O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Asosiy vositalarni turkumlash va ularni baholash
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. 1 -rasm: Asosiy vositalarni turkumlash
- 15.2-rasm: Asosiy vositalarni bajaradigan vazifasiga ko‘ra turkumlash
15.2. Asosiy vositalarni turkumlash va ularni baholash.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt va firmalarda asosiy vositalar hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida ular muayyan tasnif ko‘rsatkichlari orqali guruhlarga bo‘linadi. Iqtisodiyot tarmoqlarida asosiy vositalarni turkumlash guruhlarga bo‘lishning tasnif belgilari quyidagilardir: iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, ya’ni,bajaradigan vazifasiga ko‘ra; ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra; ob’ektlarning joylashgan joyi (javobgarlik markaz)lari bo‘yicha soliq solish maqsadida guruhlash 15.1-rasm: Asosiy vositalarni turkumlash Makroiqtisodiy hisob-kitoblarni yuritish maqsadida asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy (fondlar) vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari bevosita moddiy ne’matlarni yaratishda ishtirok etadigan vositalaridir. Noishlab chiqarish asosiy vositalari guruhiga uy-joy hamda kommunal-xo‘jalik, maishiy xizmat, sog‘liqni saklash, ta’lim va boshqalarning asosiy vositalari kiritiladi. Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyot tarmoklarining turkumlanishiga muvofiq asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linishi mumkin: sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo va boshqalar tarmoqlar bo‘yicha turkumlanadi. Mikroiqtisodiy darajada, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob-kitoblarni yuritish maqsadida asosiy vositalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: 15.2-rasm: Asosiy vositalarni bajaradigan vazifasiga ko‘ra turkumlash Yer - O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka binoan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga mulk tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17-moddasiga binoan, “Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin”. Yerning qiymatiga uni xarid qilishda auksiondan yutub olingan bayonnomada ko‘rsatilgan narxi, ko‘chmas mulk agentlariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlar xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar ko‘shiladi. Bu yuridik shaxslar qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritishdagi korxonalar binolar va inshootlar qurish uchun yoki qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanayotgan yerlar, korxonalar binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi o‘tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari bo‘lishi mumkin. Yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital xarajatlar tarkibiga yerning unumdorligini oshirish, avtomobil va boshqa transport turlariga to‘xtash joylarini barpo etish hamda shunga o‘xshash boshqa xarajatlar kiradi. Yerni obodonlashtirish - o‘tish yo‘llari, avtomobillar va boshqa transport vositalari to‘xtash joylari, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan birgaliqda yer maydonini obodonlashtirishga taalluqli xarajatlar. Yer uchastkalari, o‘rmon va suv mulklari, ko‘p yillik o‘simliklarga inventar ko‘rinishidagi kapital qo‘yilmalar asosiy vositalar tarkibiga har yili o‘z jami ishlari nihoyasiga yetkazilgan yoki yetkazilmaganligidan qat’iy nazar, foydalanish uchun qabul qilingan maydonlarga oid xarajatlar summasida kiritiladi. Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish - uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bog‘liq kapital xarajatlar. Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling