LIM
6 ♦ geografik joylashuvi, ya'ni davlatning qit'adagi joylashuvi; ♦ chegaralarning uzunligi, ularning tabiiy yoki sun'iy chegaralardagi o‗rni; Geosiyosatni asosiy tushunchasi va predmeti bu: ♦ suv to‗siqlari va aloqa yo‗llari sifatida daryolarning mavjudligi; ♦ mamlakatning dengizga nisbatan pozitsiyasi, qirg‗oq chizig‗ining uzunligi va suvga chiqish shartlari; ♦ iqlim (sovuq, mo‗tadil, issiq, quruq va boshqalar); ♦ tuproqlar (ular qishloq xo‗jaligi, infratuzilma, sanoat rivojiga qay darajada ko‗maklashadi); ♦ mineral resurslar, ularning boyligi, aholining iqtisodiy o‗sishini va ijtimoiy ehtiyojlarini ta'minlash qobiliyati; ♦ aholi, uning miqdori, zichligi, ijtimoiy tarkibi va boshqa xususiyatlari 1 . Geosiyosat fan sifatida XIX asr oxirlari - XX asr boshlarida vujudga keldi. Uning vujudga kelishi yirik mustamlakachi davlatlarning vujudga kelishi, dunyoni bo‗lib olishga intilish, jahon savdosining yuksalishi, sanoat inqilobining tugallanishi, sanoat va moliya kapitalining rivojlanishi, jahon bozori uchun kurashning avjiga chiqishi, yangi bozorlarga, mustamlakalarga ega bo‗lishga intilish va uning ustiga qurilgan siyosatning hosilasi sifatida kechdi. Geografik kashfiyotlar davri tugab ―geo-grafiya‖ atamasi siyosat predmetiga aylanib ulgurgan edi. Aynan o‗sha davrlarda ―geo‖ atamasini ildizi ikkinchi ma'nosi tez-tez ishlatiladigan bo‗lgan. U tobora siyosatning ―sayyora‖, ―global‖ o‗lchovi sifatida talqin qilinib, super kuchlar yoki harbiy bloklar (AQSh va SSSR, NATO va Varshava shartnomasi) o‗rtasidagi munosabatlarni ―sivilizatsiyalar to‗qnashuvi‖ (A. Toynbi, S. Xantington) yoki o‗zgarish sifatida tavsiflanadi. Bu atama dunyo tizimining umumiy konfiguratsiyasi, masalan, bipolyar tizimdan to monopolitsentrikgacha o‗z ichiga olgan edi. Atamaning ikkinchi qismi – ―siyosat‖ - bu mazmunda hukmronlikni amalga oshirish, hokimiyatni egallash, makon va uning rivojlanishini anglatadi. So‗nggi paytlarda u zamonaviy geosiyosat sub'ektlari yangi hududlarni egallash va rivojlantirishni juda istamasliklari, chunki ular mumkin bo‗lgan bo‗shliqlarni boshqarishga intilishlari va bu zamonaviy geosiyosatning o‗ziga xos xususiyati - umuman hududni emas, balki aksariyat hollarda ushbu hududlar va ulardan o‗tuvchi savdo oqimlarning aloqa yo‗nalishlari (moliyaviy, tovar, ishchi kuchi va boshqalar), shu bilan ularning rivojlanishi va farovonligi uchun eng qulay sharoitlarni qo‗llab-quvvatlaydi. Shunday bo‗lsada bugungacha uning shaklu shamoyiliga, tadqiqot doirasiga, ob‗yektiga aniq bir ta‗rif berilmadi. Bu bir tomondan yangidan shakllangan har bir 1 Исаев Б. А.Геополитика: Учебное пособие.— СПб.: Питер, 2006. — C.6. 7 fan uchun o‗ziga xos xususiyat bo‗lsa, ikkinchi tomondan geosiyosiy jarayonlarning naqadar murakkabligi bilan izohlanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda, ayniqsa sovuq urushi tugashi arafasida «Geosiyosat» atamasi ommabop atamaga aylandi. Fransuz olimi Iv Lakostning e‗tirof etishicha geosiyosat atamasi 1980 - yillardan boshlab, ayniqsa «sovuq urush» davri tugaganidan keyin nihoyatda keng qo‗llanila boshlandi. ―Geopolitikani o‗ziga xos muammoli ilmiy yo‗nalish sifatida ta'riflash mumkin, uning asosiy vazifasi asosan turli darajadagi (harbiy, iqtisodiy, siyosiy, sivilizatsion, ekologik) kuch maydonlarining fazoviy chegaralarini belgilash va prognoz qilishdir‖ 1 . N.A Nartovning. ta'rifiga ko‘ra geosiyosat - bu fan, yerdagi makonni boshqarish haqidagi bilimlar tizimidir 2 . Yana uning fikricha geosiyosat oraliq fan bo‗lib, maxsus o‗ziga xos tadqiqot maydoniga ega emas. Siyosatga, siyosiy hodisalarga ko‗proq e‗tiborini qaratsada, ularni geografik omillar, aspektlar asosida umumlashtiradi. O‗z navbatida geosiyosat davlatning ichki, tashqi siyosatini tushuntirishda, asoslab berishda bir qator geografik omillardan keng foydalanadi: chegara tafsifi, tabiiy va qazilmalar resurslarga boyligi, u joylashgan orol yoki quruqlikning qulayligi, iqlimi, relefi va boshqalar. Uzoq yillar davomida geosiyosatda hal etuvchi omil metropoliyaning geografik makonda kengayib borishi asosiy ahamiyat kasb etib kelgan edi. Vaqt o‗tishi bilan bu omil o‗z ahamiyatini davlatlar o‗rtasidagi hamkorlikka, tenglikka asoslangan o‗zaro hamkorlikka asoslangan munosabatlarga bo‗shatib bera boshladi. K. Xausxofer unga quyidagicha ta'rif beradi: geosiyosat geogragik kenglikni davlat nuqtai nazaridan o‗rganadigan fandir. A.Dugin geosiyosatni dunyoqarash deb biladi va quyidagi majoziy ta'riflarini beradi: - geosiyosat bu hokimiyat dunyoqarashidir, hokimiyat uchun fan; - siyosiy elita intizomi; - hukmdor haqida qisqa qo‗llanma, kuch egalik qilish darsligi; Geosiyosat- bu g‗oliblik haqidagi fandir 3 . Аmerikalik geosiyosatchi Kolin Filint oʼzining 2006 yilda nashr etilgan ―Geosiyosatga kirish‖ kitobida Geosiyosat - bu tasavvurlarni uyg‗otadigan so‗z. Bir ma'noda, bu so‗z urush, imperiya va diplomatiya g‗oyalarini qo‗zg‗atadi. geosiyosat - bu hududlarni boshqarish va raqobatlashadigan davlatlarning amaliyotidir. Geopolitika obrazlarni yaratishni nazarda tutadigan yana bir ma'no bor: geosiyosat, nazariya, til va amaliyotda hududlar va odamlar massasini tasniflaydi. Masalan, Sovuq Urush - bu hududni boshqarish ustidan ziddiyat bo‗lib, 1 Колосов В.А., Мироненко Н.С. Геополитика и политическая география: Учебник для вузов. – М.: Аспект Пресс, 2001 C.18. 2 Нартов Н.А. Геополитика: Учебник для вузов / Под ред. Проф. В.И. Староверова . –2-е изд. – М.: ЮНИТИ- ДАНА, Единство, 2004.C.12. 3 Макошев А.П. Политическая география и геополитика: Учебное пособие. – Горно –Алтайск, 2005, - C.53. 8 u ―temir parda‖ va ―erkin dunyo‖ va kommunizmning ―tahdidi‖ ning geografik asosidagi tasvirlari orqali qo‗zg‗atilgan va oqlangan 1 . Bugungi kunda bu atama barcha davlatlarning OAV larida jurnalistlar nafaqat Yevropa davlatlari o‗rtasidagi hududiy raqobatchilikni, ayni damda unga qarshi jamoatchilik fikridagi e‗tirozlarni ham ko‗tarib chiqishmoqda. Ba‗zan esa geosiyosat atamasi turli hodisalarga, jumladan hech qanday aloqasi yo‗q hodisalarga nisbatan ham ishlatilmoqda. «The Economist» jurnalida e‗tirof etilishicha geosiyosat atamasi fundamental hodisa hisoblansada, uni shunday bir yorliqqa qiyoslash mumkinki, bu yorliqni istalgan hodisaga ilib q o‗yish mumkin. O‗zida iqtisodiy va siyosiy geografiyani umumlashtirgan geosiyosat harbiy yoki diplomatik tarixga shunchaki qo‗shilgan oddiy hodisa emas. Geosiyosiy uslub ularni o‗zlashtirgan holda namoyon bo‗ladi. Alohida tadqiqot, masho‗ulot sohasi sifatida, dunyoga nazar tashlash uslubi sifatida geosiyosat asoslari fanining istiqbollari quyidagi holatlar bilan o‗z dolzarbligini namoyon qiladi: 1) jamiyatning demokratik, fuqarolik siyosiy madaniyatini shakllantirishda, aholii tafakkurini qaramlik tafakkur tarzidan xalos bo‗lishida, radikal geosiyosiy hatti - harakatlar mohiyatini anglab yetishda geosiyosatning asoslarini o‗rganish muhim ahamiyat kasb etadi; 2) geosiyosiy paradigmalar, alohida faoliyat turi sifatidagi geosiyosat shakllanayotgan ko‗p qutbli dunyoda, jahon hamjamiyatida munosib o‗rin egallashida muhim ahamiyat kasb etadi; 3) endigina shakllanayotgan geosiyosat fani oldida g‗arb geosiyosati erishgan yutuqlarni o‗zlashtirish, uning asosiy tendensiyalarini, hozirgi zamon geosiyosiy jarayonlarining rivojlanish xusiyatlarini o‗rganish kabi masalalar turibdiki, ularning yechimi O‗zbekistonning Markaziy Osiyoda, jahon hamjamiyatida tutgan maqomini belgilab olishda o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi. Fransuz geosiyosatchisi Mishel Fushe ingliz va nemis geosiyosati xususida fikr yuritib, jahonda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni qo‗lga kiritish ustida kurash natijasidagi ehtiyoj natijasida yuzaga kelganligini ta‗kidlaydi. Uning fikricha geosiyosat faqatgina uslub hisoblanmasdan, ayni damda tasavvur va amaliyot ham hisoblanadi 2 . Negaki dastlabki geosiyosatchilar sifatida turli davrlarda turli hukmdorlar maydonga chiqishgan. Geosiyosatni tasavvur sifatida shu ma‗noda e‗tirof etiladiki qator geosiyosiy maktablar ilgari surgan nazariy muhokamalar dunyo haqidagi tasavvurlarni inikos ettirgan, u yoki bu davlatning olib borayotgan siyosatini belgilab bergan. Geosiyosat metod sifatida ilmiy, pedagogik ahamiyatga ega bo‗lgan bilimlar mohiyatini ifoda etgan. 1 Colin Flint. Introduction to Geopolitics. Madison Ave, New York,2006 P-13. 2 Дугин А. Основы геополитики. Арктогея. – Москва. 1997-С.35. 9 Insоniyatning kеlаjаgi to‗g‗risidа hаr хil fаrаzlаrni o‗rtаgа qo‗yayotgаn turli siyosiy vа ilmiy dоirаlаr – siyosаtshunоslаr, tаriхchilаr, fаylаsuflаr, futurоlоglаr, аstrоlоglаr vа bоshqаlаr ХХI аsrdа insоniyatning tаqdiri qаndаy bo‗lishi hаqidа hаr kuni turli-tumаn fаrаzlаrni ilgаri surmоqdаlаr. Glоbаl dunyo tаrtibоtini, zаmоnаviy gеоsiyosiy vа хаlqаrо munоsаbаtlаrni yaхshilаsh uchun аyrim tаdqiqоtchilаr libеrаl-dеmоkrаtik qаdriyatlаrni rivоjlаntirishni tаklif qilsаlаr, bоshqаlаr insоniyatgа tаhdid sоlаyotgаn milliy-etnik vа shu аsоsdа kеlib chiqаdigаn etnik ziddiyatlаr, mаdаniyatlаrаrо kоnfliktlаr, ijtimоiy, iqtisоdiy, mоliyaviy vа ekоlоgik vа hоkаzо оfаtlаrgа qаrshi turishning kеskin yo‗llаrini izlаmоqdаlаr. Birоq, gеоsiyosаtchi оlim V.А.Dеrgаchеvning so‗zlаri bilаn аytgаndа, insоniyatgа хаvf tug‗dirаyotgаn jаdаl rivоjlаnаyotgаn, o‗zgаruvchаn vа glоbаllаshib bоrаyotgаn jаhоn hоdisа vа jаrаyonlаri chuqur gеоsiyosiy tаfаkurgа, jiddiy glоbаl yondаshuv vа prоfеssiоnаl tаdqiqоtlаrgа аsоslаngаn jаvоblаrgа ehtiyoj sеzаyotgаni ulаrning hаmmаsigа birdаy хоs хususiyatdir. Uning fikrichа, ХХ аsrdа, gаrchi ilmiy-tехnikа tаrаqqiyoti tаntаnа qilgаn bo‗lsа-dа, yer kurrаsi vа hаr bir mаmlаkаtdа sоdir bo‗lаdigаn glоbаl o‗zgаrishlаrning оqibаtlаri to‗g‗risidа mаntiqiy vа mаlаkаli fikr yuritish hаmdа хulоsаlаr chiqаrish imkоnini bеrаdigаn fаn аsоslаri yarаtilgаni yo‗q. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling