O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet102/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

8410 - «Emissiya daromadlari»
8420 - «Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlarida yuritiladi.
8410 - «Emissiya daromadlari» schyoti aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Kelib tushgan summalar 8410 - «Emissiya daromadlari» schyotining krediti bo‘yicha hisobga olinadi, xususiy aksiyalarni sotib olishda va sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda kursdagi farqdarni qoplash uchun foydalanilganda ushbu muomalalar bu schyotning debeti bo‘yicha hisobga olinadi.
8420 -«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti ustav kapitalini shakllantirish jarayonida hosil bo‘ladigan kursdagi farqlarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Valyuta va valyuta qiymatliklari hisobiga ustav kapitalini shakllantirish vaqtida ustav kapitaliga badal to‘lash vaqtida amal qilingan Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha baholanadi.
Valyuta va valyuta qiymatliklarini baholash va boshqa mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida ta’sis hujjatlari-dagi baholardan farq qilishi mumkin. Hosil bo‘lgan bu kursdagi farqdar 8420 -«Ustav kapitalini shakllantirish-da kursdagi farqdar» schyotida hisobga olinadi. Baholardagi ijobiy farqdar, mulklar, valyuta va valyuta qiymatliklari schyotlarining debeti bo‘yicha va 8420 -«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyoti krediti bo‘yicha, salbiy farqlar esa teskari tartibda buxgalteriya provodkalari bo‘yicha aks ettiriladi. Baholardagi va kursdagi baholashning bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan ustav kapita-lidagi ta’sischilar ulushining o‘zgarmasligiga imkon beradi.
Ustav kapitalini shakllantirishda hosil bo‘lgan kursdagi farqlarning analitik hisobi, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiya egalari bilan hisoblashishdan tashqari, har bir ta’sischi bo‘yicha yuritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar o‘zgarmasdan qolish lozim bo‘lgan ustav kapitalidan farqdi o‘laroq, qo‘shilgan kapital quyidagi operatsiyalar natijasida to‘ldirilishi mumkin:
Emission daromadni yuzaga keltiruvchi nominal qiymatidan yuqori bahoda aksiyalar birlamchi sotilishi holatida;
Kursdagi farqni keltirib chiqaruvchi xorijiy investitsiyali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalini shakllantirish chog‘ida;
Emission daromad yuqorida ko‘rib o‘tilgandek, aksiyalar sotilish bahosi va nominal qiymati o‘rtasidagi tafovutni hisobga olingan hamda faqatgina birlamchi emissiya chog‘ida aks ettiriladi.
8410 “Emissiya daromadi” schyoti bo‘yicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar bo‘yicha alohida yuritiladi.

  • Emission daromad - bu aksiyalar sotish bahosi va nominal qiymatii o‘rtasidagi tafovutni hisobga olingan hamda faqatgina birlamchi emissiya chog‘ida aks ettiriladi.

Misol: Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 100 000 so‘m nominal qiymatida 1000 dona aksiya chiqarildi.
Bir dona aksiya uchun 120000 so‘m narx bo‘yicha sotilgan‚ quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
Debet 5110‚ 5010 – pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari – 120 000 so‘m.
Kredit 4610 – "Ustav kapitaliga badallar bo‘yicha muassislar qarzi" hisobvarag‘i – 100000.
Kredit 8410 – "Emission daromad" hisobvarag‘i – 20 000.
Misol: Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ustav kapitali ta’sis hujjatlariga muvofiq 200 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Xorijiy ta’sischilar ulushi 40% ga teng va 80 ming AQSh dollarlik asosiy vosita kiritdi.
Hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilganda vaqda 1 AQSh dollariga nisbatan 9772 so‘m belgilangan. Ulush kiritilgan vaqtda 1 AQSh dollariga nisbatan 9974 so‘m belgilangan. Farq- 202 so‘mni tashkil etadi. 202 so‘m* 80000 = 16 160 000 so‘mni “Emissiya daromadi” schyotida aks ettiramiz.



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling