O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi Toshkent moliya instituti “buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti hba-82 talabasi omonov sherzod Mavzu: auditorlik xulosasi uchun javobgarlik reja: 1. Аудиторлик хулосасини тузиш. 2. Аудиторлик ҳисоботини тузиш 3. Auditorlik tashkilotining huquqlari majburiyatlari va javobgarligi 4. Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun javobgarlik Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi. Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi uchta qismdan iborat:
kirish
ta’kidlovchi
yakunlovchi
Kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi: - auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;
- litsenziyasining tartib raqami;
- auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;
- auditorlik tashkilotini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi guvohnomasining raqami;
- auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;
- tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti rahbarining nasabi, ismi-sharifi.
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ektning umumiy tavsifi.
Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin: Salbiy auditorlik xulosasi tuzish auditorlik amaliyotida kamdan-kam uchraydigan holat bo’lib, bunga quyidagi muayyan vaziyatlar sabab bo’lishi mumkin: - auditor tomonidan aniqlangan buxgalteriya hisobotidagi xato-kamchiliklar jiddiy va salmoqli bo’lgan holatlar; ayrim mijoz-korxonalarda bunday holatlar ularning iqtisodiy nosorligi bilan birgalikda yuzaga , hatto amal qilayotgan korxona printsipining buzilishiga etib boradi;
- moliyaviy hisobotni tasdiqlash uchun zarur bo’lgan dastlabki hujjatlar, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va hisob registrlari hamda boshqa hujjatlarning katta qismi korxona ma’muriyati tomonidan taqdim etilganda; bunda auditorlik tashkiloti vujudga kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda №70-AFMSga muvofiq auditorlik xulosasi tuzishdan voz kechishi ham mumkin;
- ijobiy auditorlik xulosasi tuzishga to’sqinlik qiladigan boshqa ob’ektiv vaziyatlar ham, xususan, vaziyat taqazosi vujudga keladigan srhani cheklashlar;
- mijoz-korxona ma’muriyati moliyaviy hisobot ma’lumotlarini asosan to’g’ri deb, auditorlik xatolar va noaniqliklar to’g’risidagi asosiy xulosalari bilan rozi bo’lmasdan, tegishli hisob yozuvlarini tuzatishni batamom rad etish holatlari va hakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |