O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport vositalari.
Mebel va ofis jihozlari. Mebel va idora anjomlari - ishlab chiqarish va ma’muriy foydalanish uchun mo‘ljallangan mebel va anjomlar. Ushbu guruhga stollar, javonlar, mebel to‘plamlari, kreslolar, temir sandiqlar va hokazolar kiradi.
Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi. Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikalari ma’lumotlarni o‘zgartirish va saqlashga mo‘ljallangan uskunalar. Ularga aloqa tizimlari inshootlari, o‘lchash va tashkiliy texnika vositalari, ma’lumotlarni saqlash vositalari, teatr-sahna uskunalari kiradi. Hisoblash texnikalariga ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlaydigan, shunga o‘xshash va aynan raqamli mashinalar, elektron, elektromexanik va mexanik hisoblash komplekslari va mashinalari, turli masalalarni yechish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash, qidirish va qayta ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan moslamalar kiradi. Tashkiliy texnikaga – ko‘paytirish, nusxa olish texnikasi, yozuv mashinalari, kalkulyatorlar va boshqalar kiradi. Transport vositalari. Transport vositalari kishilar hamda yuk va turli maqsadlardagi narsalarni tashishga mo‘ljallangan harakat vositalari (temir yo‘l, suv, avtomobil, kommunal transporti va muhim neft quvur yo‘llari)dir. Transport vositalari - odamlar va yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan harakat vositalari – temir yo‘l harakat tarkibi; suv transporti harakat tarkibi; avtomobil transporti harakat tarkibi; havo transporti harakat tarkibi; shahar transporti harakat tarkibi, shuningdek boshqa turdagi transport vositalari kiradi. Boshqa turdagi transport vositalariga yuk va odamlarni tashishga mo‘ljallangan maxsus kuzovli transport vositalari kiritilishi mumkin. Asosiy vazifalari yuk va odam tashish uchun emas, balki ishlab chiqarish yoki xo‘jalik-maishiy vazifalar hisoblangan ixtisoslashtirilgan va qaytadan uskunalangan avtomobillar va avtomobil va traktor tirkamalari, temir yo‘l vagonlari (ko‘chma elektrostansiyalar, ko‘chma transformator uskunalari, ko‘chma ustaxonalar, vagon-labaratoriyalar, ko‘chma diagnostik uskunalar, vagon-uylar, ko‘chma oshxonalar, magazinlar, dushxonalar, klublar, idoralar va shu kabilar) transport vositalari emas, tegishli vazifani bajaruvchi harakatdagi korxonalar deb hisoblanadi va binolar (tegishli statsionar korxonalarga o‘xshab) va uskunalar sifatida hisobga olinadi. Tasnif ob’ekti bo‘lib barcha asboblari va jihozlari bilan har bir alohida ob’ekt hisoblanadi. Asbob va uskunalar ko‘l mehnati jarayonida ishlatiladigan yoki ish qismlarini kuchaytirish, oshirish uchun mashinaga biriktiriladigan vositalar (elektro-drellar, vibratorlar)dir. Ishlab chiqarish inventarlari ishlab chiqarish jarayonini yengillashtirishda ishlatiladi. Ularning tarkibiga bak, konteyner, inventar idishlari kiradi. Xo‘jalik inventari idora (ofis) ishlarini va xo‘jalikni yuritishda zarur bo‘lgan narsalardir. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling