O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tеrmiz dаvlаt univеrsitеti
Download 331.5 Kb.
|
sayfiddin BMI
Galogenlar
Galogenlar vodorod bilan HR kabi vodorodli birikmalarni hosil qiladi, bu birikmalarning suvdagi eritmalari kislotalar hisoblanadi. Masalan: HF–vodorod ftorid yoki ftorid kislota, HCl–vodorod xlorid yoki xlorid kislota. Galogenlarning reaksiyaga kirishish xususiyati F–Cl–Br–J qatorda kamayib boradi. Shu sababli oldingi element o`zidan keyingisini HG tipidagi kislotalardan va ularning tuzlaridan siqib chiqaradi. F2›Cl2›Br2›J2. Ularning tartib raqamlari ortishi bilan fizikaviy xossalari ma`lum qonuniyat asosida o`zgarib boradi: F–qiyin suyuqlanadigan gaz, Cl–oson suyuqlanadigan gaz, Br–suyuqlik, J–qattiq modda. Ftor F zaharli och yashil gaz. Ftor suyuqlantirilgan birikmalarini elektroliz qilib olinadi. U kuchli oksidlovchi, hatto ayrim nodir gazlarni ham oksidlaydi: 2F2 + Xe = XeF4 Ftor polimer materiallar–ftoroplastlar sintez qilishda, raketa yoqilg`isi sifatida, uning ayrim birikmalaridan tibbiyotda ham foydalaniladi. HF ning o`ziga xos muhim xususiyati–kremniy (IV) oksid bilan o`zaro ta`sirlasha olishidir: 4HF + SiO2 = SiF4 + 2H2O HF shishani yemiradi, shu sababli parafin, kauchuk, polietilen yoki qo`rg`oshindan yasalgan idishlarda saqlanadi. HF metall quymalardan qumni yo`qotishda va shishaga ishlov berishda ishlatiladi. Brom Br og`ir qizil–qo`ng`ir suyuqlik. Brom bug`lari zaharli bo`lib, teriga tushganida qattiq kuydiradi. Yod J qora–gunafsha qattiq modda. Qizdirilganda gunafsha bug`lar hosil bo`ladi, ular sovitilganda yana kristallga aylanadi. Yodning sublimatlanishi amalga oshadi. Brom va yod suvda kam eriydi, bunda tegishlicha bromli yoki yodli suv hosil bo`ladi. Organik erituvchilarda–spirtda, benzolda, benzinda, xloroformda yaxshi eriydi. Brom va yod kuchli oksidlovchilar bo`lib, ularning bu xususiyatidan moddalarni turli xil analiz va sintez qilishda foydalaniladi. Brom bilan yodning ko`p miqdorlari dori–darmon tayyorlashda ishlatiladi. Download 331.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling