O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi tеrmiz dаvlаt univеrsitеti
I.2 Metallmaslar tabiatda tarqalishi va davriy jadvaldagi o’rni. Nodir gazlar
Download 331.5 Kb.
|
sayfiddin BMI
I.2 Metallmaslar tabiatda tarqalishi va davriy jadvaldagi o’rni.
Nodir gazlar Ingliz fizigi J.Reley Ramzay atmosferadagi azot tarkibida yana qandaydir noma'lum gaz aralashmasi bo‘lsa kerak degan fikrga kelishdi. Bir necha muddat davomli tekshiruvlardan so‘ng mazkur ikki olimlar o‘sha noma'lum gazning spektrini olishga va uni atmosfera azotidan ajratib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Kashfiyotchilar o‘zaro kelishib ushbu yangi gazni argon deb nomlashga qaror berishdi. «Argon» qadimgi yunon tilida «faoliyatsiz»degan ma'noni anglatadi. Darhaqiqat argon kimyoviy reaksiyalarga kirishish xususiyatiga ega emas. Ancha vaqtgacha argonni kimyoviy element deb qaralmagan, balki, uni azotning allatropik shakl o‘zgarishi deb hisoblangan. (Kislorod va ozon gazi singari).1895 yilda esa uran minerali bo‘lmish kleveitdan boshqa bir «faoliyatsiz» element - geliy ajratib olindi. (Geliyni dastlab Quyoshda, so‘ngra vulqon gazlarida va yer atmosferasida aniqlangan). Oradan 3 yil o‘tib, havodan neon, kripron va ksenon ajratib olindi. Ularning nomlari mos ravishda «yangi», «yashirin» va «begona» ma'nolarni anglatadi.Bu elementlarning kashf etilishida U.Ramzayning xissasi juda katta bo‘lgan. Bunda havoni siqish va suyuqlantirish haroratining farqlanishiga ko‘ra, ularni fraksiyalarga ajratish texnikasi qo‘llanilgan. Vanihoyat 1899 yili olimlar E.Rezerford va R.Ouenslar radioaktivlik hodisasi asosida oxirgi inert gaz - radonni kashf etishdi. Radonning nomi radiy elementidan olingan, chunki radon - radiyning radioaktiv parchalanishi mahsulidirNodir (inert) gazlar deb D. I. Mendeleyev davriy jadvali VIII guruh asosiy guruhchasi elementlariga aytiladi. Ularga He, Ne, Ar, Kr, Xe va Rn elementlari kiradi. Ular atomlarining tashqi pog`onasida 8 tadan ns2np6 (geliyda 2 ta) elektron bo`ladi. Ilgari bunday atomlar elektronlarini bermaydi, elektronlar biriktirib ham olmaydi hamda umumiy elektronlar jufti ham hosil qilmaydi, deb hisoblanar edi. Lekin 1962–yilda nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi–ksenon tetraftorid XeF4 olindi bora - bora XePtF6, XeF2, XeF6 kabi yangi kimyoviy birikmalar formulalari paydo bo‘ldi, shundan keyin nodir gazlar kimyosi jadal sur`atlar bilan rivojlana boshladi. Ayniqsa Xe kimyosi ma`lumotlarga boy, Xe birikmalari xossalari jihatidan J ning tegishli birikmalariga o`xshaydi. Xe F bilan o`zaro ta`sir ettirilganda tajriba sharoitlariga qarab XeF2, XeF4 yoki XeF6 olinadi. Odatdagi haroratda bularning hammasi–oq rangli qattiq moddalar. Kimyoviy jihatdan eng faoli XeF6 bo`lib, u qumtuproq bilan oson reaksiyaga kirishadi: 2XeF6 + SiO2 = 2XeOF4 + SiF4 Bunda hosil bo`ladigan ksenon oksitetraftorid XeOF4 odatdagi haroratda–uchuvchan rangsiz suyuqlik. Ksenon ftoridlarning hammasi suv bilan o`zaro ta`sirlashadi. Bunda diftorid va tetraftorid bilan bo`ladigan reaksiyalarda ksenon, kislorod va vodorod ftorid hosil bo`ladi: 2XeF2 + 2H2O = 2Xe + O2 + 4HF XeF4 + 2H2O = Xe + O2 + 4HF Lekin geksaftorid suv bilan reaksiyaga kirishganda yangi birikma–ksenon (VI) oksid hosil bo`ladi: XeF6 + 3H2O = XeO3 + 6HF Ksenon (VI) oksid XeO3–rangsiz kristall modda, qattiq holatida ancha portlovchan bo`ladi (portlash kuchi jihatidan u trinitrotoluoldan qolishmaydi), eritmada esa barqaror va xavfsizdir. Ksenon ftoridlari kuchli oksidlovchilar. Ular vodorod bilan o`zaro ta`sur ettirilganda ksenonga qadar qaytariladi. Bundan toza ksenon olishda foydalaniladi. XeF6 + 3H2 = Xe + 6HF ; XeF6 + 6KJ = Xe + 3J2 + 6KF Ksenon ftoridlaridan keyin radon ftoridini olishga muvaffaq bo`lindi. Lekin radon juda radioaktiv bo`lgani uchun bu birikma kam o`rganilgan. Kripton ftoridlari KrF2 va KrF4 ham olingan, lekin ular ksenon birikmalariga qaraganda beqarorroqdir. Geliy, neon, argonlarning birikmalari olinmagan. Kislorodli birikmalardan XeO3 dan tashqari XeO4 va ularga muvofiq keluvchi kislotalar H6XeO6 va H4XeO4 ham oligan. Bu kislotalar beqaror bo`lgani bilan ularning tuzlari–ksenatlar (masalan, Na4XeO6, Ba3XeO6) va perksenatlar (masalan, Na6XeO6, Ba2XeO6)–xona haroratida ancha barqaror kristall moddalardir. Kripton kislotaning tuzlari–bariy kriptat BaKrO4 ham olingan. Nodir gazlarning ion bog`lanishli birikmalari ham ma`lum. Nodir gazlarning atomlaridan elektronlarni tortib olish uchun ftorga nisbatan ham kuchli oksidlovchi bo`lgan platina geksaftorid–to`q qizil rangli gazdan foydalanildi. Hamda nodir gazlarning ion bog`lanishli birikmalarini olishga muvaffaq bo`lindi. Ksenonning platina geksaftord bilan reaksiyasini shunday ifodalash mumkin: Xe + PtF6 = Xe+[PtF6]– Hosil bo`lgan ksenon geksaftorplatinat–ion kristall panjarali, to`q sariq rangli qattiq modda. Download 331.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling