O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


-rasm: Asosiy faoliyatning xarajatlari tarkibi


Download 5.72 Mb.
bet120/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

19.6-rasm: Asosiy faoliyatning xarajatlari tarkibi.
Korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi ushbu mahsulot qiymatining pul shaklidagi qismi bo‘lib, moddiy, mehnat va boshqa sarf-xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Yaratilgan mahsulot tannarxi ishlab chiqarish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, korxonaga mahsulot tayyorlash qanchaga tushganini ko‘rsatadi.20 Tannarx ko‘rsatkichi sotish narxlarini belgilash, mahsulotlar rentabelligini hisob-kitob qilish, xarajatlarni pasaytirish choralarini aniqlash uchun ishlatiladi.
Xozirgi sharoitda mahsulot tannarxini, kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki raqobatchilik muhitida mahsulotga talab va uning sifatigina emas, balki anchagina qismini tannarx tashkil etadigan uning narxi ham muhimdir.
Boshqaruvni takomillashtirish va xarajatlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, shuningdek moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish ustidan qattiq nazoratni tashkil etish, ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan xarajatlar va talafotlarni xar tomonlama kamaytirish mahsulot tannarxini pasaytirishning eng muhim yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning oldiga quyidagi asosiy tamoyillar qo‘yilgan:
– buxgalteriya hisobida xarajatlarni iqtisodiy jihatlari va moddalari bo‘yicha, mahsulot turlari va korxona bo‘linmalari bo‘yicha guruxlashtirish;
– mahsulot ishlab chiqarish va uning tannarxini kalkulyatsiyalashga doir xarajatlar hisobining qabul qilingan uslubiyati yil davomida o‘zgarmasligi;
– xarajatlar hisobi ob’ektlarini mahsulot tannarxini kalkulyatsiya kilish ob’ektlari bilan muvofiqlashtirish;
– daromadlar va xarajatlarni hisobot davrlariga to‘g‘ri kiritish;
– hisobda ishlab chiqarishning joriy xarajatlari va kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq xarajatlarni ajratish.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotni shakllantirishning yagona tamoyillarini ta’minlash uchun davlat tomonidan mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni belgilash, daromad va xarajatlarni guruhlarga ajratish, korxonalar faoliyati turi, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar ularni buxgalteriya hisobida aks ettirshning umumiy tartibi belgilangan.
Ana shu maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom (keyingi uzgartirishlar bilan) ishlab chiqildi.
Mazkur Nizom xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslarning, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo‘ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi.


Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling