O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti


“O’zbek islomchilari”ning moliyaviy manbalari


Download 5.96 Mb.
bet104/159
Sana17.09.2023
Hajmi5.96 Mb.
#1680231
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159
Bog'liq
Dinshunoslik

5. “O’zbek islomchilari”ning moliyaviy manbalari

“O’zbek islomchilari” niqobi ostidagi ekstremistik guruhlar xorijiy gumashtalari bilan ko’plab jinoyatlar qilib, O’zbekistonni tark etgan guruhlarni har taraflama qo’llab-quvvatlashga urinib kelgan. Xorijiy mamlakatlardagi qon-qardoshlik,


g’oyaviy-siyosiy tamoyillarga asoslangan diniy, siyosiy partiyalar diniy ekstremistlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlab kelgan. Masalan, Turkiyaning “Refak” partiyasi rahbari, shu mamlakat sobiq Bosh vaziri N. Erbaqon 1997 yilda Tohir Yo’ldoshga 100000 dollar miqdorida mablag’ ajratgan. Turkiya sobiq Bosh vaziri N. Erbaqonning qo’llab-quvvatlashi tufayli Germaniyada harakat qilayotgan turkiyalik muhojirlarning tijorat tashkiloti – “Milliy gurush”ning kotibi Muhammad Kuchak orqali Tohir Yo’ldoshga qurollanish uchun bir necha yuz ming dollar berilgan. Qurol-yarog’larni yerkazish esa bir necha siyosiy partiyalar orqali amalga oshirilgan. MDHga a’zo davlatlar hududlaridagi diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlariga 60 ga yaqin xalqaro tashkilotlar, 100 dan ortiq xorijiy kompaniyalar va o’nlab bank guruhlari yordam bergan (2004).


Usoma bin Lodin boshliq “Butunjahon jihod fondi” terrorchilik harakatlarini doimo qo’llab-quvvatlab kelgan. Bu terroristik tashkilot turli mamlakatlarda jangarilarni tayyorlash uchun maxsus (Afg’oniston va boshqa mam.) mashg’ulot lagerlari tashkil etgan. “2000 yil 14 dekabrda u jangarilarni tayyorlashga 20 million dollar ajratganini e’lon qildi”.

1996 yilda ana shu xalqaro ekstremistik tashkiloti tomonidn Juma Namangoniyga 250 ming dollar miqdorida “sadaqa” bergan. Usoma bin Lodin 1999 yilning iyun oyida Tohir Yo’ldosh bilan Qudduz shahrida uchrashib, unga 500 ming dollar in’om qilgan (“Xalq so’zi”, 2000 yil 20 sentyabr). Uni Afg’onistondagi muxolifat Umarshayx tolibon qo’shinlari qo’llab-quvvatlagan.


Bin Lodin Afg’onistondagi “Tolibon” harakati bilan yaqin hamkorlik qilgan. Tolibonlar jahonda ishlab chiqariladigan afyunning 80 foizini o’z nazoratiga olgan. Rahbar cho’ntagiga 90 milliard dollar kelib tushardi. XX asr oxiriga kelib Usoma bin Lodin go’yoki “shovinistlar va xristianlar alyansi tomonidan musulmonlarga qilinayotgan adolatsizlikni bartaraf qilish uchun kurashyapmiz... Biz rahmdil va hamma narsaga qodir Ollohdan bizga g’alaba tuhfa etishini iltijo qilamiz” (1996 yil 23 avgustdagi nutqida) shiori musulmon mamlakatlariga tarqatildi. Amerikaliklar buni urush e’lon qilish deb baholadi.


2001 yil 11 sentyabrda AQShga qilingan terroristik guruh rahbari Usoma bin Lodin boshchiligida qilingan terakt edi. Natijada bu teraktdan AQShning 3 ming odami nobud bo’ldi.



109

7.3. O‘zbеkistоn Rеspublikаsidа diniy ekstrеmizm vа tеrrоrizm хаvfining оldini оlishning huquqiy аsоslаri

Diniy ekstrеmizm vа tеrrоrizm хаvfi оldini оlish, eng аvvаlо, ko‘p


jihаtdаn diniy mutааssiblik vа


fundаmеntаlizm, ekstrеmizm vа tеrrоrizm o‘z tаriхiy-ijtimоiy kеlib chiqishi, bа’zi juz’iy jihаtlаri bilаn bir-biridаn mа’lum dаrаjаdа fаrq qilsаdа, ulаr umumiy bir zаnjirning хаlqаlаridir. Diniy fundаmеntаlizm vа ekstrеmizm mаvjud ekаn, tеrrоrchilik хаvfi hаmmа vаqt sаqlаnib qоlаdi.


Diniy fаnаtizmning “оtilib chiqishi”gа sоf diniy ziddiyatlаrdаn ko‘rа ko‘prоq ijtimоiy, siyosiy vа iqtisоdiy muаmmоlаrning hаl qilinmаgаnligi sаbаb bo‘lаdi. Аslini оlgаndа, аyni Shu


muаmmоlаr bоshqаchа fаnаtizmni,


dеylik, bоlьshеvistik, millаtchilik ruhidаgi fаnаtizmni kеltirib chiqаrаdi.



Download 5.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling