O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
Bitiruv malakaviy ish bo’yicha rahbarning
XULOSASI
Talaba: Qurbonov Azmiddin Nuriddinovich
Маvzu: Dasturlash masalalarini testlash uchun mo’ljallangan platforma yaratish.
Bitiruv malakaviy ish hajmi: 70 bet
Yozma izoh qismi: 51 betdan iborat.
Chizma va grafiklar soni: 30 ta rasm, tasvirlardan iborat.
Bitiruv ish mavzuning dolzarbligi: Dasturlash sohasiga endigina qadam tashlagan, shu sohada o’zining mahoratini oshirish uchun muntazam ravishda dasturlash masalalarini yechish va bu orqali o’zining algoritmlash mahoratini oshirish dasturlash masalalarini yechishni o’rganuvchilar uchun ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy dolzarbligini bildiradi. Hozirgi zamonda barcha oliy ta’lim muassasalarida dasturlash masalalarini yechimini topishda avto-testlovchi tizimlar joriy etilmoqda. Bu dasturchilar bilim almashinuvini ta’minlab turuvchi asosiy tizim hisoblanadi. Bu yaratilgan platformda ham dasturlash masalalarini yechimini topishda avto-testlovchi tizim joriy etilgan bo’lib foydalanuvchilar uchun qulay interfeys va yangi imkoniyatlar yaratadi.
Bitiruvchining umumtexnik va maxsus tayyorgarligi tavsifi: Bitiruvchi kompyuter texnikasi va texnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan. C++, Python va Ubuntu operatsion tizimining yadrosi bo’yicha yaxshi nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega. Informatika va axborot texnologiyalari sohasidagi dasturiy injiniring va kompyuter injiniring yo’nalishlarining maxsus nazariy va amaliy tayyorgarligi talabga javob beradi.
Bitiruvchi talabaning mustaqil ishni bajarish layoqati, maxsus adabiyotlardan foydalanish qobiliyati va shaxsiy xususiyatlari: Talaba bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida o’quv va maxsus adabiyotlardan foydalana olish, mavzuga tegishli Internet materiallarini izlab topish va undan foydalana olish qobiliyatiga ega ekanligini shuningdek maxsus mutaxassislik fanlaridan yaxshi bilimga ega ekanligini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |