O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Sof foyda va uning ishlatilishini hisobda aks ettirish


Download 5.72 Mb.
bet140/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

19.8. Sof foyda va uning ishlatilishini hisobda aks ettirish.


Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari bilan jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining farqidir.
Odatda korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasi yil oxirida aniqlanadi. Buning uchun korxona buxgalteriyasida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» scheti ochiladi. Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag‘ida hisobga olib boriladi.
Bu schet hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy moliyaviy natijasini shakllanishi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Ushbu hisobvaraq tranzit bo‘lib, aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Hisobvaraqning debetida zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni sof foydasini yoki zararini aks ettiradi. Har bir hisobot davrining oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schetining debet va kredit tomonlari ko‘rsatkichlari jamlanib bu schetning umumiy saldosi hisoblab chiqariladi. Hisoblab topilgan saldo hisobot davrida soliqqa tortilgunga qadar bo‘lgan umumiy balans foydasi (yoki zarari)ni ko‘rsatadi.
Hisobot yilining oxirida 9810 « Daromad (foyda) soliqi bo‘yicha xarajatlar » va 9820 «Yig‘imlar va boshqa majburiy ajratmalar bo‘yicha xarajatlar» schetlarida foyda (daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Yillik hisobotni tuzishda xotima provodkalar bilan hisoblangan solio‘ va yiYoimlar summasi o‘uyidagi provodka bilan hisobdan chio‘ariladi:
D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9810 «Daromad (foyda) soliqi bo‘yicha xarajatlar»
K-t 9820 «Yig‘imlar va boshqa majburiy ajratmalar bo‘yicha xarajatlar»
Yilning sof foydasi, soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, u soliqlar to‘langunga qadar olingan foydadan minus foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda aniqlanadi:



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling