1. Yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari


Download 26.29 Kb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi26.29 Kb.
#1467818
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIR CHO’MICHLI FRONTAL YUKLASH MASHINALARI


BIR CHO’MICHLI FRONTAL YUKLASH MASHINALARI

Reja:



1. Yuklash-tushirish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari

2. Avtomobil transportida ortish-tushirish ishlarini tashkil etish va mexanizatsiyalash



1. YUKLASH-TUSHIRISH ISHLARINI MEXANIZATSIYALASHTIRISH MASHINALARI


Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan transport vositalari asosan yuk avtomobillari MTÇ, TTÇ va boshqa rusumdagi transport traktor, 2ÏTÑ-5-793Ä1 va 2ÏTÑ-4-Ý31 o‘zi ag‘daradigan traktor tirkamalari yordamida paxta, g‘alla, pichan somon, poxol va boshqa sochiluvchan yuklarni tashiladi.
2ÏTÑ-5-793Ä1 o‘zi ag‘daradigan traktor tirkamasining texnik ko‘rsatkichlari:
Yuk ko‘tarish kuchi, kg .............................................5000 Massasi, kg................................................................ 1740 Eng katta harakat tezligi, km/soat.................................. 35 Platforma hajmi, m ..................................................... 6,69 G‘ildiraklarning o‘qlari orasidagi masofa, mm...........2500 G‘ildiraklar oralig‘i, mm .......................................... 1800 Tormoz yuritmasi ............................pnevmatik 4 g‘ildirakli Ko‘tarilgan platformaning og‘ish burchagi, grad........... 45
Transport vositalari. Transport vositasi deyilganda yuk va passajirlarni tashishga mo‘ljallangan ishlab chiqarish jihozi tushuniladi.
Davlat standartiga binoan umum foydalanish yo‘llarida ishlatishga mo‘ljallangan avtomobillar ikki A va B guruhga bo‘linadi. A guruhdagi avtomobil va avtopoyezdlar uchun bir o‘qdan yo‘lga tushuvchi eng ko‘p og‘irlik 100 kH dan ortiq bo‘lmasligi lozim. Bunda yonma-yon o‘qlar orasidagi masofa kamida 2,5 m bo‘ladi. Bunday avtomobillar yo‘l qoplamasi kapital va takomillashtirilgan I va II texnik kategoriyali yo‘llardagina ishlatiladi. B guruhdagi avtomobil va avtopoyezdlar uchun bir o‘qdan yo‘lga tushuvchi eng ko‘p massa og‘irligi 60 kH dan ortmasligi kerak. Bunda ham yonma-yon o‘qlar orasidagi masofa kamida 2,5 m bo‘ladi. Bunday avtomobillar umum foydalaniladigan barcha texnik kategoriyali yo‘llarda ham ishlatilishi mumkin.
Umum foydalanish avtomobil yo‘llarida ishlatiluvchi barcha avtomobil va avtopoyezdlar, ularning o‘lcham va massalarini cheklovchi talablarga javob berishi lozim. Bunday talablar barcha davlatlarda tegishli qonunlar asosida belgilanadi.
Egar tyagachli va bitta yarim tirkamali avtopoyezdlarning uzunligi 20 m dan, ikki va undan ortiq tirkamali avtopoyezdlarniki esa 24 m dan oshmasligi lozim.
Yuk avtomobillari o‘qidan yo‘l qoplamasiga tushuvchi kuchlar chegarasi avvalgi paragrafda berilgan.

Download 26.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling