O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


BUXGALTYERIYA HISOBI (3-4-5 MODUL)


Download 5.72 Mb.
bet2/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

BUXGALTYERIYA HISOBI (3-4-5 MODUL)
MOLIYAVIY VA BOSHQARUV HISOB


15-BOB. ASOSIY VOSITALAR HISOBI
15.1.Asosiy vositalar hisobini tashkil qilish hamda uning vazifalari.
15.2. Asosiy vositalarni turkumlash va ularni baholash.
15.3. Asosiy vositalarni xo‘jalik sub’ekti balansiga kirim qilish yo‘llari.
15.4. Kapital qo‘yilmalarni hisobga olish.
15.5.Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish.
15.6.Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash tartibi va usullari.
15.7.Asosiy vositalarni ta’mirlash operatsiyalarini hisobga olish.
15.8. Asosiy vositalarni qayta baholash muomalalarini hisobda aks ettirish.
15.9. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi.
15.10. Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi.



Tayanch so‘z va iboralar: boshlang‘ich qiymat, amortizatsiya, to‘g‘ri chiziqli, kumiliyativ, jadallashgan, eskirish, qoldiq qiymat, tugatish qiymati, inventar kartochkalar, moliyaviy ijara, joriy ijara, texnik qarov, texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash, kapital qo‘yilmalar, kapital ta’mir, asosiy vositalarni rekonstruksiyasi, asosiy vositalarni qayta baholash, ta’mirlash, hisobdan chiqarilishi, inventarizatsiya, joriy baholash, bozor bahosi.




15.1. Asosiy vositalar hisobini tashkil qilish hamda uning vazifalari.


Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o‘zining tabiiy ko‘rinishini saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini asta-sekin o‘tkazadigan mehnat vositalari(qurollari)ga aytiladi. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, mashina, uskuna, ho‘jalik inventarlari, asbob-uskunalar va boshqalar kiradi. “Asosiy vositalar” deb nomlangan 5-sonli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)da berilgan ta’rif quyidagicha: asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlardir.
5-son “Asosiy vositalar” nomli BHMS xo‘jalik sub’ektlari tomonidan barcha asosiy vositalarni, jumladan, muddatli ijarani ham hisobga olish holda qo‘llaniladi, buxgalteriya hisobining boshqa standarti shartlari bo‘yicha asosiy vositalar buxgalteriya hisobining boshqa uslubi qo‘llanishi talab etilsa, yoki shunga yo‘l qo‘yish hollari bundan mustasno. Shuningdek asosiy vositalar hisobini yuritishda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli 1-son BHMS, “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar” nomli 2-son BHMS, «Ijara hisobi” nomli 6-son BHMS, “Buxgalteriya balansi” nomli 15-son BHMS, “Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi kutilmagan hodisa va xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan voqealar” nomli 16-son BHMS, “Kapital qurilish bo‘yicha pudrat shartnomalari» nomli 17-son BHMS, “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” nomli 19-son BHMS, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma” nomli 21-son BHMSlaridan keng foydalaniladi.
Iqtisodiyotni moderinizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda asosiy vositalarning o‘rni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o‘ynaydi, chunki ular barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tayanadigan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish quvvatini baholash mezoni bo‘lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi.
Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishda asosiy e’tibor beriladigan jihatlari, bu asosiy vositalarni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, asosiy vositalarni guruhlarga ajratish, mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan baholash qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning qiymatidagi o‘zgarishlarni, asosiy vositalar xarakati hisobi va ularning chiqib ketishi hisobini belgilashdan iborat. Asosiy vositalarni hisobga olishdagi nizom hamda yo‘riqnomalar asosida tashkil etish. Asosiy vositalarning chiqib ketishi va ularni ijaraga berilishidan moliyaviy natijalarni aniqlash tartibini belgilash va hisobga olish asosiy qoidalarini korxona buxgalteriya xizmati bo‘limida tashkil qilish hisoblanadi.
“Asosiy vositalar” nomli 5-son BHMSga asosan, asosiy vositalar uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- asosiy vositalarning olinishi, hisobdan chiqarilishi, joyi o‘zgartirilishini hisobda to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;
- asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo‘lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;

  • asosiy vositalarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’yoriy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;

  • ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo‘yicha mavjudligi va asralishini, ayrim hollarda ularning asralishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar bo‘yicha nazorat qilish;

- asosiy vositalarning eskirishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqish va uni hisobda to‘g‘ri aks ettirish;

  • ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan vositalarning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;

  • eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

- hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
Hisob va rejalashtirishda asosiy vositalar ma’lum guruhlarga bo‘linib hisobga olinadi va rejalashtiriladi. Chunki asosiy vositalarni hisobga olish, rejalashtirishni to‘g‘ri tashkil qilishning muhim sharti bo‘lib, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi.
16 sonli (IAS) BHXS da “Asosiy vositalar – quyidagilar uchun mo‘ljallangan moddiy aktivlardir: (a) mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki yetkazib berish, yoki xizmatlarni ko‘rsatish, yoki boshqa tomonlarga ijaraga berish, yoki ma’muriy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljalangan; (b) bir davrdan uzoqroq muddat davomida foydalanilishi kutilgan” deb tarif berilgan.
Mol-mulkdarni asosiy vositalar tarkibiga o‘tkazish tartibi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003 yil 9 oktyabrdagi 114-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-BHMS) "Asosiy vositalar" (2004 yil 20 yanvarda 1299-son bilan bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 yil, 3-son, 35-modda)ga muvofiq va ushbu mol-mulkni xarid qilish vaqtida olingan pasport va tavsiflar, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa texnik hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasi (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
v) ko‘rpa-to‘shak anjomlari;
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar);
d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
e) tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).
Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga o‘tkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi.
Ko‘p yillik ko‘chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlariga kapital qo‘yilmalar har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qat’i nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling