Diniy ekstremizm va terrorizm vujudga kelishining tarixiy shart-
sharoitlari va ijtimoiy-g’oyaviy ildizlari
Bolshevistik mafkuraning dinga va dindorlarga nisbatan qatag’on siyosatini qo’llashi odamlar ongidan diniy e’tiqodni chiqarib, kommunistik e’tiqodni singdirish edi. Islom ma’rifatini ta’qiqladi.
2. Islom dinining o’n minglab mo’’tabar ruhoniylari qatag’on qilindi. Minglab masjidlar, yuzlab madrasalar buzib tashlandi.
3. Sho’ro tuzumi kommunistik aqidaparastlikka asoslangan edi. Aqidaparastlik – bu ekstremizmdir.
4. Kommunistik tuzum mafkurasi dahriylik (dinsizlik) bo’lgani uchun u har qanday dinga qarshi ayovsiz kurash olib bordi. G’arazli, ma’naviyatga zid mafkura sobiq ittifoq tugatilganidan keyin ham o’zining salbiy rolini o’ynab, diniy fanatizm va an’anaviylik uchun sharoit yaratdi. Ayrim diniy konfessiyalar (Rus pravoslav,
Rim-katolik, Arman-grigorian, Lyuteran cherkovlarida, baptistlik va boshqa joylarda ham shu hol ro’y berdi).
Odamlar XX asr 80-90-yillari o’rtalariga qadar Qur’oni karimdan bahramand bo’lmagan edi. Ateistik tarbiya kuchaytirildi. O’zbekistonda diniy ulamolar asosiy qismi jismoniy jihatdan mahv qilindi. Natijada chala mullalar paydo bo’ldi. Ular xalqimiz islom dinining haqiqiy mohiyati va bexabarligidan foydalanib, turli g’arazli mafkura maqsadlari yo’lida “ko’prik”ka aylandi. Natijada ayrim yoshlar “chala mullalar”ga ergashib adashdilar
Аvvаlо хаlqаrо tеrrоrizmning Mаrkаziy Оsiyogа, хususаn O‘zbеkistоndа хаvfini quyidаgi hоlаtlаr bilаn izоhlаsh mumkin:
Mаrkаziy Оsiyodа bеqаrоrlikni vujudgа kеltirish, buning uchun tеrаktlаr, bоsqinchilik hаrаkаtlаrini аmаlgа оshirish tеrrоrizm mаqsаdidir.