O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt mоliya instituti


Download 5.72 Mb.
bet115/307
Sana18.07.2023
Hajmi5.72 Mb.
#1660889
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   307
Bog'liq
9727c5622144c61c3c285aca34f7d484 Buxgalteriya hisobi II qism. (1)

AFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
AFF – asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX – davr xarajatlari;
BD – asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ – asosiy faoliyatdan ko‘rilgan boshqa zararlar;
- xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zararlar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF = AFF+MD-MX,
bunda,
UF – umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
MD – moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX – moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq to‘lagungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlarda ko‘rilgan foyda va minus favqulodda zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF+FP-FZ,
bunda,
STF – soliq to‘lagungacha olingan foyda;
FP – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar;
- yilning soy foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoladi, o‘zida daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF-DS-BS,
bunda,
SF – sof foyda;
DS – daromad (foyda)dan to‘lanadigan soliq;
BS – boshqa soliqlar va to‘lovlar.
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizom korxonaning ish faoliyati samaradorligini ta’riflovchi bir qancha asosiy ko‘rsatkichlarni hisoblashga uslubiy yondashishni ta’minlaydi. Bu ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1. Yalpi foyda (YaF);
2. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi (IT);
3. Sotishdan olingan yalpi foyda (SYaF);
4. Davr xarajatlari (DX);
5. Asosiy faoliyatdan olingan foyda (AFF);
6. Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda(MF) yoki zarar(MZ);
7. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (UF);
8. Favqulodda foyda (FP) yoki zarar (FZ);
9. Soliq to‘langungacha olingan foyda (STF);
10. Sof foyda (SF).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi foydalanuvchilar, aksiyadorlar va menejerlarni aynan shu axborotlar qiziqtiradi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan ichki foydalanuvchi korxona menejerlarining talablari bir-biriga bog‘liq ikki asosiy guruh omillari bilan belgilanadi: boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish vazifalari va tashqi foydalanuvchilar talablari. Har qanday iqtisodiy sharoitda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy natijalarini hisobga olish korxona faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi va quyidagilar uni hisobga olishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) Olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisob-kitob qilish;
2) Moliyaviy natijalar bilan bog‘liq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini buxgalteriya hisobi schyotlarida va tegishli registrlarda to‘g‘ri aks yettirish. Moliyaviy natijalarning tarkib topishi va ulardan foydalanish “Mahsulot (ish,xizmat) tannarxiga qo‘shiladigan mahsulot(ish,xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiya bo‘yicha xarajatlar tarkibi haqida”gi Nizom va “Moliyaviy natijalarning tarkib topishi tartibi haqida”gi Nizom hamda Buxgalteriya Hisobi Milliy Andozasining № 2-3-4- sonlari bilan tartibga solinadi. Buning uchun quyidagi schyotlar mo‘ljallangan:
9000 - “Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga oladigan schyotlar”;
9100 - “Sotilgan mahsulot(tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oladigan schyotlar”;
9200 - “Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning hisobdan chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar”;
9300 - “Asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlarni hisobga oladigan schyotlar”;
9400 - “Davr xarajatlarini hisobga oladigan schyotlar”;
9500 - “Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarni hisobga oladigan schyotlar”;
9600 - “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar”;
9700 - “Favqulodda foyda(zarar)larni hisobga oladigan schyotlar”;
9800 - “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oladigan schyotlar”;
9900 - “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oladigan schyotlar”.



Download 5.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling