O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Binolar, inshootlar va uzatgich moslamalari


Download 5.72 Mb.
bet4/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

Binolar, inshootlar va uzatgich moslamalari – ularga ishlab chiqarish, ma’muriy, ijtimoiy-maishiy maqsadli binolar kiradi.
Ushbu bo‘linmaning tasnif ob’ekti bo‘lib har bir alohida turuvchi bino hisoblanadi. Agar binolar bir-biriga tutashib ketgan va umumiy devorga ega bo‘lsa, lekin har biri mustaqil konstruktiv yaxlitlikni tashkil qilsa, ular alohida ob’ektlar hisoblanadi.
Mustaqil xo‘jalik yuritish ahamiyatiga ega bo‘lgan binoining tashqi qo‘shimcha qurilmalari, qozonxonalarning alohida binolari, xovlidagi imoratlar (omborlar, garajlar, to‘siqlar, devorlar, quduqlar va boshqalar) mustaqil ob’ektlar hisoblanadi.
Binoga qo‘shib qurilgan xonalar va do‘konlar, oshxonalar, sartaroshxonalar, atelelar, xo‘jalik buyumlari punktlari, bolalar bog‘chalari, yaslilar, aloqa bo‘limlari, banklar va binoning asosiy vazifasidan farqli boshqa vazifaga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar uchun moslashgan boshqa xonalar mustaqil inventar ob’ktlari hisoblanadi.
Binolar tarkibiga ulardan foydalanish uchun zarur bulgan binoning ichidagi quyidagi kommunikatsiyalar kiradi:
isitish uchun kozonxona uskunalarini ham hisobga olgan holda isitish tizimi;
barcha mexanizmlar bilan suv , gaz ta’minoti va kanalizatsiyaning ichki tarmoklari;
ichki telefon va signalizatsiya tarmoklari;
yukkutargichlar va liftlar.
Binolarga ishlab chiqarish korpuslari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlardagi ob’ektlar, shuningdek, ulardan to‘g‘ri foydalanish
uchun zarur bo‘lgan jami kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, lift xo‘jaligi) kiradi.
Inshootlar. Ularga ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratadigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini amalga oshiradigan muhandislik-qurilish ob’ektlari kiradi.
Har bir alohida ob’ekt u bilan yagona yahlitlikni tashkil qiladigan barcha qurilmalari bilan birga inshoot sifatida chiqadigan ob’ekt hisoblanadi. Misol uchun, neft qudug‘i o‘z ichiga minora va atrofiga qurilgan trubalarni oladi, to‘g‘on o‘z ichiga to‘g‘onning butun maydonini, filtrlar va drenajlarni, sementlangan qoplamalarni, suv darvozasi va oqavalarni, qiya yerlarni mustahkamlashni, to‘g‘onning maydoni bo‘ylab avtomobil yo‘llarini, ko‘prikchalarni, maydonchalarni, to‘siqlarni, ko‘prik o‘z ichiga panjara qurilmalarini, tirgovichlarni, ko‘prik ko‘tarmasini, himoya to‘sinlarini o‘z ichiga oladi va shu bilan birga osma yo‘llar, quvurlar, transport va yo‘lovchi tunnellari, ko‘cha yoritish chiroqlari, shaharni sanitariya-tozalash inshootlari va boshqalar ham kiradi.
Inshootlarga mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga xizmat qiladigan ob’ektlar (neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, estakadalar, suv omborlari va boshqalar) kiradi.

Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling