O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti
Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobi. Daromadlarni tan olish va baholash
Download 5.72 Mb.
|
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni hisobga olishda
- Asosiy faoliyat daromadi
- Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar 17
- 19.3-rasm: Asosiy faoliyat daromadlarining tarkibi
19.2. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar hisobi. Daromadlarni tan olish va baholash
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlar tizimiga o‘tishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi normativ-huquqiy asoslarini tubdan qayta qurib chiqishni hamda uni xalqaro standartlar darajasida yetkazishni taqazo qiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda daromad sub’ektining iqtisodiy ko‘rsatkichini aks ettirib bevosita uning salohiyatini belgilaydi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlarni hisobga olishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulot, ish va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foydadan tashqari, asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar ham bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning operatsion faoliyatidan olinadigan daromadlarining shakillanishi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy faoliyatidan olinadigan daromadlarni shakillantirish bo‘lib hisoblanadi. Asosiy faoliyat daromadi BHMA-2 “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar” milliy andozasining 6.1-bandiga binoan – “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badal bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir.”16 deb ta’rif berilgan. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxona moliyaviy natijalar shakllanish tartibining o‘zgarishi natijasida bu ko‘rsatkichning aniq salmog‘i belgilanmagan va bu miqdor turli tarmoq korxonalarida bir-biridan keskin farq qiladi. Asosiy faoliyatdan olingan moliyaviy natijalar hisobi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy – xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar17 - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bogliq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno etganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlar; Korxona xo‘jalik faoliyatida bepul olingan qiymatliklar va mablag‘lar asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsion) tarkibida ko‘rsatiladi. Bunda, moddiy qiymatliklar korxona balansiga bozor bahosida qabul qilinadi va foyda solig‘i bazasiga qo‘shiladi. Asosiy faoliyat daromadi korxona yalpi daromadining salmoqli ulushini tashkil qilishi uning muhim ko‘rsatkich sifatida korxonaning kelgusi rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Daromadni shakllantirish korxona ishlab chiqarish faoliyatining barcha jabhalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar: ishlab chiqarish hajmi va xarajatlar tarkibi, asosiy vositalar va aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish jarayonini kengaytirish, korxonaning moliyaviy holatiga bog‘liqdir. Asosiy faoliyatdan olingan daromad (foyda), bu mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda bilan davir xarajatlari orasidagi tafovut va asosiy faoliyatdan ko‘rilggan boshqa daromadlarni qo‘shish yoki boshqa zararlarni ayirish orqali aniqlanadi: AFF=YaF-DX+BD-BZ18 Bunda, AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; DX-davir xarajatlari; BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; BZ-asosiy faoliatdan ko‘rilgan boshqa zararlar. Iqtisodiyotni moderinzatsiya qilish va devirsifikatsiyalash sharoyitida har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z oldiga maqsadlaridan biri sifatida ishlab chiqarish tijorat faoliyatidan ko‘proq foyda olishni ko‘zlaydi. Har qanday iqtisodiyot rivojlanishi uchun daromad muhim o‘rin egallaydi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda daromadlarni hisobga olishda avvalo yalpi tushumni aniqlashimiz, undan keyin sof tushumni aniqlash orqalish moliyaviy natijaning keyingm ko‘rsatkichlarini aniqlab boramiz. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda sotishdan olinadigan sof tushum quyidagilar orqali ifodalanishi mumkin: 1. Sotishdan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moli soliqlari summasi kiritilmagan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi. 2. Eksport faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, daromad (foyda)ni amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqaradilar. 3. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushum buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. 19.3-rasm: Asosiy faoliyat daromadlarining tarkibi Amaliyotda asosiy faoliyatdan olingan daromad (foyda) mahsulot sotishdan ko‘rilgan va faoliyatning boshqa daromadlarini tan olish holatlarining bir necha xil ko‘rinishlari mavjud. Bunda mahsulot, ish va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda(zarar) hisobot davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ish va xizmatlarning xaqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi va quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9000 - “Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga oladigan schyotlar”. Mazkur schetning tarkibidagi schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushumda aks ettiriladi: korxonalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar; sanoat tusiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlar; butlash uchun sotib olingan buyumlar; savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari; transport tashkilotlarining yuk va odamlar tashish buyicha xizmatlar; engil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib borib berish xizmatlari; aloqa korxonalari xizmatlari va hokazo faoliyat turlaridan olingan sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9110 - “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”; 9120 - “Sotilgan tovarlarning tannarxi”; 9130 - “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”. Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobi bo‘yicha ma’lumotlarning xaqqoniyligini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni taqdim etish davrida quyidagilarni ochib ko‘rsatishi zarur: A. Daromadni tan olish uchun qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan bitimlarning nihoyasiga yetishi bosqichlarini belgilash uchun qabul qilingan usullar; B. Daromadlarning har bir muhim toifasiga kiritilgan tovarlar yoki xizmatlarni ayirbosh qilishdan olingan daromad miqdori Daromadning hisobot davri davomida aks ettirilgan har bir muhim toifasi miqdori, shu jumladan quyidagilardan olingan daromadlar: tovarlarni sotishdan; xizmat ko‘rsatishdan; foizlardan; royaltidan; dividendlardan; Korxonaning umumiy moliyaviy barqarorligi esa pul mablag‘larining shunday harakatiki, u birinchi galda daromadlarning kelib tushishi ularni sarflashdan doimo ustun bo‘lishini taminlashi lozim. Shuningdek, uni kengaytirish va yangilash xarajatlarining bozor sharoitida u avvalambor, mahsulot (ish, xizmatlar)ni sotishdan barqaror daromad olishi uchun, maxsulot ishlab chiqarishni oshirish va mahsulot tannarxini kamaytirish, xo‘jalik mexanizimini va faoliyatning barcha bo‘g‘inlarini boshqarish mexanizimini takomillashtirish uchun kundalik ichki xo‘jalik nazoratini hamda alohida jarayonlarning yekspertezasini olib boorish talab yetiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy (operatsion) faoliyat daromadlari hisobini yuritishda asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakillanishi BHMS №2-sonli “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan olinadigan daromadlar” bilan tartibga solinadi. Milliy standartga asosan: asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati daromadi vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno yetganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi”. Demak asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar – xo‘jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davir ichida mulk egalarining o‘z sarmoyalariga badali bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘payishlarni istisno yetganda, o‘z sarmoyasi ko‘payishiga olib keladigan tushumlardir. Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromad xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan uning schyotiga kelib tushadigan yalpi tushumlardan yoki olinishi mumkin bo‘lgan tushumlardan iborat. Uchinchi shaxslar nomidan undirib olinadigan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga kelib tushadigan va xususiy kapitalning ko‘payishiga olib kelmaydigan bilvosita soliqlar summasi asosiy xo‘jalik faoliyati daromadiga kiritilmaydi. Tovarlarni realizatsiya qilishdan va xizmatlarni ko‘rsatishdan olinadigan daromad sub’ektlar o‘rtasida shartnomada ko‘zda tutilgan sotish narxlari bo‘yicha aniqlanadi. Bitimdan kelib chiqadigan daromad summasi olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari yoki pul yekvivalentlari summasidan sub’ektga o‘tib beriladigan savdo chegirmalari summasi yoki narxlarni tushirish hajmini hisobga olgan holda qiymat bo‘yicha o‘lchanadi. Biroq agar pul mablag‘lari yoki pul yekvivalentlarining tushumi kechiktiriladigan bo‘lsa, bunday holda joriy narxlarda ifodalangan iqtisodiy naf qiymati olingan yoki olinishi lozim bo‘lgan qiymat pul mablag‘larining nominal miqdoridan kam bo‘lishi mumkin. Bitimlar tuzish natijasida moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish chog‘da to‘langan mablag‘ning joriy narxdagi qiymati muqobillashgan foiz stavkasini qo‘llagan holda hisoblagan kelgusidagi barcha tushumlarni diskontlash yo‘li bilan aniqlanadi. Operatsion faoliyatdan olingan daromatlarni 3 ta tarmoqqa bo‘lish mumkin ularning har birini o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari bor ular quydagilar: Tovarlar sotish tarmog‘i; xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) tarmog‘i; boshqa daromadlar tarmog‘i. Tovarlarni sotish tarmog‘ida O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti №2 – son “Asosiy xo‘jalik faoliyatidan tushgan daromadlar”ga muvofiq quydagi shartlarni bajargan holda tovarlarni sotshdan olingan daromad sifatida tan olinadi (19.4-rasm): Download 5.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling